Neft va gaz mahsulotlarini tashish va saqlash texnologiyasi


Rezervuarlarni joriy va o'rta ta'mirlash



Download 10,71 Mb.
bet28/54
Sana15.04.2022
Hajmi10,71 Mb.
#553212
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54
Bog'liq
Neft va gazni tashish va saqlash texnologiyasi O\'QUV QO\'LLANMA

Rezervuarlarni joriy va o'rta ta'mirlash
Rezervuarlarni joriy ta'mirlash, mahsulotlarni to'kmasdan kamida har olti oyda bir marta bajariladi. Bunda rezervuarning texnik holati hamda qopqog'i va korpusida o'rnatilgan barcha jihozlar tekshiriladi va aniqlangan nosozliklar tezlikda bartaraf etiladi.
Rezervuarlarni o'rta ta'mirlash kamida ikki yilda bir marta amalga oshiriladi. O'rta ta'mirlashda bajariladigan barcha ishlar: rezervuardan mahsulotlarni to'kib olish; rezervuarlar ichini tozalash; gazsizlantirish yoki is gazi bilan ishlangandan keyin bajariladi. Ta'mirlash ishlarini qanday usul bilan bajarishdan qat'iy nazar, rezervuar tag yuzasining kamida 8 ta nuqtasidagi holati aniqlanadi, ya'ni past va baland joylari. Bular orqali rezervuar asosining cho'kkan yoki ko'tarilgan joylarining holati belgilanadi. Ta'mirlash ishlari bir nechta usullar yordamida bajarilishi mumkin. Ulardan biri o'rta ta'mirlash ishi quyidagicha amalga oshiriladi: rezervuardagi mahsulot to'kiladi; tozalanadi va gazsizlantiriladi; ichki va tashqi yuzalari korroziya mahsulot -laridan tozalanadi; rezervuarni korpusi, tagi va qopqog'ining texnik holati tekshiriladi; korroziya jarohati to'ldiriladi; payvand choklari tekshiriladi; o'rnatilgan hamma jihozlar tekshiriladi va ta'mirlanadi; bo'yaladi va rezervuarning mahkamligi va zichligi sinaladi.
Rezervuarni gaz bilan to'ldirib, ta'mirlash usuli oldingi usulga o'xshash bo'lib, bunda rezervuarni tozalash gazsizlantirish, ichki jihozlarini tekshirish, tag yuzasini tekshirish va ta'mirlash ishlari bajarilmaydi. Is gazini rezervuar ichiga haydashdan oldin, rezervuarning nafas oluvchi armaturasi, ko'pik oqizadigan va boshqa quvurlari berkitiladi. Rezervuar ichidagi havo-mahsulot bug'i aralashmasini tashqariga chiqib ketishini ta'minlash uchun O'lchash va yorug'lik lyuklari (mo'rkanlari) ochiladi. Keyin harorati 35—40°C bo'lgan is gazi filtrlanib, ma'lum bir past bosimda rezervuar ichiga haydaladi. Rezervuar ichidagi havo aralashmasi tarkibida is gazining miqdori 10 foizga yetganda va kislorodning miqdori 5 foizgacha kamayganda, rezervuar ichiga is gazni haydash to'xtatiladi va yorug'lik hamda o'lchash lyuklari . Zich qilib berkitiladi. Keyin 2 soat davomida is gazi ta'sirida bo'lgan rezervuarning zichligi tekshiriladi va havo aralashmasining tarkibi aniqlanadi. Agar aralashmaning konsentratsiyasi o'zgar-masa, ya'ni yuqorida ko'rsatilgan darajada bo'lsa, rezervuarning zichligi qoniqarli deb qabul qilinadi. Agar aralashma tarkibidagi is gazi va kislorod konsentratsiyasining o'zgarishi (me'yorga nisbatan) 0,5 foizdan ortiq bo'lsa, rezervuarning zich bo'lmagan joylari aniqlanadi va ta'mirlanadi.

Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish