Tret-butil-spirti (TBS)- bir nechta jarayonlarda hosil bo‘ladi. U propilen
oksidini olish jarayonda qo‘shimcha mahsulot sifatida hosil bo‘ladi. U N-butillen
yoki izobutilenning suv bilan o‘zaro reaksiyasi natijasida olinadi va uning
formulasi – (SN
3
)3SON.
MTBE. Metil-tret-butil-efir (MTBE) kislorod saqlovchi qo‘shimcha
hisoblanadi. U spirtlar (OH – guruhni saqlovchi malekula) sinfiga mansub bo‘lgan
metanol, etanol va TBS dan farq qiladi
.
Lekin shunga qaramay, MTBE har holda
185
kislorodni saqlaydi. Formulasi (CH
3
)3COCH
3
, suvda erimaydi. MTBE
izobutelinnig metanol bilan katalizator ishtirokidagi reaksiyasi bilan olinadi.
Avtomobillarning benzinlari sanoatda quyidagi markalarda ishlab chiqiladi:
A-72, A-76, A-80, A-92, AI-91, AI-93, AI-95 (A-matomobil, sonlar – oktanlar
soni, I-harfi oktanlar soni tadqiqot metodida aniqlangan).
Aviatsiya benzinlari porshenli aviatsiya dvigatellarida qo‘llanilishga
mo‘ljallagan. Ularning markalari B-91/115, B-95/130, B-92 va B-70 (B-benzin,
sur’atdagi son – oktanlar soni; maxrajdagi sonlar – boyitilgan aralashmada navlilik
ko‘rsatkichi).
Hozirgi vaqtda aviatsiyada porshenli tizimdan reaktiv dvigatellarga
o‘tilganligi uchun aviatsiya benzinlarini ishlab chiqarish va iste’moli kamaygan.
Dizel yoqilg‘isi - qisilish natijasida alanga oladigan dvigatellarda va ba’zi bir
gazturbinali dvigatellarda foydalaniladi. Bundan tashqari har xil sharoitlarda
qo‘llaniladigan uch xil turdagi yoqilg‘ilar ishlab chiqariladi.
L- (yozgi) – atrof muhitning harorati musbat bo‘lganda qo‘llaniladi;
Z (qishki) – atrof muhitning harorati -20
o
S (yoqilg‘ining quyuqlashish
harorati -35
o
S) dan minus -30
o
S gacha (yoqilg‘inig quyuqlashish harorati -45
o
S
yuqori) bo‘lgan sharoitlarda qo‘llaniladi;
A(artik) – ishlatishda atrof –muhitning harorati minus -50
0
S gacha.
Dizel yoqilg‘isining asosiy tasniflariga alangalanish harorati, sovush harorati
va oltingugurtning tarkibi kiradi. Yoqilg‘ining bug‘i havo bilan birga aralashganda
alangalanish yoki olovni olib kelishi – alangalanish harorati deyiladi. U
yoqilg‘ining bug‘lanishini va olovni xavfsizligini tavsiflaydi. Markasi L bo‘lgan
yoqilg‘i uchun alanganish harorati 40
o
S dan kichik, marka Z –uchun – 35
o
S dan
past.
Oltingugurtning miqdoriga ko‘ra dizel yoqilg‘isidagi miqdori massasi
bo‘yicha - 0,2 % dan kichik, 0,5% dan katta emas.
Alangalanish haroratiga yoki sovush ma’lumotiga hamda oltingugurtning
tarkibiga muvofiq dizel yoqilg‘isi shartli ravishda quyidagicha ifodalanadi: L-O, 2-
40 bu yozda paytida qo‘llaniladigan dizel yoqilg‘isi, oltingugurtning massali
miqdori O,2% va alangalanish harorati 40
o
S. Z-0,2-35 – bu yoqilg‘i qish vaqtida
ishlatiladi, oltingugurtning massali ulushi 0,2% va alanganish harorati 35
o
S.
Reaktiv yoqilg‘i – samolyot va vertolyotlarning gazturbinali dvigatellarida
foydalaniladi. Bortdagi zaxira yoqilg‘isini olish, bakning hajmini chegaralanganligi
va samolyot uchishni boshlashdagi og‘irligini ko‘tarish uchun katta energiya talab
qilinganligi uchun yoqilg‘ining yonish energiyasi yuqori bo‘lishi kerak. Massasini
arzonligini turiga muvofiq bu talablarga kerosin to‘liq javob beradi.
Reaktiv aviatsiyaning boshlang‘ich davrida yoqilg‘iga bo‘lgan istemol
talabini T-1 yoqilg‘isi qondiradi, u oltingugurt miqdori kam bo‘lgan neftdan
olinadi. Lekin 1950 yillardan boshlab reaktiv yoqilg‘ini ishlab chiqarish
olingugurtli neftlarni qayta ishlash hisobiga kengaytirilgan, natijada massasini turi
bo‘yicha reaktiv yoqilg‘iga mos keladigan TS-1 yoqilg‘i ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari T-2, T-6 markali reaktiv yoqilg‘ilar ishlab chiqariladi.
Traktor yoqilg‘isi sifatida kerosin va ligroindan foydalaniladi. Energetika
tizimidagi gazturbinalari, suv va yer usti transportlari uchun mazutlar va
gazoyllardan foydalaniladi. Qozonxona yoqilg‘isi sifatida F5 va F12 yoqilg‘isidan
186
(sonlar – shartli qovushqoqligi 40
0
S da ) hamda yoqilg‘i mazuti M40, M 100,
M200 lardan foydalaniladi.
Neft yog‘lari-ishlab chiqariladigan neft yog‘larining assortimentlari juda
ko‘p turda: motorlar, industrial, silindrlar, turbinalar, kompressorlar, transmission,
o‘qlar, elektr izolyatsiyasi va boshqalar uchun. Motor yog‘lari-aviatsiya,
avtomobillar va dizel dvigatellarini surkovi; industrial–sanoat jihozlarini surkovi;
silindrlar-zolotniklarni va bug‘ mashinalarini porshenli silindrlarini surkovi uchun;
turbinalar–har xil turdagi turbo agregatlarni podshipniklarini va elektr tokli
generatorlarni sovutish va moylashda qo‘llaniladi; transmission-ko‘pgina
mashinalarni mexanizmlarni tishli uzatmalarini moylash uchun; kompressor-
silindrlarni, shtoklarni, kompressorlarni klapanlarini, havo haydagichlarni va
sovutish mashinalarini moylashda qo‘llaniladi; o‘qli–temir yo‘l vagonlarini
o‘qlarini, bo‘yinlarini, teplovozlarni g‘ildiraklarini, parovozlarni va temir yo‘l
transportining harakatdagi tarkibining ishqalanish tugunlarini moylashda
qo‘llaniladi; elektr izolyatsiya – (transformatorlar, kondensatorlar va kabellar)-
elektr qurilmalarda dielektrik sifatida va sovituvchi suyuqlik sifatida qo‘llaniladi.
Boshqa neft mahsulotlari-qattiq tovar parafinlari-sintetik kislota va spirtlarni
mahsulot sifatida ishlab chiqarishda qo‘llaniladi hamda yuvuvchi moddalarni
ishlab chiqarishda xom-ashyo hisoblanadi. Parafin meditsinada, oziq ovqat
sanoatida ( parafin qog‘ozidan tara va o‘ramlar, kartonlar), gugurtlar ishlab
chiqarishda svechalar, daraxt tolalaridan plitalar va boshqa turdagi mahsulotlarni
ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Serezin–surkovlar, vazelinlar, kremlar va elektrozolyatsiya materiallarni
ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Vazelinlar-tabiiy, sun’iy, texnik va meditsina turida bo‘ladi. Tabiiy
vazelinlar parafinnning mazutlaridan olinadi. Sun’iy vazelinlar-mineral yog‘larni
va parafinning aralashmasi, texnik vazelin - parafin bilan industrial yog‘ning
aralashmasidir, meditsina yog‘i esa - oq serezinning va parafinning parfmeriya
yog‘i bilan aralashmasidir.
187
18.1-rasm. Neftni qazib olish, konda tayyorlash va neftni qayta ishlashga
haydashning umumiy sxemasi
188
18.2-rasm. Neftni qayta ishlashdagi yoqilg‘i va moylar varianti bo‘yicha sxemasi.
Neftli bitumlar- yo‘l qurilishida gidroizolyatsiya va tomlarni bekitish uchun
materiallar sifatida ishlab chiqariladi.
Kerosinlar yoritish materiallari sifatida foydalaniladi.
Eritgichlarning quyidagi turlari – neftdan ishlab chiqariladi:
a) benzilli eritgich BR-1 – rezina sanoatida qo‘llaniladi;
b) uayt spirt – lak- buyoqlar ishlab chiqarish sanoatida qo‘llaniladi;
v) eksratsion benzin – ekstratsiya jarayonlarida qo‘llaniladi.
Neftli koks–elektrodlar ishlab chiqarishda hamda alyuminiy sanoatida
qo‘llaniladi, qurumlar–rezina sanoatida hamda qalamlar ishlab chiqarishda,
izolyatsiya materiallari, kopirovka qog‘ozlari, buyoqlar va boshqa. Konsistentli
surkovlarga – solidollar, texnik vazelinlar va boshqalar kiradi.
189
Do'stlaringiz bilan baham: |