13.1-jadval
Kokslash jarayoni xom-ashyo tavsifi va moddiy balansi.
Ko‘rsatkichlar, xom-ashyo tavsifi
|
Gudron
|
Kreking qoldiq
|
Zichlik, kg/m3
|
0,990
|
1,024
|
Kokslilik darajasi
|
16
|
23
|
Oltingugurt miqdori, %
|
2,8
|
3,3
|
Mahsulot chiqishi
|
|
|
Koks
|
24
|
35
|
C4 gacha bo‘lgan gazlar
|
11
|
11
|
Benzin
|
16
|
7
|
Yengil va og‘ir gazoyl
|
49
|
47
|
Sirkulyatsiyalanish koeffistenti
|
0,3
|
0,3
|
Xorijiy adabiyotlarga havolalar.
Håvard Devold. Oil and gas production handbook. An introduction to oil and gas production, transport, refining and petrochemical industry Edition 3.0 Oslo, August 2013. Р.154.
Капустин В.М., Рудин М.Г. Химия и технология переработки нефти. – М.: Химия, 2013. –495 с.
21-mavzu. Termik kreking jarayonining sanoatdagi qurilmalari.
Reja:
1. Termik kreking haqida tushuncha.
2. Kreking vaqtida uglevodorodlarni o‘zgarishi, xom-ashyo va olinadigan mahsulotlar.
Tayanch so`z va iboralar
Termik kreking, uglevodorodlarni o‘zgarishi, xom ashyo va olinadigan mahsulotlar, sanoatdagi qurilmalari, reaktor, kuvurli o‘choq, bosim, harorat.
Termik kreking haqida tushuncha, kreking vaqtida uglevodorodlarning o‘zgarishi, xom-ashyo va olinadigan mahsulotlar. Termodestruktsiya jarayonlari orqali neft va neft mahsulotlarini issiqlik ta’sirida parchalanishi termik kreking deyiladi. Jarayonlar uch bosqichda o‘tkaziladi:
Suyuq neft mahsulotlari va neft xom-ashyosini yuqori bosim ostida (20-70 at) termokrekinglash (visbreking).
Neft qoldiqlarini past bosimda termokrekinglash.
Suyuq va gaz holatidagi neft xom-ashyosini yuqori haroratda (450 0S dan 1200 0S) piroliz qilish.
Yuqori bosimda olib boriladigan kreking 470-5400S gacha nisbatan yengil xom-ashyolarni (ligroin, mazut) qayta ishlab benzin olish uchun ishlatiladi. Neft qoldiqlari - yarim gudron va gudronlarni qayta ishlashda asosiy mahsulot sifatida qozonxona yoqilg‘isi olinadi. Bunday jarayon og‘ir qoldiq xom-ashyoni yengil sharoitda bir karrali termik parchalanishidir. Visbreking jarayoni xom-ashyosi - neftni atmosfera bosimida haydashdan olingan mazut yoki vakuum gudronlari hisoblanadi. Visbreking orqali xom-ashyoning qovushqoqligi nisbatan pasaytirilgan suyuq qozonxona yoqilg‘isi ishlab chiqarish uchun (1 variant), yoki gidrokreking va katalitik kreking qurilmalari xom-ashyosi bo‘lgan gazoyl ishlab chiqarishga yo‘naltirish uchun (2 variant) o‘tkaziladi. Har ikkala variantda ham yengil mahsulotlar gaz va benzin fraktsiyalari hisoblanib, odatda ularni chiqishi 3 va 8% dan oshmaydi (14.1-jadval). Visbreking qurilmasi kompleks qurilmalar tarkibiga bir sektsiyali ko‘rinishda kiradi. Masalan, neftni atmosferali haydash, atmosferali mazut visbreking gazoyl fraktsiyasi uchun visbreking mazutni vakuumli haydash gazoyllarni ajralishi, kerosin chiqish miqdorini oshirish maqsadida gazoyl aralashmalarini termik krekinglash.
Termik kreking haqida tushuncha kreking vaqtida uglevodorodlarni o’zgarishi, xom ashyo va olinadigan mahsulotlar.
Termodestrukstiya jarayonlari orqali neft va neft mahsulotlarini issiqlik ta’sirida parchalanishi tushuniladi. Jarayonlar uch etapda o’tkaziladi:
1.Suyuq neft mahsulotlari va xom ashyosini yuqori bosim ostida (20-70 at) termokrekinglash (visbreking) neft qoldiqlarini past bosimda termokrekinglash
2.Suyuq va gaz holatidagi neft xom ashyosini yuqori haroratda (450 0C dan 1200 0C) piroliz qilish.
3.Yuqori bosimda olib boriladigan kreking 470-5400C gacha nisbatan engil xom ashyolarni (ligroin, mazut) qayta ishlab benzin olish uchun ishlatiladi.
Neft qoldiqlari yarim gudron va gudronlarni qayta ishlashda asosiy mahsulot sifatida qozonxona yoqilg’isi olinadi. Bunday jarayon og’ir qoldiq xom ashyoni engil sharoitda bir karrali termik parchalanishdir. Visbreking xom ashyosi neftni atmosferali haydashdan olingan mazut yoki vakuum gudronlari hisoblanadi.
Visbreking orqali xom ashyoning qovushqoqligiga nisbatan pasaytirilgan suyuq qozonxona yoqilg’isi ishlab chiqarish uchun (1 variant), yoxud gidrokreking va katalitik kreking qurilmalari xom ashyosi bo’lgan gazoyl ishlab chiqarishni yo’naltirish uchun (2 variant) o’tkaziladi.
Har ikkala variantda ham engil mahsulotlar gaz va benzin frakstiyalari hisoblanib odatda ularni chiqishi 3 va 8% oshmaydi.
Viskreking qurilmasi kompleks qurilmalar tarkibida bir sekstiyali ko’rinishda kiradi. Masalan neftni atmosferali haydash, atmosferali mazut visbreking gazoyl frakstiyasi uchun visbreking mazutni vakuumli haydash gazoyllarni ajralishi , kerosin chiqish miqdorini oshirish maqsadida gazoyl aralashmalarini terming krekinglash.
Gudronlarni krekinglash jarayoni 460-5000C harorat, 1,4-3,5 MPa bosim sharoitida o’tkaziladi. Kreking jarayoni issiqliq yutilishi (endotermik) reakstiyasi bilan kechadi.
Ko’rsatgichlar
|
Engil neft mazuti
|
Engil neft gudroni
|
Neftning yarim gudroni
|
Mahsulot chiqishi % (mass) vodorod sulfid
|
0,2
|
0,3
|
-
|
C4 gacha bo’lgan gazlar
|
2,1
|
2,2
|
0,8
|
C5 va C6frakstiyalar
|
1,4
|
1,3
|
-
|
C7 va 1850C frakstiyalar
|
4,7
|
4,6
|
5,6
|
185-3700C frakstiya
|
10,7
|
-
|
-
|
Qoldiq ( 0C)
|
80,9
|
-
|
-
|
Qoldiq ( 0C)
|
-
|
91,6
|
92,6
|
Jami :
|
100,0
|
100,0
|
99,0
|
Visbrekingdan olingan benzin frakstiyalari oktan soni 58-68 oralig’ida bo’ladi. Benzin va kerosin frakstiyalari tarkibida oltingugurt miqdori xom ashyoga nisbatan kam bo’ladi. Olingan frakstiyalarni gidroto-zalashga to’g’ri keladi.
Kreking jarayonida uglevodorodlarning termik o’zgarishi. Alkenlarning o’zgarishi: alkanlarning termik reakstiyasi natijasida past alken va alkanlar hosil bo’ladi. Alkanlarning termik parchalanish reakstiyasi mexanizmi radikal – zanjirlidir. Metan termik barqarordir. Uning termodinamik jihatdan termik parchalanishi 5600C dan yuqorida boradi. Ammo 10000Sda u tezroq boradi.
Asosiy mahsulot sifatida etan, etilen, astetilen, uglerod va vodorod olinadi.
Reakstiya zanjirli bo’lib, u quyidagi ketma – ketlikda boradi:
Etanning parchalanishi 5000C da boshlanib 8000C da tezligi ortadi.
S-S bog’ining uzilishi kamdan-kam hollarda kuzatiladi
Propan 4500C da ikki yo’nalishda parchalanadi.
Butan
Do'stlaringiz bilan baham: |