Benzinga qo’shiladigan yuqori oktanli komponentlar
Nomlanishi
|
Tajriba usulida oktan soni
|
Motor usulida oktan soni
|
Butan frakstiyasi
|
94
|
89
|
Izobutan frakstiyasi
|
101
|
97
|
Izopentan frakstiyasi
|
93
|
90
|
Pentamilyanovaya frakstiya
|
90
|
87
|
Gazli benzin (30S.....103S)
|
89
|
86
|
Izooktilen
|
100
|
88
|
Polimer benzin
|
100
|
85
|
Alkilat
|
92
|
90
|
Alkil benzin (alkilotning keng frakstiyasi)
|
90-94
|
88-92
|
Toluol
|
115
|
103
|
Piro benzol
|
102
|
88
|
Alkil benzol
|
107
|
100
|
Texnik izooktan
|
100
|
100
|
C5-C6 frakstiyasi izomerlash mahsulotlari (izomerizat)
|
81-87
|
79-85
|
Bu holni bazaviy benzinlarni aromatik uglevodorodlar bilan aralashtirganda hisobga olish kerak. Hozirgi vaqtda har xil markadagi tovar benzinlarini olishda quyidagi resteptlar qo’laniladi:
Benzin A – 80.A-80 benzinini etillanmagan holda olishda uning tarkibi o’zgartiriladi ya’ni katalitik jarayonlardan olingan komponentlar miqdori oshiriladi yoki platforming benzinidan foydalaniladi.
Benzin AI-93. qattiq rejimdagi platforming benzini bazasida olinadi. Frakstion tarkibiga qo’yiladigan talabni bajarish uchun unga oz miqdorda alkillash va izomerlash mahsulotlari, to’g’ri haydalgan benzin frakstiyalari qo’shiladi.
AI-98 benzini. Etillanmagan AI-93 benziniga etil suyuqlikni qo’shish bilan AI-98 benzini olinadi. AI-98 benzinini etillanmagan holda olish uchun ko’p miqdorda alkilat, izomerizat va boshqa yuqori oktanli komponentlar kerak bo’ladi.
Frakstion tarkibi va to’yingan bug’ bosimiga ko’ra barcha avtomobil benzinlari yozgi va qishgiga bo’linadi. Qishgi benzinlar 1 oktyabrdan 1 aprelgacha bo’lgan vaqtda shimol va shimoliy sharqiy o’rta klimatik zonalarda ishlatishga mo’ljalangan. Ular sovuq dvigatelni qizdirmasdan – 30 S gacha bo’lgan haroratda o’t oldirish xossasiga ega va ta’minlash sistemasida +300S haroratgacha gazli shistiplar hosil qilmaydi. Yozgi benzinlar 1 apreldan 1 oktyabrgacha bo’lgan vaqtda janub va janubiy – g’arbiy o’rta klimatik zonalarda qo’lanishga mo’ljalangan. Yozgi benzinlardan foydalanganda havo harorati 45 – 500S dan oshgandagiga ta’minlash sistemasida bug’ tiqinlari hosil qilishi mumkin, sovuq dvigatelni -10 0S da o’t oldirishi mumkin. Neftni qayta ishlash zavodlarida qishgi benzin navlarini tayyorlash uchun maxsus engil qaynovchi komponentlardan foydalaniladi. (butan – butilen, gazli benzin, texnik izopentan). O’t oldirish xususiyatini yaxshilash uchun benzinga butan aralashmasini qo’shish yaxshi samara beradi, biroq bunda bug’li tiqinlar hosil qilishi ortadi. Shuning uchun tovar benzinlarini tayyorlashda butanlarning miqdori 10% dan oshmasligi kerak. Qishgi tovar benzinlarga gazli benzinni qo’shish uning o’t oldirish xususiyatini texnik izopentanga nisbatan yaxshiroq effekt beradi. Avtomobil benzinlarining barcha komponentlarining kislotaliligi odatda 0,1-0,3 kon/10 mlda yuqori bo’lmaydi. Bu tovar benzinlariga qo’yilgan norma (3 mg kon/100 ml) dan past hisoblanadi. Benzinlarni neft bazalarido’a uzoq saqlaganda ularni kislotaliligi ortadi, ammo ularni hatto uzoq saqlaganda ham ruxsat etilgan me’yordan oshmaydi. Tovar benzinlarning kislotaliligi ularga kislotali oksidlanishga qarshi prisadkalarni (masalan daraxtdan olingan smolali oksidlanishga qarshi) qo’shganda ortadi. Korrozion agressivlik jihatdan benzinga fenoli oksidlanishga qarshi prisadkalar qo’shilganda kislotalilikni ortishi xavfli emas. Bu benzinlarning kislotaliligi saqlash vaqtida bir muncha pasayadi. Tovar benzinlarini indukstion vaqtini talab darajasigacha etkazish uchun termik va katalitik kreking komponentlarini oksidlanishga qarshi prisadkalar bilan barqarorlashtiriladi. Ular quyidagilar: 0,13% gacha daraxtli-smolali oksidlanishga qarshi, FU-16 0,05% va p-oksidi fenil amin 0,01% yordamida. Yuqorida sanalgan oksidlanishga qarshi prisadkalarni benzinga aromatik uglevodorodlardagi eritmalar hamda kiritish kerak. Oksidlanishga qarshi prisadkalarni benzinga kiritish ularni saqlash muddatlarini o’zgartirish imkonini beradi. Benzin tarkibidagi oltingugurtning miqdori 0,1 – 0,05% dan oshmasligi kerak. Kelajakda tovar benzinlari tarkibida platforming komponentlari miqdori oshishi bilan oltingugurtning miqdori kamayishi kutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |