Harakat tiplari.
Fanda ob‘ektiv borliq narsalari va hodisalari harakatining
ikki asosiy tipi farqlanadi. Ularning biri materiya, energiya, axborotning makonda
siljishi bilan bog‗liq bo‗lib, harakatlanuvchi narsalar o‗z muhim xossalarini
o‗zgartirmasligi, ya‘ni o‗z sifatini yo‗qotmasligi bilan tavsiflanadi. Bular miqdor
o‗zgarishlari, makondagi ko‗chishlar yoki o‗rin almashuvidir. Bunga yurib
ketayotgan odam, qorong‗i osmon fonida projektor nurining harakati va hatto
xayolda ayrim ob‘ektlardan boshqa ob‘ektlarga o‗tish misol bo‗lishi mumkin.
So‗nggi zikr etilgan holda fikrning muayyan (masalan, formal mantiq nuqtai
nazardan to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri) yo‗nalishdagi harakati to‗g‗risida so‗z yuritiladi.
Ammo
harakatning
qayd
etilgan tipi
dunyoda
yuz
berayotgan
o‗zgarishlarning butun rang-barangligini qamrab olmaydi. Aksariyat hollarda ular
narsalarning ichki strukturasidagi qayta qurish bilan birga kechadiki, bu dastlabki
narsa sifatlarining o‗zgarishi va u butunlay boshqa narsaga aylanishiga sabab
bo‗ladi.
Orqaga qaytmaslik va muayyan yo„nalishga egalik xos bo„lgan harakat
tipi rivojlanish deb ataladi.
Bunda narsa yoki hodisa strukturasining
murakkablashuvi, ular tashkil topish darajasining yuksalishi yuz berishi mumkin
bo‗lib, bu odatda taraqqiyot (progress) sifatida tavsiflanadi.
Agar harakat teskari
yo„nalishda – barkamolroq va rivojlanganroq shakllardan uncha rivojlanmagan
shakllarga, murakkabdan oddiyga qarab yuz berayotgan bo„lsa, bu hol regressdir.
Ammo progress va regressning ko‗rsatilgan xususiyatlarini mutlaqlashtirish
mumkin emasligini e‘tiborga olish lozim. Xususan, boshqaruv apparati
tuzilmasining murakkablashuvi va byurokratiyaning o‗sishi doim ham progressni
anglatavermaydi, nisbatan soddaroq va ayni vaqtda samaraliroq va ishonchliroq
mashinalar, asboblar va mexanizmlar yaratilishining regressga hech qanday aloqasi
bo‗lmaydi va ko‗proq buning aksidan dalolat beradi.
Rivojlanish.
Jonsiz tabiatda
rivojlanish
ga yulduzlarda sodir berayotgan
evolyusiya jarayonlari; jonli tabiatda – turli organizmlarning o‗sishi; jamiyatda –
fan, texnika, sanoat ishlab chiqarishining o‗sishi, ijtimoiy munosabatlarning
o‗zgarishi va shu kabilar misol bo‗lib xizmat qilishi mumkin
. «Rivojlanish»
tushunchasi nafaqat moddiy, balki ideal dunyoga, xususan, inson tafakkuriga
nisbatan, masalan, umuman ongning yoki ayrim fikr, g„oya, nazariyaning
rivojlanishi to„g„risida so„z yuritilgan holda, qo„llanilishi mumkin
. Fikrning
rivojlanishi uning «pishib etilishi»ni, ya‘ni murakkablashuvi, takomillashuvi,
yanada aniqroq ma‘no kasb etishi va shu kabilarni anglatadi. Biroq, shuni
ta‘kidlash lozimki, narsalar va hodisalarning ob‘ektiv dunyosidan farqli o‗laroq,
sub‘ektiv konstruksiyalar (tafakkur, g‗oyalar, nazariyalar) harakati va
rivojlanishiga nisbatan ko‗lam ko‗rsatkichlari tatbiq etilishi mumkin emas. Ayni
vaqtda ideal narsalar va hodisalar darajasida rivojlanish jarayonlari, xuddi moddiy
narsalar dunyosidagi kabi,
vaqtda
kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |