Dengiz fasiyasi
Okean va dengizlar 3,61*10 km maydonni egallab, er sharining 70,8%ni tashkil kiladi. Ayrim geologik davrda uning maydoni yanada kuprok, bulgan. Shuning uchun ham geologik kesmalarda dengiz yotkiziqlari birmuncha ortiq masalan A.B.Ronov va V.E.Xanin ma'lumotlariga ko'ra o'rta-yuqori paleozoy va mezozoy etqiziqlari orasida dengiz cho'kindilari 60%dan kam maydonni egallamagan, ayrim xollarda ular 80-85%ga etgan. Dengizning keng tarqalishidan.
Cho'kindi materialning boshqa Dengiz xavzasiga chukindi maxsulotining kelish manbai turlicha. Chukindi materialning asosiy kismini kontinent etkazib beradi.
Turli manbalardan yil davomida cho'kindi materialning etkazilish miqdori.
Manba
|
Maxsulotlar,
|
mln.t
|
|
qattiq
|
suyuk
3
|
gazsimon
|
Nurash
|
18530
|
maxsulotlari materikning
|
|
200
|
|
Yuvilishi
|
|
|
|
Shamol bilan
|
160
|
?
|
?
|
kuchish
Muz bilan kuchish
Vulqon materiallari
Kosmik
|
150 2000-3000
10-80
|
?
7 0-100
9
|
?
20-30 ?
|
Materiallar
|
|
|
|
Manbalaridan biri dengizda bo'ladigan vulqon otqinlaridir. Ulardan qattiq maxsulotlar bilan bir qatorda (LAVA, ko'llar, tuflar-ularning massasi 3 mlrdluyil) katta miqdorda gazsimon va suyuq, moddalar chiqadi.
Dengiz fasiyalari orasida turli tuman turlari mavjud. Eng ko'p uchraydigan gilli, karbonatli dengiz yotqiziqlaridir. Dengizda bundan tashqari daG'al bo'lakli qumli, temirli, marganesli cho'kindilar ham uchraydi. QirG'oqdan uzoqlashgan sari chaqiq jinslar mayda zarralilar bilan almashinadi, shu bilan birgalikda jonivor qoldiqlarining miqdori kamayadi.
Yotqiziqning xususiyati iqlim, dengiz tubining sathi xamda, ushbu havzaning okeandan alohidaligiga boG'liq. Iliq dengizlarda karbonatli etkiziqlar molyuskaning massiv chiG'anoqlari va braxxiopodalar uchraydi. Koralli riflar xosil bo'ladi.
Dengiz fasiyasi xususiyatiga quruqlik va dengiz osti satxi ta'sir qiladi.
Quruklik tekisligini yuvuvchi platforma dengizining osti juda yotiq satxi bilan xarakterlanadi. Aksincha, geosinklinal dengizlarining satxi esa G'adir-budirdir. Er satxi nurash jarayoniga ta'sir qiladi. Quruqlik satxi qanchalik tekis bo'lmasa, undan shuncha ko'p yirik bo'laklar chiqadi.
Dengiz cho'kindilarining xosil bo'lishiga unda sodir bo'ladigan vulqon jarayonlari xam ta'sir qiladi.
Dengiz fasiyasiga ta'sir qiluvchi asosiy omillardan biri to'lqindir. Uning ta'sirida tushayotgan maxsulotlar tarqaladi va yotqiziladi. Dengiz muxitining fizik xususiyatlaridan xarorat, bosim, suvning tiniqligi organik xayotning xususiyatiga, soni va xilma-xilligiga turli minerallarning xosil bo'lishi va cho'kishida ta'sir qiladi.
Dengiz fasiyasi cho'kindilarining xosil bo'lishida ta'sir qiladigan asosiy omillardan biri suv xavzasining chuqurligidir. Unga to'lqInning xususiyati suv xarorati va boshqalar boG'liq,.
Laguna fasiyasi guruxiga quruqlikdan dengizga o'tuvchi mintaqalarda xosil bo'lgan tog'jinslari kiradi. Laguna fasiyasining xarakterli xususiyatlaridan biri ularning normadan tashqari tuzli xavzalarda yotqizilishidir.
Kontinental yotqiziqlari kontinent ichida suv oqib chiqib ketmaydigan xavzalarda uchraydi.
Bu erda ular kichik linzasimon shaklni (sho'r suvli ko'l cho'kindilari) tashkil qiladi, shuning uchun ularni quruqlik yotqiziqlariga kiritiladi.
Chuchuk suvli ko'llarga quyiladigan daryolarning Delta yotqiziqlari butunlay quruqlik fasiyasiga kiritiladi. Shuningdek, dengiz va Laguna fasiyasi yotqiziqlari xam bir-biri bilan bog'liqdir. Haqiqiy qo'ltiq fasiyasi sekin-asta dengiz fasiyasiga o'tadi (masalan deltalarda).
Yirik suv xavzalaridan suvining sho'rligi kam bo'lgan Orol va Kaspiy dengizlari Laguna fasiyasiga kirishi kerak, ammo ularning o'lchami birmuncha katta bo'lganligi sababli ko'pchilik olimlar dengiz deb xisoblashadi. Bu vaziyat Laguna fasiyasini quruqlik va dengizdan ajratishda qiyinchilik tug'diradi, chunki qari jinslarda har doim ham jins yotqizilgan suv xavzasining sho'rlik darajasini anglab bulmaydi. Laguna mintaqasida suvning yuqori yoki past sho'rliligi unda yashovchi jonivorlarning qiyofasiga keskin ta'sir qiladi.
Quruqlik va dengizga karaganda lagunada organik dunyo bir muncha kam. Ayniqsa yuqori sho'rli xavzalarda organik dunyo juda kam. Lagunalarda ko'plab ohaktoshli suv o'tlar, ostrakodalar, mshankalar, pelesipodalar, gastropodalar uchraydi.
Laguna fasiyasi uchun ko'Proq xos bo'lganlari Laguna yotqiziqlaridir. Laguna - bu yuqori yoki kam tuzli suv xavzasi bo'lib, dengizdan erning yotiq relef sharoitida mayda ko'rfazlar bilan ajralib qolishidir.
Laguna fasiyasi guruxiga chuchuk suvli, sho'r suvli suv xavzalari, Delta, estuariy, liman yotqiziqlari kiradi.
Tayanch so'z va iboralar: Dengiz fasiyasi, shELF, Laguna.
Nazorat savollari:
1. Dengiz fasiyasi xaqida tushuncha.
2. Kontinental fasiya xaqida tushuncha.
3.Laguna fasiya nima.
Do'stlaringiz bilan baham: |