144
yurish sifatida qarala boshlandi.
Umuman olganda, metafizik yondashuvlarning
nomukammalligi so‗zning o‗z ma‘nosidagi harakatni, uning alohida turi – ko‗chib
yurish bilan tenglashtirish; harakatga atribut emas, balki modus sifatida qarash;
birinchi turtkining zarurligiga ishonch bilan bog‗liq edi.
Bunday yondashuvlarning nomukammalligini ko‗pgina
mutafakkirlar
bilishgan. Masalan, ingliz materialist faylasufi Jon Toland (1670-1722) dinni
tanqid qilar ekan, harakatni materiya atributi, deb tan olgan. U «Men harakatni
materiyaning
muhim xossasi, deb bilaman. Boshqacha aytganda, o‗tkazmaslik va
ko‗lamlilik materiya tabiatiga qanday xos va u bilan uzviy bo‗lsa, harakat ham
materiya tabiatiga shunday xos va u bilan uzviydir. Binobarin, harakat materiya
ta‘rifidan uning tarkibiy qismi sifatida o‗rin olishi lozim», deb yozgan
1
. J.Toland
harakatning barcha shakllarini mexanikaga bog‗lamagan,
balki uni umumiy ichki
faollik sifatida tushungan. Harakatning atributliligini fransuz materialist faylasufi
Deni Didro (1713-1784) ham isbotlashga harakat qilgan. Uning fikriga ko‗ra,
«Mutlaq harakatsizlik tabiatda mavjud bo‗lmagan abstrakt tushunchadir»,
«Harakat materiyaning uzunlik, chuqurlik, kenglik kabi haqiqiy xossasidir»
2
.
D.Didro mexanitsizmni, ya‘ni harakatni makonda ko‗chib yurishgagina bog‗lashni
rad qilishga harakat qildi. U tabiat abadiy harakat va rivojlanishda bo‗ladi, deb
hisoblagan. Uning fikricha, borliq bir shaklda halok bo‗ladi
va boshqa shaklda
vujudga keladi, materiyaning faolligini o‗z-o‗zidan harakat g‗oyasi bilan
tushuntirish mumkin.
O‗z-o‗zidan harakat g‗oyasi materiyaning ichki ziddiyatliligi, shuningdek,
xilma-xilligi bilan belgilanadi. Materiya son-sanoqsiz har xil sifatli elementlardan
tashkil topadi. Ularning to‗qnashuvi va o‗zaro ta‘siri abadiy harakat, o‗zgarish va
rivojlanishni tushunishga yordam beradi.
Fransuz materialistlari asosiy e‘tiborni harakatning ichki manbaiga qaratib,
«harakat» tushunchasining eng mazmunli ta‘rifini topishga harakat qildilar.
P.Golbax harakat mexanizmini yoritar ekan, uning ikki turini farqlashni taklif qildi.
Birinchi – «jismlarning joydan-joyga ko‗chishidan iborat bo‗lgan
massalar
harakati»; bunday harakatni biz bevosita kuzatishimiz mumkin. Masalan, biz tosh
qanday tushayotgani, sharning yumalayotgani, qo‗l harakatlanayotgani yoki
holatini o‗zgartirayotganini ko‗rishimiz mumkin. Ikkinchi – «muayyan jismga xos
energiyalarga, ya‘ni mohiyatga, bu jism tashkil topgan materiyaning ko‗rinmas
molekulalari uyg‗unligi, ta‘siri va qarshi ta‘siriga bog‗liq bo‗lgan ichki va yashirin
harakat». Harakatni u «muayyan jism o‗z o‗rnini o‗zgartirishi yoki o‗zgartirishga
urinishiga yordam beruvchi kuch»
3
, deb ta‘rifladi.
Hozirgi zamon falsafasida
«harakat» tushunchasi «keng» ma‘noda umuman har qanday o‗zgarish haqidagi
tasavvur sifatida talqin qilinadi. Harakatni umuman o‗zgarish sifatida tushunish
harakat turlarining butun rang-barangligini uning muayyan bir turiga bog‗lash
to‗g‗ri emasligi haqida ogohlantiradi va harakat shakllarining umumiy xususiyati
va bir-biriga aylanish qobiliyatiga ishora qiladi. «Umuman o‗zgarish» deganda,
1
Толанд Дж. // Всемирная энциклопедия. -М.: Современный литератор, 2001.-С.978
2
Дидро Д. // Всемирная энциклопедия. -М.:
Современный литератор, 2001.-С.110
3
Гольбах // Всемирная энциклопедия. -М.: Современный литератор, 2001.-С.72
145
bizning ular haqidagi fikr-mulohazalarimizdan qat‘iy nazar, ob‘ektiv mavjud
bo‗lgan barcha o‗zgarishlar, turli jarayonlar nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: