6.9.-§. Transmission moylar
Bu guruhdagi moylar avtomobillar traktorlar transmissiya agregatlari va har xil reduktorlarni tishli uzatmalarini moylash uchun ishlatiladi. Transmissiya moylarini asosiy xususiyatlaridan biri shundaki ularni uzoq vaqt davomida 50-1500S harorat oralig’ida almashtirmasdan foydalanish mumkin. Transmissiya moylari tishli uzatmalarda kontaktlashish joylarida yuqori kuchlanishda emirilishini oldini oladi. Moylar moylash xossalarini yuqoriligi bilan birga harorat – qovushqoqli xossalari ham yaxshi bo’lishi kerak ya’ni ular emirilishini oldini olishi, issiqlikni chiqarishi, shesternyalarni shovqini va vibrastiyasini pasaytirishi ularni urinishdagi kuchlanishlardan himoya qilishi kerak.
Mexanik transmissiyali uzatish korobkasi moylari va gidromexanik korobkali moylar farqlanadi. Mexanik transmissiyada moylarni asosiy funkstiyasi moylashdir, gidromexanikada esa bundan tashqari asosan gidravlik muhit sifatida xizmat qiladi.zamonaviy avtomobil transmissiyalarida moyning harorati qoidaga ko’ra 1000S dan oshmasligi kerak, ammo kontaktlashish nuqtalarida harorat 800-10000S ga etishi mumkin. 15 xil markadagi transmissipon moylari ishlab chiqariladi ular shartli ravishda uch guruhga bo’linadi:
Prisadkasiz yoki ximiyaviy kam aktivli prisadkali (73-2, EFO, DF-11 va boshqalar).
O’rta aktivlikdagi prisadkali (LZ-23k, OTP, LZ-619 va boshqalar).
Yuori aktivli emirilishga qarshi prisadkali moylar (LZ-30912, xloref-40 va boshqalar).
Klimatik sharoitlarga bog’liq holda yozgi (TAP-15 V), qishgi (TS-10-OTP), arktik (TS3-9-shp) va barcha faslarga mos (TE-15-780) transmission moylari farqlanadi. Transmissiya moylarni katta qismi ekstraktlar yoki qoldiq moylarni distilyatlar bilan aralashtirish yo’li bilan tayyorlanadi.
TAP – 15 V moyi qoldiq ekstrakt va distillyat moylari aralashmasiga (AZNII-ЦIATIN-1,OTP) prisadkalar qo’shib tayyorlanadi.
|
|
|
|
|
1000C dagi qovushqoqligi, mm2/s
|
14-16
|
14-15
|
9
|
17,5
|
-500C dagi qovushqoqligi, mm2/s
|
-
|
-
|
35
|
110-120
|
Qotish harorati, 0C
|
-20
|
-25
|
-50
|
-25
|
Ochiq tigelda alangalanish harorati, 0C
|
180
|
180
|
160
|
200
|
Mexanik aralashmalar miqdori, %
|
0,03
|
0,01
|
0,02
|
Yo’q
|
OTP prisadkadagi oltingugurt miqdori
|
1,2
|
1,3
|
-
|
-
|
LZ-619 yoki PZ-23k prisadka, %
|
1,9
|
1,9
|
-
|
2,7-3,0
|
Xlor miqdori, %
|
-
|
-
|
2,8
|
-
|
OPI ni emirilishga qarshi xossasi, %
|
-
|
60
|
80
|
70
|
RS darajasi
|
-
|
36
|
37
|
37
|
Umumiy foydalanishda ishlatiladigan bu moy past haroratlardagi xossalari yaxshi bo’lmasada ko’proq ishlatiladi. Bir xil va issiq klimatik zonalarda TAp-15V moyini hama faslarda ishlatish mumkin. TSp-14 moyi – 400S da ham o’zining xossalarin saqlab yaxshi foyda beradi. 7% OTP prisadkasi mavjud bo’lgan TS-10-OTP moyi shimoliy rayonlar uchun mo’ljalangan. Arktik TSZp-9 moyini 9:1 nisbatda past haroratda qotuvchi kam qovushqoqli moy va qoldiq MS-20 moylari aralashmasiga polimer, emirilishga qarshi, korroziyaga qarshi, ko’pik hosil bo’lishiga qarshi umumiy 15% prisadkalar qo’shish bilan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |