Neft va gaz konlari mashina va jihozlari



Download 11,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/272
Sana31.12.2021
Hajmi11,62 Mb.
#230796
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   272
Bog'liq
2 5276009492230703006

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
181 
XVIII ma’ruza. NEFT VA GAZDAN FOYDALANISH       
Reja:   
18.1.  Neftni qayta ishlashni rivojlantirish tarixi 
18.2. Neftni qayta ishlash jarayonida olinadigan mahsulotlar 
18.3. Neftni qayta ishlashning asosiy bosqichlari 
 
Tayanch  iboralar:  favvora-favvora,  klapan,  shtuser,  paker,  favvora  –
mexanizatsiya, nasos-mexanizatsiY. 
 
Foydalanilgan adabiyot: 
 1.  T.R.Yuldashev,    X.Q.  Eshkabilov.  “Neft  va  gaz  konlari  mashina  va 
mexanizmlari”  Qarshi.:  Qashqadaryo  kо‘zgusi  OAV  nashriyoti.  –Darslik-
2015 yil. 
2.  T.R.Yuldashev.  “Neft  va  gaz  konlari  mashina  va  jihozlari”  Qarshi.: 
Uslubiy qо‘llanma. Qarshi -2015 yil 
 
18.1.  Neftni qayta ishlashni rivojlantirish tarixi 
 
Neftni qayta haydab ishlash jarayoni eramizning boshlarida ma’lum bo‘lgan. 
Bunda  neftdagi  yoqimsiz  hidlar  yo‘qotilgan,  undan  davolashda  dori  sifatida 
foydalanilgan.  Kichik  miqdordagi  neft  kolballarga,  katta  miqdori  esa  sig‘imlarga 
haydalgan. 
Rossiya  davlatining  Arxangel  shahri  savdogari  Fyodar  Pryadunov  1745 
yilda Uxta daryosida jahonda birinchi neftni haydaydigan zavodni qurgan. Buning 
uchun u delta daraxtining smolasidan olingan skinidorani,
 
konifolni olishda hajmli 
qurilmani  qo‘llagan  (smolani  chekishga  haydash  Rossiyada  XII-XIII  asrlarda 
ma’lum bo‘lgan). 
Mozdak yaqinida smolo chekuvchi dehqon ustalari aka-uka Dubininlar 1828 
yilda neftni haydash qurilmasini qurganlar. Neftni haydash qurilmasi mis qopqoqli 
temir hajmdan va suvoqli pechkadan tashkil topgan. Hajmning qopqoqidan trubka 
chiqarilib bochkadagi suv orqali o‘tkazilgan. Neft qizdirilgandan so‘ng bug‘ ajralib 
chiqadi,  suvda  sovutiladi  va  kondensatsiya  bo‘ladi.  Bu  suyuqlik  qorayishni 
boshlashi  bilan  yoqilg‘i  uchirilgan,  hajmdagi  quyuq  qoldiq  mazut  tashlab 
yuborilgan,  40  chelak  neftdan  16  chelak  fotogen  (kerosinning  anologi)  olingan. 
Mazut  yigirma  chelak  hajm  qo‘rinishida  qolgan,  to‘rt  chelak  esa  haydash 
jarayonida qurum qo‘rinishida yo‘qotilgan. 
Neftni  qayta  haydash  zavodlari  XIX  asrning  40-chi  yillarida  boshqa 
davlatlarda  ham  paydo  bo‘lgan.  Buyuk  Britaniya  davlatida  1848  yilda  Dj.  Yung 
zavodida  neft  qayta  ishlana  boshlangan.  Pensilvaniyada  (AQSh)  1849  yilda  S.Kir 
neftni  qayta  ishlaydigan  zavod  qurgan.  Fransiyada  birinchi  marta  neftni 
haydaydigan zavod 1854 yilda Elzasda A.Girn tomonidan qurilgan. Germaniyada, 
Polshada  va Ruminiyada XIX asrning 50  yillarida  neftni qayta  ishlaydigan sanoat 
qaytadan tug‘ilgan.    
Rossiyada birinchi neftni qayta ishlaydigan yirik zavod Baku rayonida barpo 
etilgan:  Kokorev  V.A  va  Gubonik  P.I.ning  zavodi  (1860  y),  D.Melikov  (1863). 


 
182 
Bundan tashqari kichik zavodlar 1860 yilda Bakuda ular 30 ta, 1870-chi yillarda 70 
tadan oshib ketdi. 
 Grozniyda I.M.Mirzayev tomonidan 1865 yilda, A.N.Novosilsov tomonidan 
1868  yilda  Tamanski  yarim  orolida  yirik  neftni  haydaydigan  zavod  ishga 
tushirilgan va shu tuman to‘liq kerosin bilan ta’minlangan. 
Farg‘ona  vodiysidagi  birinchi  tadbirkor  D.P.Petrov  tomonidan  1885  yilda 
SHo‘r  suv  neft  uchastkasida  har  kuni  400-500  kg.gacha  neft  qazib  olingan  va 
kerosin  ajratib  oladigan  kichkina  zavod  qurilgan.  Shuning  natijasida  Farg‘ona 
vodiyida  Xo‘jaobod,  Andijon,  Polvontosh,  Janubiy  Olamushuk  va  shunday  bir 
nechta konlar ochilgan va ishga tushirilgan. 
Rossiyada  XIX  asrning  70  yillarining  boshida  boshqa  bir  nechta  fotogenli 
(kerosinli) zavodlar faoliyat ko‘rsata boshlagan: Odessada – 4 ta, Xersonda – 1 ta, 
Kerchida  –  3  ta.  Ular  yordamida  Kavkazdan  va  Moldaviyadan  chiqadigan  neft 
qayta ishlangan. 
Neftni  qayta  haydash  ishlari  takomillashtirilgan.  Agar  dastlabki  bosqichda 
hajmlarga  davriy  ta’sir  etish  orqali  ishlab  chiqarilgan  bo‘lsa,  keyinchalik  talabga 
javob bermay qolgan. Bunday texnologiyada neftni fraksiyalarga ishonchli ajralishi 
ta’minlanmagan,  fraksiyalarning  oralig‘idagi  haroratning  chegarasi  ko‘zda 
aniqlangan. 
Keyinchalik  hajmli  qurilmalar  bir-biri  bilan  birlashtirilgan  kublarning 
jamlanmasi–hajmli  batareyalarga  aylantirilgan  hamda  ular  aniq  neft  fraksiyalarini 
olish  uchun  xizmat  qilgan.  XIX  asrning  oxirida  to‘xtovsiz  ishlaydigan  hajmli 
batareyalar  ishlangan.  Ularda  issiqlikni  regeneratsiya  qilish  prinsipidan 
foydalanilgan:  olinadigan  issiq  neftning  fraksiyasi  qayta  ishlashga  kirib  kelgan 
neftga o‘zining issiqligini bergan. Buning evaziga qurilmaning unumdorligi keskin 
kuchaygan.  Bu  qurilma  1886  yilda  V.G.Shuxov  va  F.I.Inchik  tomonidan  taklif 
qilingan,  kuniga  27  marta  ko‘p  neftni  qayta  haydashga  erishilgan,  xuddi  shunday 
ko‘rsatgich  hajmida  –  1,5  ga,  hajmli  batareyalarda  –  4  ga  teng.  XIX  asrda  neftni 
qayta ishlash natijasida asosan kerosin olingan. 
Boshlang‘ich  davrda  tovar  kerosinining  asosiy  tavsiflariga  solishtirma 
og‘irligi  (0,78-0,85  t/m
3
),  qaynash  harorati  oralig‘i  (170-320 
o
S)  va  uning  rangi 
kirgan.  Neftdan  kerosin  fraksiyasini  chiqishi    nisbatan  uncha  katta  bo‘lmaganligi 
(baku  neftidan  25-30  %)  uchun  neft  sanoatchilari  solishtirma  og‘irligi  kerosinga 
o‘xshash  yengil  suyuqlik  va  og‘ir  fraksiyalarni  aralashtirgan  hamda  qo‘shimcha 
hajmlarni  olishga  kirishganlar.  Bunday  mahsulotdan  chiroqlarda  foydalanilgan, 
ko‘pincha  portlash  sodir  bo‘lgan.  Shuning  uchun  kerosinni  xavfsiz  yoritishda 
foydalanishning  yaroqliligi  chaqnash  haroratiga  (suyuqlikning  ustidagi  yuzada 
bug‘larni  alangalanishi)  va  alangalanish  haroratiga  (suqlikni  yonish)  qarab 
aniqlaganlar. 
Neftni  qayta  ishlashni  boshqa  usullari  rivojlangan.  D.I.Mendeleyevning 
maslahatiga  asosan  1879  yilda  Yaroslavlning  yaqinida  jahonda  birinchi  bo‘lib, 
mazutdan surkov  moylari oladigan zavod  qurilgan.  V.G.Shuxov  va  S.Gavrilovlar 
tomonidan 1891 yilda og‘ir uglevodorodlarni yuqori harorat va bosimda parchalash 
yo‘li  bilan  yengil  uglevodorodlarni  olish  ixtiro  qilingan.  Bunday  jarayon  kreking 
nomini olgan. 


 
183 
V.G.Shuxov  muhandis  M.A.Kotelyunikov  bilan  hamkorlikda  kreking 
qurilmasining turboburini ixtiro qilganlar. 

Download 11,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish