Neft bilan ifloslangan tuproqda g‘о‘za chigiti va bug‘doy urug‘larining unishi va ayrim fiziologii kо‘rsatkichlari
(Z.A.Jabbarov 2006 yil)
Variantlar
|
Ayrim
fiziologii
kо‘rsatkichlar
|
Tuproq namunalari (neft koniga nisbatan (m) uzokpikdan olingan)
|
200m
|
800m
|
1500m
|
5000m
|
8000m
|
G‘о‘za
|
Chigitning unishi, (%)
|
|
70
|
80
|
80
|
80
|
Chigitning unishi (sutka, soat)
|
|
7sutka (160soat)
|
7 sutka (157soat)
|
bsutka (139soat)
|
bsutka (126soat)
|
Niholning uzunligi (sm)
|
|
15,73
|
19,04
|
21,17
|
23,76
|
Niholning ogirligi(mg)
|
.
|
0,6178
|
0,7354
|
0,8436
|
0,9873
|
Bug‘doy
|
Urug‘ning unishi
(%)
|
.
|
60
|
60
|
70
|
80
|
Urug‘ning unishi (sutka, soat)
|
.
|
bsutka (Shsoat)
|
6 sutka (140soat)
|
5 sutka (Shsoat)
|
5sutka (Pbsoat)
|
Nixolning uzunligi Sem)
|
|
11,78
|
13.45
|
22.23
|
25.01
|
Niholning og‘irligi(mg)
|
|
0,1120
|
0,1255
|
0,4874
|
0,5899
|
6-jadval
Neft miqdoriga kо‘ra 200 metr masofadan olingan tuproq namunasida tajribadagi о‘simliklar urug‘larining unishi kuzatilmadi va keyingi tuproqlarda kо‘rish mumkinki, neft konsentratsiyasiga kо‘ra turli vaktlarda unib chiqqan nihollarning organlari ham turlicha rivojlandi (23-rasm).
Neft bilan ifloslangan о‘tloqi - allyuvial tuproqlarda g‘о‘za niholining kо‘rinishi (7 kunlik nixol, о‘ngda ifloslangan, chapda toza tuproqda ungan nixol)
6-jadval
Tuproqning unumdorligi va sog‘lomligi unda о‘suvchi ekinlarning holati bilan belgilanadi. Muayyan о‘simliklarning yaxshi rivojlanishi, ulardan olinadigan hosilning yuqori va sifatli bо‘lishini ta’minlay olish faqatgina tuproqning tozaligiga xosdir. Shu nuqtai nazardan kimyoviy ifloslangan tuproqlarni, xususan neft va neft maxsulotlari bilan ifloslangan tuproqlarni tozalash usullarini ishlab chiqish va tegishli rekultivatsiya tadbirlarini qо‘llash muhim hisoblanadi.
3.3. Zaharli va texnogen chiqindilarning xususiyatlari va manbalari
Atrof - muhitni xususan tuproq qoplamini kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi turli omillar ta’sirida vujudga kelib, bu moddalar xususiyatiga ko‘ra yillar davomida o‘zining ta’sirini o‘tkazadi. Ayniqsa o‘ta zaharli moddalar deya e’tirof etiluvchi radioaktiv elementlarog‘ir, ayrim gazlar hamda pestitsidlar tuproq 1s;oplamiga tushib, "tuproq—o‘simlik—>hayvon—>inson" tiriklik biozanjiri orqali o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Zaharli moddalarning ifloslanish manbalari, kimyoviy tarkibi, ifloslanish maydoni va ularning ilmiy - amaliy yechimi dunyo bo‘yicha bir biridan farq qiladi. Masalan, Yevropa davlatlarida asosan sanoat tizimidagi faoliyatlar orqali ifloslansa, Markaziy Osiyo davlatlarida chiqarilgan chiqindilar va qishloq xo‘jaligida kimyoviy moddalardan noilmiy tarzda foydalanish natijasida ifloslanadi. Shu nuqtai nazardan, zaharli moddalar bilan ifloslanishning asosiy manbalariga: radioaktiv elementlar bilan bog‘liq sanoat tizimi, tabiiy konlar, yadroviy qurollardan meyordan tashqari foydalanish, kimyoviy moddalar saqlash omborlari, chikindi qabristonlari, halq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligida kimyoviy moddalarning meyoridan ortiq qo‘llanilish holatlarini kiritish mumkin.
O’zbekistonda energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish obektlarida hosil bo‘ladigan chiqindilar, atrof- muhitni va tuproq qoplamini ifloslovchi asosiy manbalar hisoblanadi. Ishlab chiqarish va iste’moldan chiqqan chiqindilar hosil bo‘lishining yillik xajmi 100 mln. tonnani tashkil etadi.
Respublikamizda chiqayotgan chiqindilarni 4 toifaga bo‘lish mumkin. Ularning yillik hajmi turlicha bo‘lib, ma’lum qismi tuproq qoplamiga tushib uni ifloslantiradi, 2004 yilda chiqindilar miqdori 1-toifa bo‘yicha 1,6 ming tonna, 2-toifa chiqindilari 2,8 ming tonna, 3-toifa chiqindilari 1416,3 ming tonna, 4-toifa chiqindilari 34306,8 ming tonna miqdorida paydo bo‘lgan. Viloyatlar bo‘yicha esa bu ko‘rsatkich turlicha taqsimlanadi
Ushbu chiqindilarning 14% dan ko‘prog‘i zaharli hisoblanadi, hozirgi kunda chiqindilarning barcha turlari hisobga olinmoqda.
Respublikamizda eng katta sanoat obektlari Toshkent, Navoiy shaharlarida joylashgan. Toshkent shahri yirik sanoat markazi hisoblanib (O‘zbekiston YAIMning 30%), keng turdagi ishlab chiqarish tuzilmalariga ega, xususan, aviasozlik, mashinasozlik, to‘qimachilik, kimyo, farmatsevtika, oziq - ovqat, elektro-texnik, kurilish kabi ko‘plab sanoat korxanalari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |