Neft va neft mahsulotlari bilan ifloslangan tuproqlarni rekultivatsiya qilish



Download 483,5 Kb.
bet3/10
Sana09.06.2022
Hajmi483,5 Kb.
#646473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1NEFT VA NEFT MAHSULOTLARI BILAN IFLOSLANGAN TUPROQLARNI REKULTIVATSIYA QILISH

III BOB. Asosiy qism
3.1.Tuproqlarni neft bilan ifloslanishi

Tuproqning kimyoviy ifloslanishlari orasida neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishi keng masshtabda uchraydi. Chunki neft xom ashyosidan halq xо‘jaligida keng foydalanib, bugungi kunda 1000 xildan ortiq mahsulotlar olinmoqda.


Ifloslanishning paydo bо‘lishida asosan neft konlarining ochilishi, neft hom ashyosini olinishi, taishsh jarayoni, saklash omborlari, kutilmagan avariya holatlari va neft mahsulotlarini nozamonaviy texnologiyalar vositasida kayta ishlash, transportlar tomonidan chala yoqilishi va boshqalar о‘rin tutadi.
Ayniqsa neftga boy bо‘lgan Arab mamlakatlari, Rossiya, Quvayt, Ozarbayjon va Ukraina hududlarida neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanish holatlari kо‘proq kuzatiladi. Birgina Rossiya-ning о‘zida yiliga 50-70 ming tonna neft va neft mahsulotlari katta-katta hududlarni ifloslaydi, jumladan 1996 yilda 50 ming gektar yer kuchli darajada ifloslangan. Ukrainadagi katta halokat atrof-muhit ekosistemasining ifloslanishiga sabab bо‘lgan.
Tuproq qoplamini neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishining asosiy omillari о‘rnida Y.A.Majayskiy, I.Y.Davshova, V.F.Yevtyuxin, K.N.Yevsenkin (1999), V.I.Solovyev, V.A.Pushkina, G.A.Kojanova, T.V.Gudzenko (2001),
V.M.Kondrashenko, V.P.Xolodenko (2001), L.A.Deminalar (2000) tabiat komponentlari ayniqsa, tuproq qoplamining neft bilan ifloslanishida quyidagi asosiy omillarni kо‘rsatishadi:
-neft sanoati tarmoklaridagi chikindi suvlarining tuproq qoplamiga va sug‘orish suvi manbalariga tushishi;
-neft va boshqa yoqilg‘i turlarining tashish kemalari, transportlari va uzatuvchi kuvurlaridagi halokat holatlari;
-neft konlarining yonib ketishi;
-neft saklash omborlaridagi noqulay holatlar natijasida tuproq qoplami va ekosistemaning asosiy qismlari ifloslanadi. Bundan tashqari neft va neft mahsulotlaridan notо‘g‘ri foydalanish mobaynida va ifloslangan hududlarda rekultivatsiya ishlarini yetarli darajada yо‘lga qо‘yilmasligi okibatida ham bir qator muammolar kelib chiqadi.
Har bir neftning о‘ziga xos kimyoviy tarkibi bо‘lib, ifloslanish harakteri ham shunga monand holda turlicha bо‘ladi. Neft asosan och kulrangdan tо‘q qо‘ng‘ir rang oralig‘ida ba’zan yashil rangda ham uchraydi. О‘rtacha molekulyar massasi 220-230 g/mol (ba’zan 450-470g/mol), zichligi 0,65-1,05 (odatda 0,82-0,95 g/sm), qaynash harorati 28-100°S oralig‘ida (parafinlar miqdoriga bog‘liq holda), yopishqokligi 1,98-265,90 mm2/s (og‘ir fraksiyali tarkib kо‘p bо‘lsa yopishqoklik yuqori bо‘ladi).
Uglevodorodlar tarkibi ham turlicha bо‘lib, parafinlar 30-35%, naftenli uglevodorodlar 25-75%, aromatik tarkibli-10-20 % oralig‘ida uglevodorodlar uchraydi, element tarkibi esa (%): S-82-87, N-11-14, 8-0,01-6, N-0,001-1,8, 0-0,005-0,35, bundan tashqari 50 ga yaqin element uchraydi.
Neft yoki neft mahsulotlari tarkibida N1, R kabi og‘ir metallarni bо‘lishi tuproq qoplami uchun yana bir zaharli havf hisoblanadi.
Har bir hudud, xattoki bir mintaqadagi ikkita neft konidan chiqayotgan neft kimyoviy tarkibi jihatidan farq qiladi va vakt utishi bilan neftning kimyoviy tarkibi о‘zgaradi. Tuproq tarkibiga tushganda yengil fraksiyali tarkibi uchishi, tuproq qatlamlariga yutilishi hamda tabiiy tarzda mikroorganizmlar tomonidan parchalanishi hisobiga о‘zgarishga uchraydi va tuproq qatlamlarida smola yoki asfalt kо‘rikishida qoladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek neft mahsulotlariga nisbatan tuproq qoplamini ifloslanishi kо‘prok uchraydi (benzin, mazut, motor moyi va boshqa yonilgilarni transportlar tomonidan chala yonishi natijasida asosan atmosfera havosi ifloslanadi) va ifloslangan tuproqlarni tozalash va unumdorligini qayta tiklanishi uzoq yillar talab etadi.
Tuproq qoplamini neft bilan ifloslanishi turli omillarga kо‘ra turlicha bо‘ladi va tuproq tarkibiga tushgan neft miqdoriga kо‘ra quyidagi darajalarga bо‘linadi:
□ ifloslanmagan tuproqlar 1,0 g/kg;
□ kuchsiz darajada ifloslangan tuproqlar 1,0-5,0 g/kg;
□ о‘rtacha darajada ifloslangan tuproqlar 5-12 g/kg;
□ kuchli darajada ifloslangan tuproqlar 12-25 g/kg;
□ juda kuchli darajada ifloslangan tuproqlar 25 g/kg dan ortiq;
Tuproqsa neftning QQM kо‘rsatkichi 1g/kg ga teng bо‘lib, bu kо‘rsatkichdan ortiq miqsori salbiy oqibatlarga olib keladi. Juda kuchli ifloslangan tuproqlar asosan neft koni, neft sanoati, yonilg‘i quyish shaxobchalari atrofidagi tuproqlarda kup uchraydi.



Download 483,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish