184
Benzinnning oktanlar sonini aniqlashda uning siqilish darajasining aniqligi
katta ahamiyatga ega. Ayniqsa o‘z-o‘zidan alangalanish porshen harakatining
yuqori nuqtasida sodir bo‘ladi. Siqilish darajasi benzin oktanlar soniga bog‘liq.
Oktan soni 100 bo‘lgan benzin uchun shartli ravishda izooktan (2, 2,4-
trimetilpentan) S
8
N
18
qabul qilingan. Kuchsiz siqilishda ham detonatsiyalanadigan
n-geptan (S
7
N
16
) oktan soni “0” bo‘lgan benzin uchun qabul qilingan.
Zarur bo‘lgan oktan sonli benzin olish masalasini soddalashtirish uchun
benzinga qo‘rg‘oshin-tetraetil qo‘rg‘oshin (TEQ) yoki tetrametil qo‘rg‘oshin
(TMQ) qo‘shiladi. Bu birikmalar benzinning oktan sonini oshiradi. Bu bilan
benzinning boshqa xossalariga , jumladan to‘yingan bug‘ bosimiga (TBB) ta’sir
etilmaydi.
TEQ (TMQ) – juda zaharli kimyoviy birikma, hatto uning juda kichik
konsentratsiyali bug‘i ham kasallikka yoki o‘limga olib kelishi mumkin. Shunisi
qiziqki, benzinga qo‘rg‘oshin qo‘shilishidan maqsad, uning muddatidan oldin
alangalanib ketishini oldi olinadi. Oktan soni qanchalik kichik bo‘lsa,
detonatsiyaning yuzaga kelishi yoki benzinning o‘z-o‘zidan alangalanishining
ehtimolligi yuzaga keladi. Shuning uchun qo‘rg‘oshin alangalanishning oldini
oladi. Qo‘rg‘oshinning atrof muhitga ta’sirini kamaytirish maqsadida , benzinning
oktan sonini oshirish uchun neft-kimyo sonaotida metanol, etanol, TBS, va MTBE
kabi mahsulotlarni qo‘llash tavsiya etilgan.
Metanol - CH
3
OH qadimdan ma’lum bo‘lgan kimyoviy modda. U yog‘och
spirti sifatida mashhur, chunki avvallari yangi arralangan zich yog‘ochli
g‘o‘lalarga kimyoviy reagent ta’sir ettirib olingan. 1923 yilda nisbatan unumli
jarayon ishlab chiqilgan. Bunda dastlabki modda sifatida metan yoki benzin
fraksiyasidan foydalanilgan. Metanning manbai sifatida asosan metandan iborat
bo‘lgan tabiiy gaz ishlatilgan.
Jarayonning asosiy bosqichi - sintez gazning olinishi uglerod monooksidi
(CO) va vodorod (H
2
) aralashmasining olinishidir:
CH
4
+ H
2
O → CO + 3H
2
(sintez gaz)
CO + 2H
2
→ CH
3
OH (metanol)
Bu tenglamani olish texnologiyasi juda murakkab va qimmat.
Etanol - yoki etil spirti (C
2
H
5
OH) – aroqning asosiy komponenti
hisoblangan kimyoviy modda. Etanol ham qadimdan tabiiy manbalardan: uzum
(vino) tarkibidagi qandni achitish, kartoshka (aroqda) yoki arpa va jo‘xori (viski)ni
fermentlar ta’sirida ishlash bilan olingan. Sanoat miqiyosida etanol olishda
foydalaniladigan hozirgi kimyoviy jarayon 1919 yilda ishlab chiqilgan. Bu usul
etilenning to‘g‘ridan-to‘g‘ri gidrotatsiyasiga (suvning birikishi gidrotatsiya deb
ataladi) asoslangan :
C
2
H
5
+ H
2
O = CH
3
- CH
2
- OH
2
(etilen) (suv) (etanol)
Do'stlaringiz bilan baham: