146
shakllarining umumiy xususiyati va bir-biriga aylanish qobiliyatiga ishora qiladi.
«Umuman o‗zgarish» deganda, bizning ular haqidagi fikr-mulohazalarimizdan
qat‘iy nazar, ob‘ektiv mavjud bo‗lgan barcha o‗zgarishlar, turli jarayonlar nazarda
tutiladi.
O‗z-o‗zidan harakat yo butun tabiatga, yo uning yuksak darajada uyushgan
tarkibiy qismi – tirik organizm va jamiyatga xos xususiyatdir. Qotib qolgan
materiyaga mansub ayrim narsa yoki ob‘ektga nisbatan o‗z-o‗zidan harakat, o‗z-
o‗zidan rivojlanish holati xos deb aytish o‗rinli emas. CHunki, ushbu ob‘ektni
muayyan element sifatida o‗z ichiga olgan tabiat o‗z-o‗zidan rivojlanuvchi yaxlit
tizim hisoblanadi.
O‗z-o‗zidan harakat biron-bir narsaning unga ichdan (immanent tarzda) xos
bo‗lgan omillar ta‘sirida o‗zgarish va rivojlanish jarayonlarini ifodalovchi
kategoriya sifatida amal qiladi. «O‗z-o‗zidan harakat»
tushunchasi butun
borliqning substansional negizi sifatidagi materiya harakat va o‗zgarish jarayoni
yuz berayotganida o‗z faolligining pirovard sababi sifatida amal qiladi. O‗z-
o‗zidan harakat shakli sifatidagi faollik sirtdan olib kirilgan tashqi kuch sifatida
tushunilmasligi kerak. SHu munosabat bilan: «Bu qanday yuz berishi mumkin?»,
degan savol yaxshi rivojlanmagan, nodialektik tafakkur uchun ancha mushkul
masala hisoblanadi. SHakllanish jarayonini qadimgi mashhur «panta rei» –
«hamma narsa oqadi» ta‘rifida ifodalagan Geraklit an‘anasiga, shuningdek, nemis
faylasufi F.Gegelga xos etuk metodologiyaga ko‗ra, o‗z-o‗zidan
harakatning
manbai ziddiyat hisoblanadi. Bunda ziddiyat narsalar, hodisalar va jarayonlarning
qarama-qarshi tendensiyalari hamda tomonlarini taqozo etuvchi, nazarda tutuvchi,
ayni vaqtda, inkor etuvchi o‗zaro ta‘sir sifatida tushuniladi.
O‗z-o‗zidan harakat tabiatshunoslik va falsafaning eng qadimgi g‗oyasi
hisoblanadi. Uning yuzaga kelishi borliq harakatining sababini tushuntirish, o‗z-
o‗zidan yuz berayotgan doimiy umumiy o‗zgarishni tan olish asosida butun
olamdagi o‗zgarish jarayonlarining manbaini aniqlashga urinishlar bilan bog‗liq.
Antik falsafada barcha jismlarga xos bo‗lgan, chetdan aralashuvsiz yuz beradigan
tabiiy harakatni belgilovchi intilish to‗g‗risida atroflicha so‗z yuritilgan. Dunyo
zamirida materiya bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan qandaydir intilish,
qandaydir
haqiqiy, lekin g‗ayritabiiy kuch yotadi va uning o‗z-o‗zidan harakatiga turtki
beradi, deb qaralgan. Ayni vaqtda, o‗z-o‗zidan harakat g‗oyasi barcha faylasuflar
tomonidan yakdillik bilan qabul qilinmaganini ham qayd etib o‗tish lozim.
Parmenidning: «Borliq mavjud, yo‗qlik mavjud emas», degan mashhur tezisi
barqarorlik, o‗zgarmaslik, muayyanlikning mutlaqligini tan olishni anglatgan.
Boshqacha
aytganda, bunda o‗zining boshqa holatiga aylanish sifatidagi o‗z-
o‗zidan harakat g‗oyasiga o‗rin yo‗q bo‗lgan dunyo tan olingan. Keyinroq
ta‘riflangan neoplatonik Proklning tezisi uning muqobili sifatida amal qilgan. Prokl
harakat, o‗z-o‗zidan harakat va harakatsizlikni farqlashni taklif qildi. U «Mavjud
hamma narsalar yo harakatsiz, yo harakatdadir, – degan. – Agar narsa harakatda
bo‗lsa, u o‗zi bilan o‗zi yoki boshqa narsa bilan harakatdadir. Agar u o‗zi bilan o‗zi
harakatda bo‗lsa, o‗z-o‗zidan
harakatda, boshqa narsa bilan harakatda bo‗lsa –
147
boshqacha harakatdadir. Binobarin, hamma narsalar yo harakatsiz, yo o‗z-o‗zidan
harakatda, yo boshqacha harakatda bo‗ladi»
1
.
SHunday
qilib,
o‗z-o‗zidan harakat g‗oyasi dunyoni tushunish
konsepsiyalari maydonida bir necha muqobil yondashuvlar bilan birga amal qiladi.
Butun borliqning to‗xtovsiz harakati haqidagi tezis o‗z-o‗zidan harakat g‗oyasining
«sherik-raqiblari»dir. «Qarama-qarshiliklar birligi» sifatidagi rivojlanishdan farqli
o‗laroq, rivojlanishga «kamayish va ko‗payish sifatida, takrorlanish sifatida»
qarovchi yondashuv ikkinchi muqobilga aylandi. Birinchi muqobil metafizik,
ikkinchisi – dialektik konsepsiya deb nomlanadi va u mutlaqlashtiriladi. Sobiq
sovet davri falsafasida bunday mutlaqlashtirish quyidagicha izohlangan:
«Harakatning
birinchi
konsepsiyasida
o‗z-o‗zidan
harakat,
uning
harakatlantiruvchi kuchi, manbai va sababi panada qoladi.
Ikkinchi konsepsiyada
asosiy e‘tibor aynan «o‗z-o‗zi»dan harakat manbaini bilishga qaratiladi. Birinchi
konsepsiya jonsiz, bo‗sh, yuzaki. Ikkinchisi – hayotiy. Faqat ikkinchi konsepsiya
«butun borliq»ning o‗z-o‗zidan harakatini tushunib etish, «sakrashlar»,
«tadrijiylikning uzilishi», «qarama-qarshilikka aylanish», «eskining yo‗q bo‗lishi
va yangining vujudga kelishi» mohiyatini anglash imkonini beradi»
2
. Aslida bu
qarashlarni falsafiy tafakkur rivojida qo‗lga kiritilgan
yondashuvlar sifatida
tushunish ma‘qul.
Harakatning umumiyligi, universalligi va atributliligini tan olish boshqa bir
savol tug‗ilishiga sabab bo‗ladi. Harakat jarayonini qanday qamrab olish, uni
tushunchalar mantig‗ida qanday ifodalash va tavsiflash mumkin? Harakatni
tushunchalar vositasida, nazariy aks ettirishda harakat jarayonining uzluksizligini
ifodalash asosiy muammo bo‗lib qolmoqda. Bilish
tarixi harakatni umumiy
tushunchalarda uni to‗xtatmaydigan, qo‗pollashtirmaydigan tarzda ifodalash
vazifasi naqadar og‗ir ekanligini ko‗rsatadi. Jism bir joyda turadi va so‗ngra
boshqa joyga ko‗chadi, deb aytish jismning o‗rnini shunchaki qayd etish,
demakdir. U harakatlanayotgan paytda birinchi joyda boshqa turmaydi, lekin
ikkinchi joyga ham hali etib kelmagan bo‗ladi; agar
jism shu ikki joydan birida
turgan bo‗lsa, u harakatsiz holatda bo‗ladi. Jism ikki joy o‗rtasida, deb aytish hech
narsa demaslik bilan barobardir, chunki bu holda u yana bir joyda bo‗ladi; demak,
ayni holda yuqorida zikr etilgan qiyinchilik tug‗iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: