3.2. Neft maxsulotlari bilan ifloslanish holatlari va ularning oldini olish
Neft yoki neft mahsulotlari bilan ifloslangan tuproqlarni xossa-xususiyatlarini о‘zgarishida uning ifloslanish vaqti muhim urin tutadi. Ifloslanish vaktiga kо‘ra quyidagicha belgilanadi: O yangitdan ifloslangan tuproqlar - 4 yilgacha;
□ о‘rtacha ifloslanish vaqti 4-10 yilgacha;
□ eskitdan ifloslangan tuproq qoplami 10 yildan ortiq. Ifloslanish vaqti tuproq xossalarini о‘rganishda uning
rekultivatsiya tadbirlarini olib borishda muhim rol о‘ynaydi, ya’ni olib borilgan tadqiqotlarning turi, tegishli metodikalar va texnologiyalarni belgilash mezonlaridan biri hisoblanadi.
Respublikamizda hozirgi kungacha kо‘plab neft konlari ochilgan. Natijada sug‘oriladigan tuproqlar kuchli darajada ifloslanmokda, tuproqning kimyoviy, fizikaviy, biologik, mikrobiologik xossalari о‘zgardi va suv, oziqa hamda havo rejimlari buzilib, barcha tuproq fazalariga salbiy ta’sir qilmokda. Xususan, Namangan viloyati Mingbuloq tumanida 1992 yil 2 martda tо‘satdan ochilgan Mingbuloq neft koni atrofida turli darajada tuproqlar ifloslangan (19-rasm).
Neft bilan ifloslangan о‘tloqi-allyuvial tuproq va undan ajratib olingan neft miqdorining kо‘rinishi
1-jadval
Rasmdan kо‘rinib turibdiki, tuproq о‘rtacha, kuchli va juda kuchli darajada neft bilan ifloslanganda о‘zining morfologik belgilarini yо‘qotadi.
О‘zbekiston Respublikasi tabiiy boyliklar, jumladan neft konlariga juda boy hisoblanadi va о‘zining extiyojini tо‘liq ta’minlaydi. Respublikamizda neft konlari quyidagi 5 ta: Ustryut, Buxoro - Xiva, Shimoliy - G‘arbiy Gissar, Surxondaryo va Farg‘ona neftgazregion bо‘yicha tarqalgan bо‘lib, asosiy kismi sug‘oriladigan tuproqdar xududi va tutash xududlarda joylashgan.
Neft bilan ifloslangan xududda о‘suvchi yovvoyi о‘simliklar hamda qishloq-xо‘jalik ekinlarining vegetatsiya jarayoni kechishi uchun nokulay sharoit paydo bо‘ladi va ularning nobud bо‘lishi kuzatiladi
Oradan 14 yil о‘tishiga qaramay tuproq qoplami о‘zining holatini tiklay olgani yо‘q. Neft yoki neft mahsulotlari tuproqka tushganda genetik qatlamda radiusli kimyoviy parda paydo bо‘lib,
ushbu pardadan suv yoki havoning о‘tishi kamaadi va tuproq mikroorganizmlari aksariyati nobud bо‘ladi, natijada о‘simliklar oziqlanishi uchun nokulay sharoit vujudga keladi, provardda esa biologik dunyoning о‘zgarishi kuzatiladi. Bundan tashqari zaharli kimyoviy moddalardan zarar kurgan va nobud bо‘lgan mikroorganizmlar ishtirokida boradigan biokimyoviy, biologik jarayonlar izdan chiqadi va tuproqning bir qator xossalari yomonlashadi.
Neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishning yil sayin kengayayotgani, tuproq unumdorligiga zaharli ta’sirini kuchliligini hisobga olib, ifloslanishni oldini olish va ifloslangan tuproqlarni tozalash hamda unumdorligini qayta tiklash masalalariga qatiy e’tibor berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |