Aniqlash usuli
|
Qiymatlar
|
1
|
Tishlar soni
|
Z
|
sanash
|
|
2
|
G‘ildirak eni
|
V
|
o‘lchash
|
|
3
|
G‘ildirakdagi teshikning diametri
|
da
|
o‘lchash
|
|
4
|
SHponka o‘yig‘ining eni
|
b
|
o‘lchash
|
|
5
|
SHponka o‘yig‘ining chuqurligi
|
t2
|
o‘lchash
|
|
6
|
Modulning dastlabki kiymati
|
m1
|
xisoblash
|
|
7
|
Modulning standart kiymati
|
m
|
tanlash
|
|
8
|
Bo‘luvchi aylana diametri
|
d
|
|
|
9
|
Tishlar uchlaridan o‘tgan aylana diametri
|
da
|
|
|
10
|
Tishlar tublaridan o‘tgan aylana diametri
|
df
|
|
|
O‘lchamdagi noaniqliklar natijasida modulning dastlabki qiymat standart qiymatdan farq qilishi mumkin. SHu sababli modulning hisoblangan dastlabki qiymatini standart qatordan yaxlitlash kerak.(2-jadval).
2-jadval
1 - qator
|
1,0
|
1,25
|
1,5
|
2,0
|
2,5
|
3,0
|
4,0
|
5,0
|
6,0
|
8,0
|
10,0
|
2- qator
|
1,125
|
1,375
|
1,75
|
2,25
|
2,75
|
3,5
|
4,5
|
5,5
|
7,0
|
9,0
|
11,0
|
4. G‘ildirak modulining standart qiymati asosida quydagi o‘lchamlar hisoblanadi:
Bo‘luvchi aylana diametri:
Tishlar uchlaridan o‘tgan aylana diametri:
Tishlar tublaridan o‘tgan aylana diametri:[4]
5. Laboratoriya ishini bajarish uchun berilgan tishli g‘ildirakning ishchi chizmasini bajarish uchun 1-jadvalga kirmagan boshqa konstruktiv o‘lchamlari o‘lchov asboblari yordamida aniqlanib, natijalari 3-jadvalga kiritiladi.
3-jadval
№
|
O‘lchanadigan konstruktiv elemenlar nomi
|
SHartli belgisi
|
Qiymatlar
|
1
|
G‘ildirak gubchagining diametri
|
dgub
|
|
2
|
G‘ildirak gubchagining uzunligi
|
lgub
|
|
3
|
G‘ildirak gardishining diametri
|
d0
|
|
4
|
G‘ildirak diskining eni
|
S
|
|
5
|
Diskdagi teshiklarning diametri
|
dtesh
|
|
6
|
Diskdagi teshiklar markazlarining diametri
|
Dtesh
|
|
|
Boshqa konstruktiv elementlar:
|
|
|
7
|
|
|
|
8
|
|
|
|
9
|
|
|
|
10
|
|
|
|
6. Tishli g‘ildirakni tuzilishi gost(ctandart)ga binoan chizilsin.
Nazorat savollari
1.Etaklovchi va etaklanuvchi tishli g‘ildirak deganda nimani tushinasiz?
2.Tishli g‘ildirakning qanday turlari bor?
3.Modul nima?
4.Nima uchun tishli g‘ildirak val bilan birgalikda tayyorlanadi?
5.Tishli g‘ildirakning asosiy o‘lchamlariga nimalar kiradi?
7.Labaratoriya ishini bajarish tartibini aytib bering?
Prof.Shaikn Ibrahim Ismail. “Enginering Mechaniks Laboratory Manual.2011 (page-55)
LABОRATОRIYA ISHI №8
SILINDRIK G‘ILDIRAKLI TO‘G‘RI TISHLI REDUKTORLARNING KONSTRUKSIYASINI O‘RGANISH
Ishdan maqsad: Reduktor konstruksiyasining detallari vazifasi bilan tanishish, asosiy parametrlarni o‘lchash va hisoblash yo‘li bilan aniqlash.
Jihozlar va asboblar:Silindrik reduktor, asboblar jamlanmasi, lineyka, shtangensirkul.
Umumiy ma’lumotlar
Zamonaviy mashinasozlikda chervyakli reduktorga nisbatan silindrik tishli reduktor keng tarkalgan.
Afzalliklari:
Konstruksiyasining oddiyligi.
FIK yuqoriligi.
Kamchiliklari:
Tishli g‘ildiraklarni tayerlash qiyinligi.
Katta shovqin bo‘lishi.
Umumiy uzatish soniga qarab reduktor 1,2,3 pog‘onali bo‘lishi mumkin. Uzatishlar soniga qarab reduktorlar quyidagi turlarga bo‘linadi.
1.Uzatishlar soni 3-10
2.Uzatishlar soni 8-68
3.Uzatishlar soni 37-315
Ular quyidagi elementlardan tuzilgan: reduktor korpusi, reduktor qopqog‘i, shesternyalar, g‘ildiraklar, etaklovchi val, etaklanuvchi val, oraliq val, dumalash podshipniklari, podshipniklarning qopqoqlari, podshipniklarning teshikli qopqoqlari, ko‘rish derazasi kulachoqlari, moy ko‘rsatkich, moy to‘kish probkasi, shtiftlar, mahkamlash boltlari, shponkalar, vtulka, moy qaytargich.[4]
Reduktor korpuslari etarli darajada mustaxkam bo‘lishi kerak. Uning qismga bo‘linadigan korpus asosi va qopqog‘i, ya’ni bo‘linish tekisligi vallarning uchidan o‘tadi. Korpus qopqog‘ida ko‘tarish uchun quloqlar, ish o‘rnidagi fundamentga, fundament boltlari bilan mahkamlangan bo‘ladi. Asosiy detallari deb tishli silindrik g‘ildiraklar hisoblanadi. Ular qiya tishli va silindrik tishli bo‘lishi mumkin.
Mavjud silindrik reduktorlarni kinematik sxemalari 1-rasmda ko‘rsatilgan.
1-rasm. Silindrik reduktorlarning kinematik sxemalari.
Mavjud reduktorlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Korpusda g‘ildirak va vallarning joylashuviga qarab gorizontal, vertikal va burchak ostida.
Harakat uzatish turiga qarab oddiy va planetar.
Pog‘onalarning soniga qarab, bir pog‘onali (a-k shakllar), ikki pog‘onali (l-sh shakllar), uch pog‘onali (1-5 shakllar) reduktorlar deyiladi.
2-rasm. Ikki pog‘onali silindrik reduktor.
Remont qilish ishlarini engillashtirish maqsadida korpus qopqoq va karter deb ataluvchi ikki qismdan iborat qilib tayyorlanadi (2-rasm).
Ishni bajarish tartibi
1.Reduktorni konstruksiyasi bilan tanishish.
2.Boltlar bo‘shatilib reduktor qismlarga ajratiladi.
3.Reduktorning kinematik sxemasi chiziladi.
4.Reduktor detallari va uzellari kurib chiqiladi.
5.Moy to‘kish bolti bo‘shatiladi.
6.O‘lchagichlar bilan o‘lchanadi: g‘ildiraklar, tishlar soni, o‘qlararo masofa va boshqa asosiy detallarni o‘lchamlari aniqlanadi.
7. Aniqlangan ko‘rsatgichlar 1-jadvalga yoziladi, reduktorning kinematik sxemasi chiziladi.
8. Hisoblash natijalari 2- jadvalga tushiladi.
1-jadval
Reduktorning nomi
|
Gaborit o‘lchamlari
|
Vallarning o‘lchamlari
|
O‘klararo masofa
|
Tishli g‘ildiraklarning o‘lchamlari
|
|
|
|
|
|
2-jadval
Nomlanishi
|
Formulasi va aniklangan
qiymati
|
1.Uzatishlar soni
2.Ilashish moduli
3.Normal modul
4.Bo‘luvchi diametrlar
5.Tashqi diametrlar
6.Boshlang‘ich diametrlar
7.G‘ildirak eni koeffitsienti
|
|
Nazorat savollari
1.Silindrik tishli uzatmaning tuzilishi va ishlash prinsipini ayting.
2.Silindrik uzatmaning afzalligi va kamchiliklari nimalardan iborat?
3.Silindrik uzatmalarda ishlatiladigan materiallarga nimalar kiradi?
4.Reduktorlarning vazifasi nima?
5.Silindrik g‘ildirakli reduktorlarning qanday turlari bor?
6.Reduktor korpuslari qanday materiallardan tayyorlanadi?
LABОRATОRIYA ISHI №9
KONUSSIMON REDUKTORLARNING KONSTRUKSIYASINI O‘RGANISH
Ishdan maqsad:
Konussimon g‘ildirakli reduktorning konstruksiyasi, yig‘uvchi birliklari va detallari bilan tanishish. Hisoblash va o‘lchash yo‘li bilan tishli uzatmalarning geometrik parametrlarini aniqlash. Ba’zi bir detal va uzellarning vazifasini o‘rganishdan iborat.
Kerakli asbob va uskunalar:
O‘lchash asboblari: 300mm li chilangarlik chizg‘ichi, shtangensirkul, kronsirkul, burchak o‘lchagich ѐki transportir
Rasm 1.Konussimon tishli reduktor
1-shesternya,2-stakan,3- etaklovchi val, 4- ajratish halqasi,5- podshipnik teshik qopqog‘i,6- salnik,7- konussimon g‘ildirak,8- podshipnik ѐpiq qopqog‘i, 9- etaklanuvchi val,10- shponka,11- konussimon rolikli podshipnik,12- moy o‘lchagich,13- moy chiqarish tiqini,14- ko‘rish oynasi, 15- reduktor qopqog‘i, 16- reduktor asosi (korpus),17- gayka, 18- fundament bolt o‘rni, 19- shtift.
Ishni bajarish tartibi.
Reduktorning tashqi ko‘rinishini ko‘zdan kechiring, reduktor va chizmani bir-biriga mos kelishini tekshiring.
Reduktor qopqog‘i bilan, ko‘rish oynasi qopqog‘ini biriktiruvchi vintlarni ochib, qopqoqni oling.
Reduktor va podshipnik uzellari qopqoqlarini asos bilan biriktiruvchi boltlarini bo‘shatib oling.
Siquvchi boltlar ѐrdamida reduktor qopqog‘ini asosdan ajratib oling.
Reduktor uzel detallarini ko‘zdan kechiring.
G‘ildirak va shesternya tishlarini yo‘nalishi va qiyalik burchagi β - ni aniqlang.
Etaklovchi valni yig‘ilgan holatda echib oling, shesternya tishlari soni z1 ni sanang, g‘ildirak bo‘lish aylanasi diametri de 1 ni o‘lchang. Olingan qiymatlarni jadvalga ѐzing.
Etaklanuvchi valni yig‘ilgan holatida echib oling, tishlar soni z2 - ni sanang va de2 diametrni o‘lchang. Moy sidirish halqalariga e’tibor bering.
Reduktor qismlari qayta yig‘iladi.
Reduktorning eng katta o‘lchamlarini L, H, B o‘lchang.
Olingan natijalarni jadvalga ѐzing.
Reduktorning asosiy xarakteristikasi.
№ 1.
|
Nomlanishi
|
Belgisi
|
SHesternya
|
G‘ildirak
|
Tashqi konuslik
|
|
|
|
|
masofasi
|
|
|
|
2.
|
G‘ildirak tishli qismining eni
|
|
|
|
3.
|
O‘rtacha konuslik masofa
|
|
|
|
4.
|
Tashqi bo‘lish aylanasi diametri
|
|
|
|
5.
|
Tishning tashqi balandligi
|
|
|
|
6.
|
Tish kallagining tashqi balandligi
|
|
|
|
7.
|
Tish uchi konusining burchagi
|
|
|
|
8.
|
Tishlar soni
|
|
|
|
Xulosa.
Takrorlash uchun savollar.
Konussimon reduktor deb nimaga aytiladi? Uning vazifasi nimadan iborat?
Silindr va konussimon reduktorlarning farqini ayting.
Konussimon tishli uzatmalarning afzalliklari va kamchiliklari?
Reduktorning uzatishlar soni qanday formula ѐrdamida hisoblanadi?
Val va tishli g‘ildiraklarning vazifasini aytib bering?
Reduktorning asosiy detallarini sanab bering?
Nima uchun reduktor detallari moylanadi va moyning miqdori qancha bo‘lishi kerak?
8. Re nimani bildiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |