Tuf va tufbrekchiya (vulkon brekchiyali)
Tuf yoki tufbrekchiyalar shunday piroklastik tog'jinslariki, unda bo'laklar va semonlovchi moddalar vulkon jarayonida otilib chikkan maxsulotlardan iborat. Ikkilamchi o'zgarish natijasida tog'jinsini g'ovakligi hisobiga tufni bog'lovchi mahsulotlar semonlanadi. Ohaklanish, kremniyga boyish, pelitlanish, xloritlanish, epidotga boyish va boshqa ikkilamchi o'zgarishlar keng tarqalgan.
Bu tog'jinsini tashkil kiluvchi bulaklarning ulchamiga kura ular kuyidagi guruhlarga bo'linadi:
tufbrekchiya (vulkon brekchiyai) 30 mm dan katta
daG'al chaqiqli tuflar - 30-5 mm
yirik chaqiqli tuflar - 5-1 mm
mayda chaqiqli tuflar -1-0,1 mm (makroskopik aniqlanadigan chaqiqlar)
yupqa chaqiqli tuflar -0,1 mm.
Tuflar tarkibi, tashqi ko'rinishi va rangi jixatidan xilma-xildir. Bular ichida qoramtir, ko'kimtir-kulrang, pushtisimon-binafsharang (Armanistondagi artin tuflari), ko'nG'ir kulrang, yashil, ochik binafsha rang, ko'kimtir va boshka turlari uchraydi. To'q rangdagi turlari asosli va Ultra asosli tuflarga, ochiq rangdagilari esa nordon tuflarga tugri keladi. Tuffitlar-piroklastik tog jinslari bulib asosan 50% dan kam cho'kindi maxsulotdan (chaqiq, xemogen, organogen) iborat. Ular suvli muxitda xosil bulishi xam mumkin. Bunga dalil ularda chukindi jinslarning ayrim xollarda esa dengiz faunalarining uchrashidir. Tuffitlar tuf xamda tufogen-cho'kindi jinslari orasidagi urinni egallaydi. Tuffitlarda kuplab gilli, karbonat va boshka materiallar, xamda jonivor koldiklari, chakik zarralar uchraydi. Tuffitlar bo'laklarning o'lchamiga kura xuddi tuflarga o'xshab turlarga bo'linadi. Ya'ni: 1 .Tuffitlar 30 mm dan katta.
2.DaG'al chaqiqli tuffitlar 30-5 mm.
Z.Yirik chaqiqli tuffitlar 5-1 mm.
4.Mayda chaqiqli tuffitlar 1-0,1 mm (makroskopik aniqlanadigan chaqiqlar).
5.Yupqa chaqiqli tuffitlar-0,1 mm.
Tufogenlar (tufogen - chukindi jinslar). Tufogen jinslar tuffitlar dan chukindi jinslarning ortikligi (50% ortik) bilan fark kiladi. Xakikiy tufogen jinslar vulkon otilishi natijasida chikkan kattik maxsulotlarning chukindi tog jinslari bilan aralashishidan xosil buladi. Ular vulkon markazidan uzokrokda asosan suv xavzalarida xosil buladi. Shuning uchun ularda kat-katlik xamda saralanish mavjud. Tuffogenni tashkil kiluvchi asosiy kismlarning ulchamiga kura ular chukindi jinslarga uxshash turlarga bulinadi, ya'ni tufogen-konglomeratlar va chagir toshlar, tufogen shagal toshlar, kumtoshlar, alevrolitlar, pelitlar va xokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |