Ngt kurs 4 Guruh Fanning nomi “Нефт ва газокондесатни қайта ишлаш технологияси”



Download 1,34 Mb.
bet27/38
Sana23.09.2021
Hajmi1,34 Mb.
#182319
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Bog'liq
2 5300751712196234315

Xorijiy adabiyotlarga havolalar.

  1. Håvard Devold. Oil and gas production handbook. An introduction to oil and gas production, transport, refining and petrochemical industry Edition 3.0 Oslo, August 2013. Р.154.

  2. Капустин В.М., Рудин М.Г. Химия и технология переработки нефти. – М.: Химия, 2013. –495 с.

20-mavzu. Yarim uzluksiz kokslash jarayoni.

Reja:

1.Kokslash jarayonining texnologik chizmasi va izohi.

2.Yarim uzluksiz kokslash jarayoni texnologiyasi.

3.Kokslash jarayoni mexanizmi va kimyosi.



Tayanch so`z va iboralar

Isitilmaydigan kamera, sekin-asta kokslash, yarim uzluksiz kokslash, turbolizato, kameralar.


Isitilmaydigan kameralarda sekin-asta kokslash jarayoni, yarim uzluksiz kokslash jarayoni. Yarim uzluksiz kokslash - qizdirilmaydigan kameralarida sekinlashtirilgan kokslash jarayoni keng tarqalgan. Bu jarayon 30-yillardan boshlab qo‘llaniladi. Boshqa termik-qoldiqlar, hattoki qattiq bitum ko‘rinishli jinslar-gilsonitlar ham xizmat qiladi. Koks mahsulotining asosiy iste’molchilari alyuminiy ishlab chiqarish sanoatidir. U erda koks alyuminiy rudasidan alyuminiy qotishmasini ajratishda qaytaruvchi (anod massa) sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, koksdan grafitlangan elektrod ishlab chiqarish uchun xom-ashyo, karbidlar (Ca, Si) olishda foydalaniladi. Koksning asosiy ko‘rsatkichlari zichligi, oltingugurt miqdori, zolligi va mikrostruktura darajasi hisoblanadi. Oltingugurtli neft tarkibidan 1,5% (mass), oltingugurtli koks olinadi. Yuqori oltingugurtli qoldiqlardan olingan koksdagi oltingugurt miqdorii 4% massagacha yetadi.

Qizdirilmaydigan kameralarda sekinlik bilan boruvchi kokslash qurilmasining texnologik sxemasi 13.1- rasmda keltirilgan. Sekinlashtirilgan kokslash qurilmalari yiliga 300, 600 va 1500 ming tonnadan koks ishlab chiqarish quvvatlarida loyihalanadi. Quyidagi rasmda quvvati yiliga 600 ming tonna koks ishlab chiqaruvchi qurilmaning ish tartibi keltirilgan. Qurilma 4ta kokslash kamerasi va 2 quvurli qizdirish pechidan iborat reaktor bo‘limi, fraktsiyalash bo‘limi, issiqlikni qayta tiklash tizimi va mahsulotni sovutish bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Xom-ashyo-gudron yoki kreking qoldiq 1-nasos yordamida parallel oqimda 2 va 3- pechlarning yuqori ekran qismidan berilib, u erda 350-3800S gacha qizdiriladi. So‘ngra xom-ashyo 9-kolonnani pastki qismiga kaskadli tarelka yuqorisidan kiritiladi. Shuningdek, bu erdan parallel ravishda ishlovchi kameralarda hosil bo‘ladigan koksli mahsulotlarini - gaz va bug‘larni pastki tarelka ostidan kiritiladi. Xom-ashyo kolonnadagi to‘qnashuv natijasida og‘ir fraktsiya bug‘lari kondensatsiyalanadi va xom-ashyo bilan aralashadi. Bunga ko‘ra kolonna pastida retsirkulyat yoki ikkilamchi xom-ashyo hosil qilinadi. Ikkilamchi xom-ashyo 9-kolonnadan 6-nasos yordamida 2 va 3-pechlarga qaytariladi va 490-5100S gacha qizdiriladi. Pech quvurlarida koks hosil bo‘lishi oldini olish maqsadida yuqori ekran qismiga ≈3%gacha turbolizator deb ataluvchi jihozga qizdirilgan suv bug‘i beriladi. Suv bug‘i berilishi hisobidan oqimni zmeevikning reaktsion qismidan o‘tishi tezlashadi. Qizdirilgan ortiqcha bug‘ni 10 va 11-bug‘latish kolonnalarida ishlatish mumkin. Bug‘ holida aralashma pechlaridan so‘ng parallel oqimda 4 yo‘lli 7-kranlar orqali ikkita teng ishlovchi 5-kameraga kiritiladi. Bu vaqtda ikki kamera ishchi davriy siklga tayyorlanadi. Qaynoq xom-ashyo kameralar pastidan beriladi va asta-sekinlik bilan to‘lib boradi. Hajmi ancha katta, ichki diametri 4,6-5,5m va balandligi 27-28m. Parchalanishdagi bug‘ mahsulotlari uzluksiz ravishda kamera yuqorisidan chiqariladi va 9-kolonnaga yuboriladi, og‘ir qoldiq esa qoladi. Suyuq qoldiq esa asta-sekinlik bilan koksga aylanadi. Kamera taxminan 24 soatda koks bilan to‘ladi. Kameralardagi bosim 0,18-0,60 mPa. Kokslash mahsulotlari 9-kolonnada ajratiladi.





13.1- rasm. Qizdirilmaydigan kameralarda sekinlik bilan boruvchi kokslash qurilmasinning texnologik sxemasi: 1, 6, 12,

15 –nasoslar; 2, 3-quvurli pechlar; 4-yig‘gich; 5-sekinlik bilan koks hosil qiluvchi kameralar; 7- to‘rt yo‘lli jo‘mrak(kran);

8, 19, 21-havoli sovitish jihozlari; 9-rektifikatsion kolonna; 10, 11-bug‘latuvchi kolonna;16-sovitkich; 17-ajratkich;

18, 20-issiqlik almashtirgichlar.




Kolonna yuqorisidan benzin bug‘lari, suv, hamda koks gazlari chiqariladi. Yengil va og‘ir gazoyllar 10 va 11-bug‘lanish kolonnalaridan 13 va 12-nasos yordamida beqaror benzinni qizdirish uchun 18-issiqlik almashtirgich orqali va suv kondensatini isitish uchun 20- issiqlik almashtirgichdan o‘tib, sovutish tizimidan so‘ng rezervuarga chiqadi.

Kameralar koks bilan to‘lgandan keyin, kameraga xom-ashyo qabul qilishi to‘xtatiladi va suv bug‘i yordamida qolgan suyuq mahsulotlar va neft bug‘lari siqib chiqariladi. Dastlab siqib chiqarilayotgan mahsulotlar 9-kolonnaga, qachonki koks harorati 400-4050S ga pasayganda bug‘lar oqimi 4-yig‘gichda siqiladi. Koks harorati to 2000S gacha pasayguncha suv bug‘i berish davom etadi. Keyinchalik kameraga suv bug‘i beriladi va berilayotgan suv atmosferaga bug‘lanish davom etguncha, ya’ni 4- yig‘gichni quyish quvurida paydo bo‘lguncha davom ettiriladi. Kameralardan koks gidravlik usulda gidroburg‘i va gidrokeskichlar yordamida 10-15 mPa bosimda kesib bo‘laklanadi va chiqariladi.

Jarayonni qiyinchiligi kameralardan koksni tushirish uchun qimmatbaho jihozlar (burg‘ilash minorasi, yuqori bosimda ishlovchi suv nasoslari) talab etilishidir. Jarayonning xom-ashyo tasnifi va moddiy balansi 13.1-jadvalda keltirilgan.




Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish