179
keladi. Masalan, mo‗‗tadil iqlim, serhosil tuproq, etarli namlik va shu kabilar
nisbatan kam mehnat sarflab yaxshi hosil olish imkonini beradi, tabiiy resurslar
o‗tish oson bo‗lgan joyda va er yuzasiga yaqinroqda joylashganligi esa ularni qazib
olishni osonlashtiradi va pirovard mahsulot tannarxini pasaytiradi.
Ammo Er yuzida bunday qulay joylar uncha ko‗p bo‗lmagani uchun,
sayyoramizning tinimsiz ko‗payib borayotgan aholisi vaqti kelib noqulay va o‗tish
qiyin bo‗lgan erda joylashgan hududlarni ham o‗zlashtirishga majbur bo‗ldi.
Qishloq xo‗jaligini yuritish, yo‗llar, boshqa muhandislik qurilmalari va inshootlar
qurishni qiyinlashtiradigan sovuq iqlim sharoiti, tog‗li yoki botqoqli joy
odamlarning ishlab chiqarish faoliyatida ularning jismoniy, energetik va boshqa
xarajatlarini sezilarli darajada ko‗paytiradi.
O‗z-o‗zidan ravshanki, odamlarning iqtisodiy faoliyati geografik muhitning
o‗zgarishiga sabab bo‗ladi, buning natijasida landshaftlar, tuproq qatlami, havo,
suv va shu kabilarning kimyoviy tarkibi o‗zgaradi. Tabiat va jamiyatning bunday
munosabatlariga hozirgi Afrika misol bo‗lishi mumkin. Bu erda oxirgi yuz
yillikning o‗zida o‗rmonlar maydoni ikki baravar kamaydi va hozirgi vaqtda ulkan
qit‘a hududining to‗rtdan bir qisminigina tashkil etadi. Pirovard natijada Afrika
qit‘asida sahrolarning cho‗llarga, cho‗llarning – savannalarga, savannalarning –
tropik o‗rmonlarga hujumi tobora kengroq tus olib bormoqda.
XX asrning 60 yillarida Markaziy Osiyo hududida ham Orol dengizining
qurib borishi natijasida iqlim va tabiiy muhit keskin o‗zgardi. Bu ekin
maydonlarining kamayishiga, sho‗r tuproqning ko‗payishiga olib keldi.
Keskin ekologik vaziyat ko‗pgina daryolar oqimining (Amudaryo, Sirdaryo,
Zarafshon) sezilarli darajada o‗zgarishi, tuproq erroziyasining kuchayishi va
hosildorlikning pasayishi bilan ham tavsiflanadi.
Ammo insonning tabiatga ta‘siridan tashqari, geografik muhitda doim tabiiy
omillar bilan belgilanadigan o‗zgarishlar ham yuz bergan. Erning butun geologik
tarixi shundan dalolat beradiki, unda buyuk muz bosishi va halokatli tarzda
vulqonlar otilishi yuz bergan, vaqti-vaqti bilan quruqlikning ko‗tarilishi va
pasayishi, zilzilalar, toshqinlar va boshqa tabiiy ofatlarning yuz berishi, Er qiyofasi
va odamlarning yashash sharoitini sezilarli darajada o‗zgartirgan. Xususan, Platon
o‗zining «Timey» va «Kritiy» asarlarida hikoya qilgan Atlantida halokati tarixi
hanuzgacha aksariyat tadqiqotchilarni qiziqtiradi. Bu afsonaga binoan Atlantida
katta, hosildor va ko‗p aholi yashaydigan orol bo‗lgan va qadim zamonlarda zilzila
oqibatida Atlantika okeani tubiga cho‗kib ketgan.
Afsonalar bilan bir qatorda aniqlangan faktlar ham mavjud. Masalan,
Gollandiyaning tarixiy rivojlanishi asosan dengiz qirg‗oq chizig‗ining tabiiy
o‗zgarishi bilan belgilanadi. SHuningdek, Xuanxe daryosining o‗zanida yuz bergan
o‗zgarishlar Xitoy tarixiga ma‘lum darajada ta‘sir ko‗rsatgani ham ma‘lum.
Do'stlaringiz bilan baham: