Neft va gaz mahsulotlarini tashish va saqlash texnologiyasi


Yonilg‘i tarqatish jo‘mragi



Download 10,71 Mb.
bet25/54
Sana15.04.2022
Hajmi10,71 Mb.
#553212
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54
Bog'liq
Neft va gazni tashish va saqlash texnologiyasi O\'QUV QO\'LLANMA

Yonilg‘i tarqatish jo‘mragi:
1 – korpus; 2 – naycha; 3 – richag; 4 – halqa; 5 – shtok; 6–7 – prujinalar; 8 – klapan; 9 – klapan egari; 10 – qistirma-zichlagich; 11 – maxsus gayka; 12 – korpus; 13 – shlang;
14 – sim; 15 – tirkama; 16 – fiksator; 17 – dastak.
Yonilg‘ini bakga quyish jarayonidagi bug‘ orqali yo‘qotishlarni
kamaytirish uchun ekologik toza jo‘mrakdan ham foydalaniladi.
Bunday zamonaviy jo‘mraklarda bakdan chiquvchi yonilg‘i bug‘lari
alohida kanal orqali shlang ichidan borib so‘riladi va bug‘larni
yig‘uvchi moslamada suyuq holga qaytib sig‘imlarga qayta quyiladi.

Sinov savollari:


1. Yoqilg’I tarqatish kolonkalari qanday funksiyalarni bajaradi?
2. Yonilg‘i tarqatish kolonkalarining tasniflanishini tushuntiring?
3. Yonilg‘i tarqatish kolonkasini ishlash prinsipini tushuntiring?
4. Yonilg‘i tarqatish kolonkasinini nasosi tuzilishi qanday?

9-Mavzu: Nеft mahsulotlarini taqsimlash uskunalariga tеxnik xizmat ko’rsatish va ta'mirlash
Mаvzu rejasi:

  1. Jihozlarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash bo'yicha ma'lumotlar

  2. Neft ombori jihozlarini ta'mirlash turlari va mazmuni

  3. Nasos qismlarini bo’laklarga ajratish.

Jihozlarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash bo'yicha ma'lumotlar
Texnik xizmat ko'rsatish — jihozlarni ishlatish jarayonida, ularning ish qobiliyatini saqlash (tiklash bo'yicha bajariladigan kompleks operatsiyalar).
Texnik xizmat ko'rsatish davri — bir turdagi ikki xizmat ko'rsatish o'rtasidagi vaqt.
Texnik xizmat ko'rsatish muddati (davom etishi) — bitta xizmat ko'rsatishda hamma operatsiyalami bajarish uchun sarflanadigan vaqtlarni o'z ichiga olgan kalendar vaqt. Operatsiyalami bajarishga sarflanadigan vaqt jihozlar konstruksiyasiga, turiga va holatiga qarab aniqlanadi.
Texnik xizmat qiyinligi — jihozga bir marta xizmat ko'rsa-tishidagi hamma operatsiyalami bajarish uchun sarflanadigan mehnat (ishchi kuchi).
Ta'mirlash — tegishli jihoz, qurilma yoki uning tarkibiy qismining ish qobiliyatini va resursini tiklash bo'yicha bajariladigan kompleks operasiyalar.
Resurs — jihozlarning, qurilmalarning kafolatli ishlash muddati (bir ta'mirlash bilan ikkinchi ta'mirlash o'rtasidagi vaqt).
Ta'mirlash davri — bir ta'mirlash bilan ikkinchi ta'mirlash o'rtasidagi vaqt.
Ta'mirlash qiyinligi — tegishli ko'rinishdagi ta'mirlashni bir marta bajarishda sarflanadigan mehnat (19-jadval).
Texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashning asosiy vazifasi neft omborlari tizimida ishlatiladigan barcha qabul qiluvchi – tarqatuvchi qurilmalarni, jihozlarni, asbob-uskunalarni va texnologik quvurlarning ish qobiliyatini va tashqi ko'rinishlarini t saqlab-tiklab turishdan iborat.
19-jadval
Texnologik nasoslarni ta'mirlash qiyinligi

Jihozlar nomi, turi, markasi va texnik ko'rsatkichi

Ta'mirlash qiyinligi, odam/soat

Kapital (k)

O'rta (s)

Joriy (t)

Markazdan qochirma nasoslar

6HDBX Sarf 216-360 m3/soat Bosimi 35—54 m

13

11

7

6HDB Sarf 216-360 m3/soat Bosimi 33—49 m

13

11

7

10D-6 Sarf 600 m3/soat Bosimi 70 m

24

20

12

D-320/50 Sarf 320m3/soat (6NDV-60) Bosimi 50 m

66

52

33

12HA-9x4Sarf85m3/soat Bosimi 80 m

55

44

28

12HA-22x6 Sarf 170 m3/soat Bosimi 80 m

55

44

28

20HA-22x3 Sarf 800 m3/soat Bosimi 110 m

99

79

50

ACBH-80 Sarf 30 m3/soat Bosimi 28 m

13

11

7

ACHB-80 Sarf 30 m3/soat (SVN-80V) Bosimi 28 m










P-6/40 Sarf 6 m3/soat Bosimi 40 kg/sm2

66

54

33

P-16/40 Sarf 16m3/soat Bosimi 40 kg/sm2

66

54

33

D-400 Sarf 0,7 m3/soat Bosimi 400 kg/sm2

50

40

25

DK-400 Sarf 0,7 m3/soat Bosimi 400 kg/sm2

50

40

25

C-245 Sarf 120 m3/soat Bosimi 30 m

6

6

4

TK-3 Sarf 60 m3/soat Bosimi 15—20 m

23

18

12



Neft ombori jihozlarini ta'mirlash turlari va mazmuni
Jihozlarni ta'mirlash rejali va rejasiz (avariya sodir bo'lganda) turlarga bo'linadi.
Rejali ta'mirlash — qabul qilingan nizomga ko'ra, ya'ni texnologik jihozlarni rejali-ogohlantirish (oldini olish) ta'mirlash (PPR) bo'yicha amalga oshiriladi. PPR tizimi — jihozlarni uzoq muddat davomida ishlatishni ta'minlash bo'yicha oldindan tuzilgan rejali ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish. Uning mazmuni shundan iboratki, har bir jihoz belgilangan soat davomida ishlagandan so'ng texnik holatidan qat'iy nazar, unga rejalashtirilgan ma'lum ko'rinishdagi xizmat ko'rsatilishi kerak. Masalan, ko'zdan kechirish yoki joriy, o'rta va kapital ta'mirlashlar.
Ta'mirlash siklining strukturasi, ta'mirlash turlari va ikki kapital ta'mirlashlar o'rtasidagi vaqt davomida yoki ishga tushurishdan boshlab toki birinchi kapital ta'mirlashgacha bo'lgan davrda, jihozlarni ta'mirlanish ketma-ketligi orqali aniqlanadi (20-jadval). Ta'mirlash siklining vaqti (davom etishi) navbatdagi ikki kapital ta'mirlashlar o'rtasidagi yoki ishga tushurishdan boshlab toki birinchi kapital ta'mirlashgacha bo'lgan vaqt.
20-jadval
Neft mahsulotlarini haydovchi nasoslarning ikki ta'mirlash o'rtasidagi ishlash vaqti me'yorlari

Jihoz

Ta'mirlash
siklining
strukturasi

Ta'mirlashlar o'rtasidagi ishlash vaqti (soat)

Joriy (t)

O'rta (s)

Kapital (k)

Harorati — 30° С dan 200° С gacha bo'lgan neft mahsulotlarni haydovchi markazdan qochirma nasoslar

6T, 2C, К

2160+3960

4320-H11880

29520+35640

Harorati 400° С gacha bo'lgan neft mahsulot­larini haydovchi markaz­dan qochirma nasoslar

16T, 7C, К

11404-2880

4320+8640

25920+ 34560

O'lchamlari 0,1 mm gacha bo'lgan yemirili-shini hosil qilmaydigan 0,5 % qo'shimchasi bo'lgan neft mahsulot-larini (uglevodorodlami) haydovchi markazdan qochirma nasoslar

ЗТ, 2С, К

720H-2160

4320-8640

8640-25920

Harorati 80° С bo'lgan ishqor bilan haydala-digan neft mahsulotlarini haydovchi markazdan qochirma nasoslar




720-1440

2160-4320

8640-25920

Qovushqoqligi 36 est. gacha bo'lgan uglevodo­rodlami haydovchi porshenli nasoslar




720-2160

4320-5760

8640-25920

Surkovchi moy, o'choq yoqilg'isi va boshqa neytral suyuqlikni hay­dovchi tishli va vintli nasoslar




1440-4320

8640- 17280

25920-51840

Harorati 200° С gacha bo'lgan agressiv neft mahsulotlarini hayday-digan markazdan qochirma nasoslar

4T, ЗС, К

1980-2340

3960-4680

15840-18720

Kondensat haydovchi markazdan qochirma nasoslar

ЗТ, 2С, К

5400-5940

10800-11880

32400-35640

Vakuum nasoslari

6T, С, К

1980-2340

7920-9360

15840-18720

Harorati 200° С gacha bo'lgan neytral (zararsiz) neft mahsulotlarini haydovchi bug' nasoslar

12Т, ЗС, К

1980-2340

7920-9360

31680-37440

Harorati 200° С gacha bo'lgan agressiv neft mahsulotlarini haydovchi bug' nasoslar

ЮТ, 4С, К

1080-1260

3240 3780

16200 18900

— Bu 200° С dan yuqori haroratda

12T, 5C, К

1980-1260

7920-2700

12960-16200

Harorati 200° С gacha bo'lgan zararsiz (neytral) neft mahsulotlarini haydovchi porshenli elektrodvigatelli nasoslar

9T, 2C, К

1440-1800

5760-7200

17280-21600

Harorati 200° С bo'lgan agressiv neft mahsulot­larini haydovchi elektro-dvigatel porshenli nasoslar

8T, ЗС, К

1440-П620

5760-6480

17280-19440



Jihozlarni jarohatlanish darajasiga va ularning yemirilishiga hamda bajariladigan ishlarning qiyinligiga ko'ra, ta'mirlashlar: joriy, o'rta va kapital ta'mirlash turlariga bo'linadi.
Joriy ta'mirlash — texnologik jihozlar va ularning elementlarining kafolatli ish qobiliyatini tiklash. Bunda texnologik jihozlar, qurilmalar va asbob-uskunalarning keyingi rejali ta'mirlashgacha bo'lgan vaqtda mahkamligi va boshqa ko'rsatkichlari bo'yicha javob bera olmaydigan ayrim detallari ta'mirlanadi yoki almashtiriladi.
O'rta ta'mirlash — jihozlarning ish holatida bo'lishini, ya'ni ularning resursini tiklash uchun (to keyingi o'rta yoki kapital ta'mirlashgacha) bajariladigan ish. Bunda jihozning ma'lum tarkibiy qismini (kam va o'rta mahkamlikka ega bo'lgan) ta'mirlash yoki almashtirish ishlari bajariladi.
O'rta ta'mirlashdan keyin jihozlar va ularning tarkibiga kiruvchi kompleks detallarning ish qobiliyati tiklanadi va keyingi rejali o'rta ta'mirlashgacha talab qilingan me'yorda ishlaydi.
O'rta ta'mirlash joriy ta'mirlashda bajariladigan kompleks operatsiyalarni ham o'z ichiga oladi. Texnologik jihozlarni o'rta ta'mirlashda ularning ayrim detallarini (tegishli jihozning ajralmas qismini) kapital ta'mirlash davrida zamonaviylashtirishga ruxsat beriladi.
Kapital ta'mirlash — jihozlarning to'la ish holatini va resursini tiklash uchun bajariladigan ish. Bunda texnologik jihozning istalgan qismini, shu bilan bir qatorda, o'zini almashtirish yoki tiklash ishlari bajariladi.
Kapital ta'mirlash jihozning ish qobiliyatining keyingi kapital ta'mirlashgacha bo'lgan davrda talab qilingan me'yorda bo'lishi ta'minlaydi. Shu jumladan:

  • o'rtacha mahkamlik ko'rsatkichi kichik bo'lgan jihoz detal-lari va yig'ma bo'laklarini keyingi joriy ta'mirlashgacha;

  • mahkamlik ko'rsatkichi o'rtacha bo'lgan jihoz detallari va yig'ma bo'laklarini keyingi o'rta ta'mirlashgacha;

  • mahkamlik ko'rsatkichi yuqori bo'lgan jihoz detallari va yig'ma bo'laklarini keyingi kapital ta'mirlashgacha va h.k.

Kapital ta'mirlash joriy va o'rta ta'mirlashlarda bajariladigan barcha ishlarni o'z ichiga oladi.
Kapital ta'mirlashda texnologik qurilmalarning ayrim jihozlarini (iqtisodiy talablarga javob beraolmaydigan) zamonaviylashtiriladi. Jihozlarni (nasos va rezervuarlarni) rejali ta'mirlash o'rtasida ishlash vaqtlari, ya'ni ta'mirlash oralig'i 20-va 21-jadvallarda keltirilgan.
Kapital ta'mirlashlar oralig'i ta'mirlash sikli deb ataladi, ya'ni u kapital ta'mirlashlar o'rtasida amalga oshiriladigan joriy va o'rta ta'mirlashlar sonini ko'rsatadi.

Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish