Neft va gaz konlari mashina va jihozlari



Download 11,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/272
Sana31.12.2021
Hajmi11,62 Mb.
#230796
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   272
Bog'liq
2 5276009492230703006

                            


 
173 
17.2.  Dengizdan neft qazib olish jarayonlari 
 
Dengizdagi  neft  konlaridagi  mahsuldor  qatlamning  bosimini  ushlab  turgan 
holda  favvora  usulida  qazib  olish  amalga  oshiriladi,  keyinchalik  esa  gazlift  yoki 
mexanizatsiyalashgan  boshqa  usullarda  neft  qazib  olinadi.  Qazib  olinadigan 
neftning tarkibidagi yo‘ldosh gazlardan quduqlarni gazlift siklida ishlatishda ichki 
energiyaning  istemoli  sifatida  foydalaniladi.  Gaz  konlari  suv  osti  gaz  uzatmalari 
orqali  qirg‘oqda  joylashgan  istemolchilarga  ulanadi.  Quruqliklardagi  konlarni 
dengizdagi  neft  konlaridan  farqi  asosiy  (quduq  osti  jihozlarini)  va  dengizdagi 
neftgazkonlarini  gidrotexnik  inshootlariga  (suniy  orollarda,  ko‘tarma  to‘sinlarda, 
estakadalarda barqaror platformalarda) eng so‘nggi holatda  quduqning ustki qismi 
suvning  sathidan  pastda  joylashadi.  Dengizdagi  neft  konlarining  texnologik 
sxemalari  dengizning  chuqurligiga,  muzlarni  paydo  bo‘lish  ehtimolligiga, 
to‘lqinning balandligiga, shamolning tezligiga va boshqa tabiiy iqlimiy sharoitlarga 
hamda  qazib  olinadigan  flyuidlarning  fizik-kimyoviy  tavsiflariga,  uyumlarning 
zaxirasiga,  quduqlarning  debitiga  va  boshqalarga  bog‘liq  bo‘ladi.  Dengizning 
chuqurligi  25-30  m  bo‘lganda  neft  konlari  tabiiy  dengizlarda  va  ko‘tarma 
to‘sinlarda  (5-10  metrgacha),  estakadalarda  va  boshqa  qoziqli  konstruksiyali 
inshootlarda joylashtiriladi.  
 
 
17.3-rasm. Dengizda quduqlarni burg‘ilash va neft qazib olish 
 
Agarda  chuqurlik  25-30  metrdan  katta  bo‘lganda  dengizdagi    konlarni 
qurishda  barqaror  platformalar  qo‘llaniladi.  Ularning  tayanch  qismi  va  palubalari 
metalldan  yoki  temir  betondan  tashkil  topgan,    quduqning  ustiga  kon  jihozlari 
joylashtiriladi.  


 
174 
Suvning  chuqurligi  60-80  metr  bo‘lganda  yakka  funksiyali  platformalardan 
foydalaniladi.  Platformalarga  qazib  oluvchi  quduqlar  yoki  texnologik  jihozlar 
(mahsulotni yig‘ish yoki tayyorlash uchun), energetik obyektlar joylashtiriladi.  
Kompressor  stansiyalari,    yashash  binolari  bilan  birgalikda,  chuqurlikka 
o‘rnatiladigan  suvli  platformalar  (chuqurligi  80  metrdan  yuqori)  ko‘p    funksiyali 
hisoblanadi..  Platformaning  soni  drenajlash  hajmiga  nisbatan  aniqlanadi  va  ular  2 
ta yoki 4 ga teng bo‘ladi. Platformaning yuqori qismidagi qurilish montaj ishlarini 
qulay  bo‘lishi  uchun  yirik  blok-modulli  qurilish  bajariladi,  masalan  qazib  oluvchi 
blok-modullar 
boshqaruv 
tizimli 
favvora 
armaturasidan 
hamda 
quduq 
mahsulotlarini  yig‘ish  jihozlarining  jamlanmasidan  tashkil  topgan  bo‘ladi  va  har 
xil texnologik jarayonlar amalga oshiriladi. 
Quduq  mahsulotlarini  tayyorlash  hamda  qirg‘oqqa  tashish  va  qatlamga 
haydaladigan suvlarni tayyorlashda qo‘llaniladigan blok-modullar; bundan tashqari 
qurilish  tarkibiga  energetik  blok-modul,  yashash  joyi  moduli  va  vertolyot  qo‘nish 
maydonchasi,  quduqni  joriy  va  kapital  tamirlash  uchun  burg‘ilash  minorasi, 
qirg‘oq  inshootlari  va  kranning  jihozlari,  minora  yoki  machtalar  joylashtiriladi. 
Gravitatsion  turdagi  barqaror  platformalar  kam  qo‘llaniladi  va  qurilish  jarayonida 
qirg‘oqda  jihozlar  bilan  ta’minlanadi,  keyin  esa  dengizda  tashiladi  va  oldindan 
tayyorlangan  maydonda dengizning  tubiga gravitatsion platformalar dengiz tagida 
gruntlarning  mustahkamlagidan  kelib  chiqib  (qo‘llanilishi  chegaralanadi) 
o‘rnatiladi.  
Bunday  platformaning  asosiga  hajm  (sig‘im)  joylashtiriladi  va  tashish 
vaqtida inshootning suzuvchanligini ta’minlaydi.  
Chuqur  suvli  dengiz  konlarining  jihozlari  juda  qimmat  turadi,  masalan 
Shimoliy  dengizning  Norvegiya  sektoridagi  Statfyord  konining  jihozlarini  bahosi 
juda yuqori bo‘lib, 145 metr chuqurlikda uchta temir betonli barqaror gravitatsion 
turidagi platforma o‘rnatilgan bo‘lib, narxi 6 mlrd. dollardan yuqoridir.  
Chuqur  suvli  konlarning  jihozlarini  namunaviy  tuzilmasining  (Shimoliy 
dengizning  Angliya  sektorining  chuqurligi  70÷160  metr  oralig‘ida)  xarajatlari: 
barqaror platformaning tayanch qismlari – 20 ta;  yuqori qurilish jihozlari  – 38  ta; 
qirg‘oq tankerlari – 1 ta; suv osti 15 ta; ishlatish quduqlarini burg‘ilash – 17 ta. 
Dengizdagi  neft  konlarida  jihozlangan  barqaror  platformalarda  suvning 
ostidagi 
quduqlarni 
tugallashda 
konning 
eng 
chetki 
uchastkalarini 
drenajlashtirishda  razvedkaviy  quduqlarni  ishlatishga  topshirishda,  chegaradan  va 
chegara ichidan suv bostirishda va hakozolarda yordamchi jihozlar qo‘llaniladi.  
Dengizdagi  suvning  chuqurligi  60  metrdan  chuqur  bo‘lganda    neft  koni 
quduqlari  fondi  quduqlarning  suv  ostidagi  tugallash  jihozlarini  tashkil  qiladi 
hamda  neft  gaz  koni  jihozlari  suzuvchi  qurilmalarda  (burg‘ilash    platformalarida, 
tankerlarda qaytadan jihozlanadi) o‘rnatiladi.   

Download 11,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish