Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TABIAT FALSAFASI 
Tabiat tushunchasining falsafiy tahlili.
«Tabiat» tushunchasi eng muhim 
va keng qo‗llaniladigan falsafiy kategoriyalardan biridir. Bu atama bir necha 
talqinga ega bo‗lib, falsafada ko‗pincha u keng, tor va maxsus ma‘noda ishlatiladi. 
Mazkur ma‘nolarning har biri, o‗ziga xos xususiyatga ega.
Tabiat tushunchasining keng ma‟nosi
borliqni, butun dunyoni barcha rang-
barang shakllari bilan jamuljam holda aks ettiradi.
Bu ma‘noda «tabiat» atamasi 
borliqqa nisbatan tatbiq etiladi va «materiya» kategoriyasidan ham kengroq 
falsafiy kategoriya sifatida amal qiladi, zero u moddiy va ma‘naviy asoslarning 
birligidan iborat muayyan yaxlitlik sifatidagi insoniyatni ham o‗z ichiga olgan 
Koinotning butun moddiy-energetik va axborot dunyosini qamrab oladi. Ayni shu 
ma‘noda «tabiat» tushunchasi falsafaning borliq muammolari o‗rganiladigan 
sohasi, ya‘ni ontologiyada keng qo‗llaniladi. Mazkur atama ko‗rsatilgan ma‘noda 
falsafada ko‗proq XIX asrgacha ishlatilgan.
Tabiat tushunchasining tor ma‟nosi
 
XIX asrda hayotning paydo bo„lishi va 
Erdagi evolyusiya jarayonlari muammolarini tushunishga nisbatan yangicha 
yondashuvlar yuzaga kelishi, shuningdek, inson dunyoda o„z o„rnini anglab etishi 
bilan shakllana boshladi
. SHu ma‘noda «tabiat» atamasi muayyan hajmgacha 


172 
torayib, ob‘ektiv borliqning biosfera (J.Lamark 1802 yilda biosfera atamasini 
muomalaga kiritgan), ya‘ni «hayot sohasi» deb nomlagan qisminigina anglata 
boshladi. 
Biosfera jonsiz tabiatning avvalgi rivojlanish mahsuli bo„lib, Erning 
hayot kechayotgan nozik qatlamini tashkil etadi. 
U atmosfera, gidrosfera va 
litosferaning yuqori qismini qamrab oladi.
Biosferada inson alohida o‗rin egallaydi. U jonli tabiatning tabiiy qismi 
bo‗lsada, vaqt o‗tishi bilan unga qarshilik ko‗rsatuvchi faol asosga aylandi. Bu 
faktni u ekologiya muammolari yig‗ilishiga qarab anglay boshladi. Mazkur 
muammolar keskinlashgani sari inson o‗zining o‗zgargan holati haqida yanada 
teranroq mulohaza yuritib, tabiat va jamiyatning o‗zaro bog‗lanishi masalasini 
ilmiy, falsafiy va amaliy nuqtai nazardan echishga harakat qila boshladi.
SHu ma‘noda, tabiat insonni qurshagan muhitni, ya‘ni borliqning 
biosferadan biologik tur sifatida o‗rin olgan insonning mavjudlik sharoitlari 
majmui sifatida amal qiladigan qismini anglata boshladi.
SHunday qilib, tabiatni o‗rganishga nisbatan odatdagi yondashuvlar 
«biosfera va inson» murakkab sistemasining tahlili va uni falsafiy anglab etish 
hisobiga sezilarli darajada kengaydi, «tabiat» atamasi yangicha, yanada teranroq 
mazmun kasb etdi. Bu avvalo jamiyatning atrof muhit bilan o‗zaro munosabatlari, 
xususan iqtisodiyot, ijtimoiy hayot sohasidagi faol fundamental tadqiqotlar 
mahsuli bo‗ldi. SHu sababli «tabiat» atamasining mazkur ma‘nosi ijtimoiy 
falsafada ayniqsa ko‗p ishlatiladi va odamlar yashaydigan tabiiy muhitni ham, 
inson qo‗llari bilan yaratilgan (o‗zgartirilgan) sun‘iy muhitni ham qamrab oladi. 
Boshqacha aytganda, ayni holda o‗zaro bog‗liqlik va birlikda inson yashaydigan 
makonni tashkil etadigan «birlamchi» va «ikkilamli» tabiat nazarda tutiladi.
«Tabiat» tushunchasining maxsus ma‟nosida e‟tibor muhokama 
predmetining ildizlari, fundamental asoslarini yoritishga qaratiladi
. Bunda, 
masalan, inson, u yoki bu ijtimoiy hodisa, elementar zarra yoki, aytaylik, 
sharsimon chaqmoqning tabiati qanday, degan savol mutlaqo o‗rinli yangraydi. 
Falsafada ko‗pincha u yoki bu predmet, jism, mavjudot va shu kabilarning 
mohiyati, asosiy mazmunini aniqlash zaruriyati paydo bo‗ladi. Fanda ham ba‘zan 
muayyan hodisa, voqeaning xususiyati va yuz berish sabablarini aniqlash talab 
etiladi. Ayni holda mazkur ob‘ekt yoki hodisaning tabiati haqida shu ma‘noda so‗z 
yuritiladiki, uning mohiyati, shuningdek qolgan ob‘ektiv borliq - so‗zning keng 
ma‘nosidagi tabiat bilan bog‗lanishi aniqlanadi.
«Tabiat» tushunchasining yuqorida zikr etilgan uchala ma‘nosi ham hozirgi 
falsafiy va ilmiy adabiyotlarda keng qo‗llaniladi, ammo uning ikkinchi biosfera, 
atrof muhit bilan tenglashtiriladigan ma‘nosi so‗nggi vaqtda ekologiya 
muammolariga e‘tibor sezilarli darajada kuchaygani munosabati bilan ayniqsa 
keng tarqaldi. Ayni shu sababli hozirgi vaqtda «ekologiya», «atrof muhit» kabi 
tushunchalar ham faol ishlatilmoqdaki, bu haqda quyida batafsilroq so‗z yuritamiz. 
Xullas, tabiatni falsafiy tushunishga bag‗ishlangan mazkur bo‗limda biz «tabiat» 
kategoriyasidan asosan uning ikkinchi, tor ma‘nosidan foydalanamiz, chunki u 
keng ma‘noda ontologiyada yoritib berilgan

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish