Нигинахон шермухамедова


YAngi davrda tabiatga munosabat



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

YAngi davrda tabiatga munosabat 
(avvalo ilmiy nuqtai nazardan) yanada 
faolroq o‗rganila boshlandi. SHu davrdan e‘tiboran u nafaqat nazariy yoki estetik 
ilhom manbai sifatida, balki amaliy faoliyat jabhasi sifatida ham qaraldi. Insonga 
tabiatning stixiyali kuchlarini jilovlash va o‗ziga bo‗ysundirish imkonini beruvchi 
tabiiy qonunlar aniqlandi. Tabiatning inert jarayonlari inson aqlining mutlaq 
hukmiga bo‗ysunishi mumkin va lozim deb hisoblandi. Buning uchun faqat ularni 
bilish, sinovdan o‗tkazish lozim.
Tabiatni o‗zlashtirish, uning stixiyasini tabiiy qonunlarni anglab etish yo‗li 
bilan jilovlashga intilish o‗sha davrdan boshlab XX asrning o‗rtalarigacha tinimsiz 
kuchayib bordi. Bunga fanning rivojlanishida erishilgan muvaffaqiyatlar, insonda 
o‗z kuchiga bo‗lgan ishonchni yanada kuchaytirgan texnika yutuqlari ko‗p jihatdan 
ko‗maklashdi. Tabiiy qonunlarni bilish va ulardan foydalana olish insonga 
tabiatning qudratli kuchlariga qarshilik ko‗rsatishga amalda yordam berdi.
Fan-texnika taraqqiyoti yuksalishiga qarab inson o‗zining tabiatdan cheksiz 
darajada ustunligiga bo‗lgan ishonchi mustahkamlanib bordi.
Evropada yuz bergan burjua inqiloblari tabiatni ekstensiv o‗zlashtirishga 
qattiq turtki berdi. Bu, xususan, xo‗jalik muomalasiga jalb qilinayotgan tabiiy 
resurslar hajmi va turlarining ko‗payishida o‗z aksini topdi. Bunga o‗sha davrda 
iqtisodiy faoliyat miqyosi xom ashyo bazasi, ya‘ni qurilish materiallari va foydali 
qazilmalar mavjudligi bilan deyarli cheklanmagani ham imkoniyat yaratdi. 
Energetika resurslari ham cheksiz bo‗lib, ular har qanday mamlakatning o‗sib 
borayotgan ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish uchun etarli edi. Agar ular bir 
joyda kamaysa yoki tugasa, boshqa mintaqalarga murojaat etishning o‗zi kifoya 
edi. Gap faqat u yoki bu konlardan foydalanishning iqtisodiy maqsadga 
muvofiqligida edi. SHunday qilib, o‗sha davr sharoitida odamlar iqtisodiy 
faoliyatining miqyosi va sur‘atlari amalda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish 
darajasi va tabiiy boyliklarni olish imkoniyati bilangina belgilanar edi.


176 
YAngi va yangi zavodlarning mo‗rilaridan chiqayotgan quyuq tutun
ko‗payib borayotgan konlar va terrikonlar (konlar yaqiniga to‗kilgan bo‗sh jins 
uyumlari) hatto XX asrning birinchi yarmidayoq oddiy ong darajasida taraqqiyot 
ramzlari sifatida idrok etilar va insonning iqtisodiy yutuqlari va qudratidan dalolat 
berardi. Ayrim olimlar, o‗tkir zehnli mutafakkirlargina insonning o‗sib borayotgan 
ekspansiyasi, boshqarilmaydigan texnika taraqqiyoti zamirida insonni qurshagan 
muhit, binobarin, uning o‗zi uchun ham qanday xavf yashirinib yotgani haqida 
kuyinib gapirdilar.
Xususan, tabiiy huquq konsepsiyasi muallifi J.J.Russo qonunchilik kishilik 
jamiyatining tabiiy qonunlaridan kelib chiqishi lozim, deb hisoblaydi. U fan va 
sivilizatsiyani axloqning yaxshilanishiga ko‗maklashmagani uchun tanqid tig‗i 
ostiga oladi va «tabiatga qaytish»ga chaqiradi. Bunga uning mashhur vatandoshi 
va texnika taraqqiyoti tarafdori Volter kinoya bilan shunday deb javob beradi: 
«Russoning gaplarini eshitsam, o‗rmonga qarab emaklab chopgim keladi»
1
. Fan-
texnika taraqqiyoti tarafdorlari va muxoliflari o‗rtasida XVIII asrda boshlangan bu 
munozara hozirgacha to‗xtagani yo‗q va bir tomondan, inson fan va texnika 
sohasida qo‗lga kiritgan, uning hayot sharoitlarini, hech shubhasiz, yaxshilagan va 
tabiatning stixiyali kuchlariga qarshilik ko‗rsatish imkoniyatlarini oshirgan real 
yutuqlaridan, boshqa tomondan esa – fan-texnika taraqqiyoti yuzaga keltirayotgan 
va odamlar hayotining nozik negizlariga putur etkazayotgan yangi va yangi 
muammolardan bahra olmoqda. 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish