Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi



Download 4,1 Mb.
bet42/71
Sana25.07.2021
Hajmi4,1 Mb.
#128529
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71
Bog'liq
НГКИТ китоб 2013

6.6.-§. Motor moylari

Transportlarda, qishloq xo’jaligi va boshqa mashinalarda foydalaniladigan porshenli ichki yonuv dvigatellarini moylashda motor moylari foydalaniladi. Neft moylari ishlab chiqarishda ular hajmiy ulushi 50% dan ortadi. Barcha motor moylari selektiv tozalangan bazaviy moylarga har hil funkstional prisadkalar qo’shish aralashtirish yo’li bilan olinadi. Porshenli ichki yonuv dvigatellarida (aviastiya dvigatellaridan tashqari) har xil tarkib va xossali tovar moylari qo’llaniladi. Bazaviy moylarni xarakterlovchi asosiy xossalari quyidagilar: qovushqoqligi, past haroratlarda harakatlanishi, prisadkalar va qo’shiluvchanlig.

Qishgi va yozgi motor moylari quyidagi markadagi bazaviy moylardan tayyorlanadi: M-6 (AS-6)-distillyatli; M-8 (AS-8, DS-8)-distillyatli va qoldiq moylar aralashmasi (14% dan kam emas); M-11 (DS-11)- distillyatli va qoldiq moylar aralashmasi (30% dan kam emas); M-14 (DS-14) - distillyat va qoldiq moylar aralashmasi (40% dan kam emas); M-16 (DS-16) - distillyat va qoldiq moylar aralashmasi (50% dan kam emas); M-20 – qoldiq moylar. Avtomobillar uchun selektiv tozalangan yuqori indeksli bazaviy moylardan quyidagi motor moylari tayyorlanadi: ASV-6-distillyatli; ASV-10 distilyat va qoldiq moylar aralashmasi (25% dan kam emas). Chuqur parafindan tozalangan past haroratda qotadigan ASV-5 va veretenli A4 bazaviy moylari hamma faslarda va shimolda qo’lanilishi mumkin. Juda kam miqdorda kislota kontaktli va kislota – ishqorli tozalashdan oligan moylar ishlab chiqariladi. Avtotraktor dvigatelari uchun ishlatiladigan zamonaviy motor moylarida albatta prisadkalar bo’ladi. Moylarni yuvuvchi va disperstiyalovchi xossalari, oksidlanishga qarshi, moylash va himoyalar xususiyatlari asosan ular tartibidagi prisadkalarning miqdoriga va sifatiga bog’liq. Moylarga asosan (VNIING-360, DF-11, MNIIG-22 k va boshqa) ko’p funkstional prisadkalar va prisadkalar kompozistiyasi qo’shiladi. Ta’sir qilish mexanizmi va ximiyaviy jarayoni har xil prisadkalar aralashmasidan karbyurator va dizel dvigatelarida past va yuqori haroratlarda qoldiq qolishini oldini oladigan universal ekspluatastion xossali motor moylari olinadi.

Dvigatelarda moylarni ishlash shartlarining doimiy kuchayishi va prisadkalar qo’shilgan yangi yuqori sifatli moylarni paydo bo’lishi bilan O’zbekistonda ichki yonuv dvigatellari uchun motor moylarining klassifikastiyasi ishlab chiqildi va tarqatildi. Ishlatilish sharoitlari va dvigatelarni ishlash kuchlanishlarini ortish bilan moylar 1000S dan (6 dan 20 mm2/s gacha) qovushqoqligi va boshqa xossalari bilan farqlanadigan olti (A,B,V,G,D va S) guruhlarga bo’linadi. Tovar moylari quyidagicha belgilanadi: M-8A, M-10B bu erda “M” motor moyini, “A”, “B” moy guruhini, sonlar esa 1000S dagi qovushqoqligini anglatadi. B,V,G guruhidagi moylarni ishlatilishiga bog’liq holda guruhlarga bo’linadi, 1-karbyuratorli, 2-dizel dvigatelari uchun. A,V,B va G guruhidagi moylsharni karbyuratorli va avtotraktorlarda qo’llash mumkin. D va E guruhidagi moylarni esa faqat dizel dvigatelarida qo’lash mumkin. Quyuqlashtirilgan moylarni M-43/6V, M-63/10 G deb belgilanadi, bu erda “3” indeksi moy tarkibidagi quyuqlashtiruvchi prisadka miqdorini anglatadi. Birinchi son esa moyning -180S dagi (1300 dan 2040 mm2/s) qovushqoqlik sinfini anglatadi.

M-8 B, (AS-8-selektiv tozalangan avtol) kam forsunkali korbyuratorli dvigatellarga mo’ljalangan. Uni qoldiq moyga distilyat komponentlarini aralashtirish yo’li bilan olinadi.

Karbyurator va dizel dvigatelari uchun ishlatiladigan moylarga qo’yiladigan talablar




Ko’rsatkichlar

M-8B

(AS-8)


M-43 16V, (ASZP-6)

M-10B2 (DS-11)

M-16 B2 (MT-16p)

p-20 V2

qovushqoqligi, mm2/s 1000C

8±0,5

6±0,5

11±0,5

16±0,5

20

qovushqoqligi, mm2/s 0C

1200

360

2500

6300

8000

Qovushqoqlik indeksi

85

125

83

80

85

ishqorligi, m2kon/g

-

5,5

1,5

0,8-2,2

2-6

Moyning zolligi, % prisadka bilan

0,45

1,3

0,4-0,8

0,25

0,8

Prisadkasiz

0,005

0,5

0,005

0,005

0,003

Mexanik aralashmalari miqdori, %

0,012

0,02

-

-

-

Oltingugurt miqdori, %

1

1,1

1,1

1,1

1

Ochiq titelda alangalanish harorati, 0C

200

165

200

198

210

Qotish harorati, 0C

-25

-42

-15

-30

-15

Ruh plastinkalarining korroziyasi, g/m2

5

5

5-10

8

8

Yuvish xossasi

0,5

1,5

0,5-1

1

1

Qoldiq komponent kokslanish darajasi 1% bo’lgan deasfaltizatdan oqartiruvchi tuproq va deparafinlash, fenol yordamida tozalash bilan olinadi.

M-8B1 moyini ekspluatastion asoslarini yaxshilash maqsadida unga ko’p funkstional alkilfenol prisadkasi qo’shiladi.

M-43 (6V (AS3p-6-selektiv tozalangan qovushqoqli prisadkalar qo’shilgan avtol) moyi qishgi vaqtda shimoliy rayonlardagi avtomobillarda ishlatiladi. Bazaviy moy sifatida parafinli, oltingugurtli neftlardan chuqur parafinlangan va selektiv tozalangan AU vereten moyi ishlatiladi. Tovar moyi oksidlanishni oldini oladigan, yuvuvchi, disperstiyalovchi, emirilishiga qarshi, korroziyaga qarshi prisadkalar kompozistiyasi va qovushqoqlikni yaxshilovchi polimer prisadkalar saqlagan bo’ladi.

Motor moylari uchun moylarni ishlatiladigan dvigatellari guruhi va tipiga bog’liq holda prisadkalar kompozistiyasi ishlab chiqilgan. Dizel dvigatelarida moylarni ishlash sharoiti, karbyuratorli dvigatellari ishlash sharoitidan og’irroq bo’lgani uchun dizel moylari qovushqoqligi yuqori bo’ladi. Tezyurar avtotraktor dizel dvigatelari uchun qishgi, yozgi va shimoliy quyuqroq moylar. Undan tashqari barcha faslarga mos moylar ishlab chiqariladi. Ko’pgina dizel moylari StIATIM-339, AzNI-ЦIATIM-1, MNI IG-22 k, PMS-200 A va boshqa prisadkalr saqlaydi. Bu (M-10B2, M-16B2, M-20B2) moylarni distilyat va qoldiq komponentlarni aralashtirish yoki qoldiq komponentlarga prisadkalr qo’shish yo’li bilan tayyorlanadi. Yuqori oltingugurtli yoqilg’i ishlatiladigan kemalarda ishlatiladigan dvigatelarda moylarni ishlash sharoitlarini og’irligi sababliularga 12-15% gacha prisadkalar qo’shiladi.

Porshenli aviastiya dvigatelarining ishlash sharoiti (yuqori kuchlanish va haroratda) o’ziga xosligitufayli ularda ishlatiladigan moylarga metal saqlagan prisadkalarni qo’lash man etiladi, chunki ular yonish kamerasida yonish natijasida zoli qoldiqlar yig’iladi, shuning uchun bu moylar chuqurroq tozalash talab etiladi. Bunday dvigatelar uchun har xil markadagi qovushqoqlig 1000S da 14-22 mm2/s bo’lgan MS-14, MS-20, MS-20 s va MK-22 markadagi moylar ishlab chiqariladi.

Porshenli aviastiya dvigatelari moylari asosan qoldiq neft moylaridan prisadkalar qo’shilmagan holda olinadi. Ularning xossalari quyidagi jadvalga keltirilgan.




MS-14

MS-20

MS-22

1000C dagi qovushqoqligi, mm2/s

14

20

22

500C dagi qovushqoqligi, mm2/s

-

-

-

-400C dagi qovushqoqligi, mm2/s

-

-

-

500S va 1000 C qovushqoqligi nisbati

6,55

7,85

8,75

Koklanish deramasi, %

0,45

0,30

0,70

Kislota soni, i2KON/2

0,25

0,03

0,10

Alangalanish harorati, yopiq titelda 0C

200

250

230

Qotish harorati, 0C

-30

-18

-14

Zolligi

0,003

0,003

0,004

korroziya (Pinkevich bo’yicha ruh S-2 plastinkalarida 1000S da) g/m2

60

20

2,0

MS-20s moyini MS-14 va MS-20 moylari kabi sharqiy oltingugurtli neftlardan deasfaltizotni selektiv tozalash orqali olinadi. Unda boshqa moylarga nisbatan oltingugurt miqdori 1% gacha bo’ladi. MK-22 moyini tanlab olingan neftlardan kislota-kontaktli tozalash orqali tayyorlanadi.




Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish