Neft va gaz mahsulotlarini tashish va saqlash texnologiyasi


Rezervuarlarning rejali — oldini olish ta'mirlash ishlarini tashkil qilish



Download 10,71 Mb.
bet27/54
Sana15.04.2022
Hajmi10,71 Mb.
#553212
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54
Bog'liq
Neft va gazni tashish va saqlash texnologiyasi O\'QUV QO\'LLANMA

Rezervuarlarning rejali — oldini olish ta'mirlash ishlarini tashkil qilish
Rezervuarlarning texnik ish holatini saqlab turish uchun rejali-oldini oUsh ta'mirlash ishlari bajariladi. Bunda, ularga va ularning jihozlariga joriy, o'rta va kapital ta'mirlash xizmatlari ko'rsatiladi.
Ta'mirlash ishlari, rezervuarlar saroyining ish sharoitini va rezer-vuarlarning texnik holatlarini hisobga olinib, tuzilgan grafik asosida amalga oshiriladi. Masalan, har bir haydovchi stansiya uchun ta'mirlash grafigi bir yilga mo'ljallab tayyorlanadi (ishlab chiqiladi) va uni neft quvurlari boshqarmasi bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi.
Kapital ta'mirlash grafigini tuzishda, bajariladigan barcha ishlarni qisqa vaqt davomida amalga oshirish ko'zda tutiladi. Ta'mirlash muddatini kamaytirish uchun kerakli materiallar va jihozlarni oldindan tayyorlab qo'yish kerak bo'ladi.
Rezervuarlarni ta'mirlashda ular korpusining ichki va tashqi payvand choklari va korpus metalini qopqoq va tag yuzasi bilan birlashtiruvchi payvand choklari diqqat bilan tekshirilib, bajari­ladigan ish hajmi belgilanadi. Rezervuarlar hajmi 2000 m3 dan katta bo'lganda, birlashtiruvchi payvand choklarining sifatini yorug'lik nurlari (rentgen) yoki magnetografiya usullari yordamida aniqlanadi.
Hamma ulangan payvand choklari rasmga olinadi va choklar orqali yorug'lik nuri o'tkazilib, ulardagi nuqsonlar aniqlanadi. Tekshirishlar natijasiga ko'ra payvand choklari bo'yicha akt tuziladi. Komissiya akt asosida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish to'g'risidagi o'z xulosasini bayon etadi. Aniqlangan nuqsonlar qaydnomasi tuziladi va qaydnomaga ko'ra ta'mirlash ishlarini bajarishdagi xarajatlar smetasi tuziladi.
Rezervuarlarni ta'mirlashdagi asosiy ishlardan biri payvandlash bo'lib, uning sifati rezervuarlarning mahkamligini belgilaydi. Shunga ko'ra, payvand ishlarini bajarishga davlat texnika nazorati inspeksiyasi tomonidan beriladigan guvohnomasi bo'lgan, yuqori malakali payvandchi shaxsga ruxsat etiladi.
Ta'mirlashdan oldin, rezervuar ichidagi neft yoki uning mahsuloti to'kib olinadi va mahsulotning rezervuarga oqib kelishi to'xtatiladi. Rezervuarning ichki yuzasi shamol va suv bug'i bilan ishlanadi va havo tarkibi tahlil qilinadi. Tayyorgarlik ishlari va yong'inga qarshi tadbirlar amalga oshirilganidan so'ng, komissiya payvand ishlarini bajarishga ruxsat beradi. Olov ishlarini olib borilayotgan rezervuar bilan ishlatilayotgan rezervuarlar orasidagi masofa 20 metrdan kam bo'lmasligi kerak va h.k.

Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish