Neft va gaz konlari mashina va jihozlari


-rasm. Dengizda burg‘ilash asoslarining turlar



Download 11,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/272
Sana31.12.2021
Hajmi11,62 Mb.
#230796
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   272
Bog'liq
2 5276009492230703006

 
17.5-rasm. Dengizda burg‘ilash asoslarining turlar
 
Qurilma  ko‘tarilgan  tayanchlari    bilan  birgalikda  (16.5-rasm,  v)  tirkama 
yordamida  burg‘ilash  joyiga  olib  kelinadi.  Platformadan  gidravlik  ko‘targichlar 
yordamida tayanchlar dengizning tubiga tushiriladi. Tayanchlar dengiz tubiga yetib 
borgandan  so‘ng,  platforma  suv  ustidan  kerakli  balandlikgacha  ko‘tariladi,      eng 
baland to‘lqinning shtormalarini suvi  ham uni ko‘ma olmaydi.  
Bunday  qurilmaning  inshootlari  90-100  metr  chuqurlikdagi  suvlarda 
o‘rnatilganda tayanchning mustahkamligini va inshootning chidamligini ta’minlash 
qiyin bo‘ladi.  
Dengizdagi  chuqurlik  300  metrgacha  bo‘lganda  o‘zi  yuradigan  va  o‘zi 
yurmaydigan  kemalarga  montaj  qilingan  suzuvchi  burg‘ilash  qurilmalari 
qo‘llaniladi. (16.5-rasm, d).  
Bunday  burg‘ilash  qurilmasi  boshqa  turlarga  nisbatan  arzon,  mobilli  lekin 
yon  tomonlari  va  yon  tomondan  tebranish  kuchli  ta’sir  qiladi,  keskin  obi-havo 
sharoitida burg‘ilash ishlarini olib borishning imkoniyati bo‘lmaydi.  
Bu  qurilmani  quduqning  ustida  ushlab  turish  to‘rtta  –  oltita  yakorlar 
yordamida  amalga  oshiriladi.  Dengizdagi  suvning  chuqurligi  200  metr  bo‘lganda 


 
179 
yakor zanjirining uzunligi 1500 metrga yetadi va quduqning o‘rnatilganligini qayd 
qilish qiyin bo‘ladi.  
Katta  chuqurlikdagi  yakorlarni  qo‘llash  samarasiz  bo‘lganda  dinamik 
barqarorlashtiruvchi qurilmalar qo‘llaniladi va uning qo‘zg‘almaslik holati aniq bir 
chegaralarda  egarli  vintlarning  tizimi  yordamida  ta’minlanadi.  Bunday 
barqarorlashtiruvchi  qurilmaga  Fransiyaning  “Pelikan”  kemasi  mansub  bo‘lib,  u 
nisbatan tinch suvlarda burg‘ilash ishlarini olib borishga mo‘ljallangan.  
Dinamik boshqarish tizimi oltita egarli vintlardan tashkil topgan: bosh egarli 
vint,  burunli  qismida  uchta  buruvchi  qurilmali  va  ikkita  –  kemaning  cho‘ntakli 
qismida  yetarli  vintlar  kuzatuvchi  tizimlar  yordamida  ishga  qo‘shiladi,  asboblar 
yordamida  yo‘naltiriladi  va  dengizning  tubiga  tushiriladi.  Kemaning  har  qanday 
harakati  qo‘zg‘almaydigan  yo‘nalishga  nisbatan  zudlik  tizimda  qayd  qilinadi  va 
dvigatelning  nasoslariga  mos  bo‘lgan  signallarni  uzatadi  va  uning  yordamida 
joyiga qaytadi.  
Yon tarafdan tebranishlarni kamaytirish uchun suyuqlik sirti erkin tebranish 
uchun tinchlantiruvchi sisternalar o‘rnatiladi.  
Shtormali  kengliklar  uchun  yarim  yuklangan  “Diposemi”  o‘zi  yuradigan 
qurilma  qo‘llaniladi  va  dinamik  barqarorlashtirilgan  (17.5-rasm,  f)  u  aylanali 
shaklga ega bo‘lib, uchta pontonni tinch holatda ushlab turadi. Pontonlarga montaj 
qilingan  elektr  dvigatellar  maxsus  nasadkalarga  o‘rnatilgan  egarli  vintlarni 
aylantiradi va 360
0
 gacha burilishi mumkin.  
Shamolning  yo‘nalishini  va  kuchini  hisobga  olib  vintlarning  ishi  EHM 
yordamida  kerakli  tomonga  boshqariladi.  O‘rnatilish  massasi  9  ming  tonna, 
ko‘ndalangiga  122  m,  balandligi  46  m,  to‘lqinning  balandligi  10  metr  bo‘lganda 
borti  va  yon  tomondan tebranishi 2
0
  ni  tashkil qiladi, tiklik bo‘yicha  u 1,4  metrga 
siljiydi.  Qurilmani  dengizning  chuqurligi  1000  metrgacha  bo‘lganda  burg‘ilashda 
qo‘llash  mumkin.  Burg‘ilash  ishlari  ananaviy  usulda  –  burg‘ilashlarda,  burg‘ilash 
birikmasi  yordamida  olib  boriladi.  Dengizning  tubigacha  suvni  bekituvchi 
mustahkamlash quvurining birikmasi tushiriladi.      Burg‘ilash qurilmasini to‘lqin, 
shamol,  suv  osti  oqimlarining  ta’sirida  burg‘ilash  tizmasi  bilan  quduqni  bir  o‘qda 
yotishini va burg‘iga beriladigan kerakli yukni ushlab turishda qiyinchiliklar paydo 
bo‘ladi. 
 

Download 11,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish