Cho'kindining yig'ilishi
Erigan va gazsimon moddalardan iborat bo'lgan cho'kindi material o'zaro hamda atrof muhit bilan beqaror muozanatda hamda organizmlar ishtirokida cho'kindiga aylanadi. Uning yig'ilishi er suv xavzalari hamda er ustidir. Ammo birinchisining axamiyati katta. Cho'kindini umumiy ko'rinishi va uning fizik – ximik belgilari bir tomondan kirayotgan cho'kindi materiallarning sifati va miqdori, ikkinchi tomondan sedimentogeniz xosil bo'layotgan muxitning xossasi va fizik – geografik sharoiti bilan belgilanadi. Masalan uzulmas sharoitda ko'plab cho'kindi material yig'ilsa katta qalinlikdagi bir xil tarkibli cho'kindi, aksincha sharoitning vaqti – vaqti bilan o'zgarishi tarkibi va tuzilishi xar xil bo'lgan yupqa qatlamlarning takrorlanishiga olib keladi. Suvli muhitda cho'kindi materialining yig'ilishi zarralarning o'lchamiga va zichligiga bog'liq. Yirik zarralar maydalariga qaraganda tezroq cho'kadi. Buri quyidagi jadvaldan ko'rish mumkin.
15 gradusli suvda turli o'lchamdagi zarralarning cho'kish tezligi
15 gradusli suvda turli o'lchamdagi zarralarning cho'kish tezligi
Zarralar diometri, mm
|
Cho'kish tezligi mm/sek (tajribaga ko'ra)
|
Zarralar diometri mm
|
Cho'kish tezligi mm/sek (xisobiga ko'ra )
|
1,0
|
100
|
0,08
|
6,0
|
0,8
|
83
|
0,05
|
2,9
|
0,6
|
63
|
0,04
|
2,1
|
0,5
|
53
|
0,03
|
1,3
|
0,4
|
42
|
0,02
|
0,62
|
0,3
|
32
|
0,01
|
0,154
|
0,2
|
21
|
0,008
|
0,098
|
0,15
|
15
|
0,005
|
0,0385
|
0,1
|
8
|
0,001
|
0,00154
|
|
|
0,0001
|
0,0000154
|
Shunga ko'ra suv xavzalarida yirik zarralar qirg'oqqa yaqin yig'ilsa maydalari uzoq vaqt sayr qilib so'ng yotqiziladi. Zarralarning cho'kish tezligiga suvning qovushqoqligi ta'sir qiladi. U xaroratning pasayishi kolloid zarralarning quyiqligi va sho'rligi ortishi bilan ortadi.
Erigan va gazsimon moddalar cho'kindiga aylanmasdan avval fizik – kimyokiy omillar va organizmlar xayti ta'sirida qattiq fazaga ajraladi.
Suvli muxitda cho'kindining yig'ilishi katta oraliqda ya'ni bir yilda milimetrning bir necha bo'lagida bir necha o'n santimertgacha o'zgaradi. Xozirgi davrda cho'kindi xosil bo'lishining minimal tezligi okean o'rtasida bo'lib bir yilda 0,006 – 0,008 mm ga teng
Cho'kindi yig'ilishining katta tezligi yirik tog'li daryolar deltalari hamda yuqori mineralizasiyali (20 sm/yil) suv xavzalari uchun xos.
Suv xavzasining maydoni ortishi bilan (o'rtacha sho'rlikda) cho'kindi yig'ilishining o'rtacha tezligi kamayadi.
Shamol ta'sirida zarralarning cho'kishi shamol tezligining kamayishi bilan ro'y beradi.
Yirikroq zarralar (qumli) kontenentda yoki dengiz qirg'og'iga yaqin mayda changsimon zarralar dengiz va okean ichkarisida cho'kadiyu vulqon jarayoni aktiv io'lgan viloyatlarda shamol ta'sirida vulqon kullari cho'kindiga aylanadi.
Muzlik va muz bilan ko'chgan cho'kindi materialning yig'ilishi quruqlikda (morena ko'rinishida), dengizlarning qirg'oq qoldiqlarida ro'y beradi. Muzlik yotqiziqlarida cho'kindi material juda past saralangan va chilliqlangan bo'ladi. Ular ko'pchilik xolatda qum, allevrit va gilli materiallar bilan semonlangan silliqlangan xarsang, shag'allardan iborat. Cho'kindi materiallarining ayniqsa tez yig'ilishi o'pirilishi to'kilma jarayonlarda hamda yirik deltalarida ro'y beradi. Cho'kindi materiallarining ko'chishi va yig'ilishi jarayonida cho'kindi diferentsiasi to'y beradi. Bu to'g'ridagi birinchi ma'lumotlar I.Fogta (1960 yil) A.D.Arxangelskiy (1923 il), V.Golshteyn (1931 yil), V.P.Baturin (1931 yil), ishlarida keltirilgan. Cho'kindi differintsiyasi xaqidagi fanning rivojlanishida L.V.Pustovalovning (1936 – 1940 yil ) xissasi katta. Cho'kindi differentsiyasi mexanik, kimyoviy, biologik, fizik kimyoviy jarayonlar ta'sirida cho'kindi materiallarning saralanishidir. Bunday cho'kindidan xosil bo'lgan jinslar magmatik tog'jinslarida sodda kimyoviy tarkibiy, ayrim tarkibiy qismlarining yuqori kontsentrasiyaligi hamda zarralar o'lchamining bir xilligi bilan farq qiladi.
Rasm.9 Cho'kindi differentsiyasi ta'sirida cho'kindi materialningsaralanishi.
Shuning uchun ko'pchilik cho'kindi toG' jinslar foydali qazilma boylik xisoblanadi (kvarsli qumlar, temir rudalari, osh tuzi va boshqalar) cho'kindi differentsiyasi kam tarqalgan elementlar konlarining hosil bo'lishida rol o'ynaydi.
Cho'kindi differentsiasiyasiga quyidagi asosiy tashqi omillar ta'sir kiladi.
Bular: quruqlik yuzasining satxi xamda suv xavzasining osti;
iqlim;
ko'chish muxiti (suv, shamol, muzlik);
ko'chish muxitining harakat usuli (sekin, tez, tezlikning nomuntazamligi);
cho'kindi material bilan ta'minlash viloyatining soni, uning sedimentasiya joyigacha bo'lgan masofasi;
cho'kindi YiG'iluvchi xavzaning sho'rligi va muxitning oksidlanishi-tiklanish potentsiali.
Cho'kindi differentsiasiyasiga tashqi omillardan tashqari cho'kindi materiallarning fizik–kimyoviy xossalari:
1.Dispersiya darajasi.
2.3 ichligi.
3.Mexanik mustaxkamligi;
4.Kimyoviy aktivligi;
5.Erishi;
6.Ko'chish yo'lidagi cho'kindi materialning soni (yoki kontsentrasiyasi) cho'kindi materiallarning kuyukligi ta'sir qiladi.
Cho'kindi differentsiasiyasi, cho'kindi moddaning axvoli va ularni ajratish usuliga ko'ra to'rt turga bo'linadi. Ya'ni mexanik kimyoviy, biogen va fizik – kimyoviy.
Mexanik differentsiasiya – cho'kindi materialning saralanishining yaqqol ko'rinadigan birdan bir turidir. U mineral bo'laklari, tog'jinsi, organik qoldik suyaklari va o'simlik koldiklarining ko'chishi va cho'kishi natijasida yuz beradi. Cho'kindi materiallarning saralanishi cho'kindi zarralarrining xossalariga, avvalo ularning o'lchami, zichligi shakliga bog'lik. Ko'chish jarayonida avvalo cho'kindi material xosil bulish joyida yirik chaqiqlar ajraladi va yig'iladi. Ta'minlash joyidan uzoklashgansari maydaroq zarralar xamda organik qoldikdar ajraladi va cho'kindiga aylanadi. Bu xodisa er usti xamda suv xavzalari uchun xos. Bir xil o'lchamli zarralarning kuchishida esa avval zichligi yukori ogir minerallar (kasseterit-6,8 g/sm3, magnetit-5,2 g/sm3, ilmenit-4,79 g/sm3, rutil-4,25 g/sm va boshkalar) keyin esa engil zarralar (plagioklazlar-2,6-2,75 g/sm , kvars-2,65 g/sm3, dala shpatlari -2,55-2,56 g/sm3va chirigan usimliklarning koldiklari 1D g/sm3va boshkalar). Chaqiq zarralarning cho'kishida ularning shakli xam ta'sir qiladi. Tablichkasimon shaklidagi bulaklar ko'prok kuchish kobilyatiga ega. Shuning uchun suv okimlarida muallaq xolatdagi pelit va alevrit zarralari bilan bir vaqtda kattarok o'lchamdagi slyuda tablichkalari uchraydi. Cho'kindi tog'jinslarida jins xosil qiluvchi minerallarning zichligi uncha katta bo'lmaganligi (2,55-2,75 g/sm3) xamda izometrik va unga yakin shaklga ega bulganligi sababli saralanishining asosiy belgilaridan biri zarralarning o'lchamidir. Agar cho'kindi yig'ilayotgan suv xavzasida ko'tarilma yoki botiqlik bo'lsa bu sxemadan chetga chiqish mumkin. Ko'tarilmalarda to'lqin cho'kindiniloyqalatganda yirik cho'kindi material (kum) ko'tarilma yonbag'irlarila esa mayda cho'kindi materiallar (alevrit, pelit) yigiladi. Bunday sxemadan chetga chiqish xollari dengiz kirg'oqoldi va sel okimlari xamda boshka tabiiy xodisalar ta'sirida ro'y beradi. Kimyoviy saralanish – gidroseferada ro'y beradigan kimyoviy jarayon majmuasi bo'lib sidementasiya xavzasida ketma – ket erigan moddalarning qattik xolga aylanib cho'kinishidir. Bu turdagi differentsiasiya miqyos bo'yicha ulkan bo'lib ilgari xam, xozir xam sayyoramizning 2/3 qismini egallagan kit'aviy suv xavzalari dengiz va okeanlarda ro'y bergan va beradi. Kimyoviy differentsiasiyaning asosiy maxsulotlari o'zining sodda tarkibi bilan ajraladi. Bular 2-3 elementdan iborat bo'lgan oddiy oksidlar, ko'mir oltingugurtli, xlorid kislotalari. Eriganmoddalarning qattiq xolatga o'tishi tashqi omillar ta'siriga (xarorat, bosim gaz tartibi, ishqoriy – kislotali va oksidlanuvchi – tiklanuvchi muxit) bog'liq.
Bularning foydali ta'siri iqlim sharoiti va tektonik vaziyat bilan anikdanadi.
Differentsiasiya jarayonida suvning tuzli tarkibi ayrim komponentlarning kontsentrasiyasi va ularning kimyoviy xossalari muxim axamiyatga ega. Tabiiy suvlarning kimyoviy xususiyati xamda tashqi omillarning uzgarmasligi tufayli chukindi bilan erigan modda orasida muvozanat qaror topadi. Fizik–kimyoviy sharoitning o'zgarishi natijasida chukindi modda cho'kadi yoki emiriladi.
Kimyoviy differentsiasiya cho'kindi xosil bo'lish sharoitiga ko'ra ikki turga bulinadi. Suv xavzasining tarkibi, sho'rligi uzgarmas bulganda uzok; vakt davomida turli chuqurlik va qirG'okdan turli uzoqlikda xar xil tarkibli cho'kindi bir vaktda yotkiziladi.
Gumidli dengiz litogenezi uchun moddaning cho'kindiga cho'kishida (kirG'oqdan uzokdashgan sari) quyidagi ketma–ketlik mavjud:
Alyuminiy oksidi, temir oksidi, marganes oksidi. Quruq mintasali epikontinental suv xavzalarida suvning mineralizasiyasi ortaborishi bilan quyidagi tartibda cho'kindiga cho'kish ro'y beradi:
Kaltsit, dolomit, gips, galit, silvin, karnallit, bishofit.
Tuzlarning cho'kishi ketma–ket ruy beradi. Shuning uchun ulardan xosil bo'ladigan qatlar turli yoshda bo'lib bir–birining ustiga yotadi. Bir qatningboshqa qat bilan almashinishi sekin–astalik bilan ro'y beradi. Bu esa o'z navbatida Yupqa qat– qatlanishning mavjudligidan dalolatdir.
Biogen differentsiasiya–erigan va gazsimon komponentlarning mineral suyakli maxsulotga yoki jonivorlarning ishtiroki natijasida organik to'qimalarga aylanishidan iborat. Bu turdagi differentsiasiya qurukdik va suvli muxitda ro'y beradi. Jonivor yoki o'simlik, organizmlarning o'lishidan so'ng ularning qoldiqdari (chiganoqlar, butunlay parchalanmagan tuqimalar va boshqalar) mexanik differentsiasiyasi omillari ta'sirida suv xavzasi tubiga tarqalib cho'kindiga aylanadi.
Bu turdagi differentsiasiya tufayli qalinlikdagi organogen oxaktosh, neft va ko'Mir qatorli kaustobiolitlarning xosil bo'lishi uchun organik moddalar YiG'iladi, rif qurilmalari xosil bo'ladi. Ayniksa biogen differentsiasiyasining suvda asosiy qismi to'yinmagan xolda uchraydigan birikmalarning YiG'ilishida ahamiyati katta. Masalan xozirgi davrda organizmlarning ishtirokisiz opal, fosfatlar va boshka cho'kindilar cho'kindiga cho'kish mumkin emas.
Shuni takidlab o'tish kerakki biogen differentsiasiya FAqat qulay fizik–geografik sharoitlardagina ro'y berishi mumkin. Noqulay sharoitda esa jonivor maxsulotlari butunlay erishi yoki parchalanishi mumkin (Shimoliy dengizda kaltsit chiganoklari yoki chukindini kuchli aerasiya mintak;asidagi usimlik koldiklari).
Fizik–kimyoviy differentsiasiya–kolloid materiallarga xos. U kolloid eritmalarining koagulyasiyasi tufayli zarralarning yiriklashishi va sorbtsiya xodisasiga olib keluvchi fizik–kimyoviy kuch ta'sirida suv xavzalarida ruy beradi. Cho'kindi yigilish xavzasida chuQQan kolloid materiallarning taxsimlanishi mexanik differentsiasiya omillari bilan nazorat kilinadi.
Cho'kindi materialning sifati (chaqiq, kolloid, erigan vaxokazo), mikdori, iqlim sharoiti, muxitning xossasi va ax,voliga ko'ra har bir kulay fursatda differntsiasiya turlarining bir yoki bir necha turi bir vaktda bir–biriniqoplagan xolda sodir bo'lishi mumkin. Birinchi xolda bir muncha toza ikkinchisida esa mexanik, kimyoviy differentsiasiya mahsulotlaridan iborat polikomponentli cho'kindi xosil bo'ladi. Bunga dalil oxaktosh kumtosh, mergel, yonuvchi slanes va ko'pchilik boshka jinslar. Undan tashqari cho'kindi materialning aralashishi migrasiya (ko'chish) jarayonida xam sodir bo'ladi. Natijada porlimineral tarkibli terrigen jinslari xosil buladi.
Shunday qilib sedimentogenez er ustining ko'pchilik qismini egallagan murakkab tabiiy jarayondir. Cho'kindi toG' jinsining turliligiga sababchi uning harakatga keltiruvchi differentsiasiya turidir.
Suv yoki er ustida yig'ilgan mineral yoki organik moddalar fizik – kimyoviy jixatdan nomuvozanat tartibli ya'ni kattiq va suyuq qattik va gazsimon yoki uchchala xolat birgalikda bo'lishi mumkin. Cho'kindining ko'pchilik qismini suyuk yoki gazsimon xolat egallaydi. Masalan V.V.Veberning ma'lumotiga ko'ra qora dengizning Taman ko'rfazi va unga qo'shni bo'lgan qultiqda qumli cho'kindidagi suvning mikdori 40%, alevrolitda – 43%, gilda 62% (Veber V.V, 1950)ga etadi. Klayped va Kaliforniya ko'rfazidagi gilli Balchiqdagi suvning mikdori 86-87%) ni tashkil qiladi. Kareliya, Valdey tepaligi va Podmoskovyadan chuchuk suvli ko'llardagi BALChiqlarda suvning miqdori bundan xam yuqori.
N.M.Straxov qora dengizdagi xozirgi chukindilarda o'tkazgantadqiqotlari natijasida quyidagi xulosaga keladi: tiklanish zonasidagi cho'kindilarda oksidlanish – tiklanish kislotali tartib normal yoki anomal turdagi suv xavzasiga qarashliligiga bog'lik, emas va ishqor diagenez boskichida cho'kindida kuyidagi asosiy jarayonlar ruy beradi.
1 .cho'kindining yuqorigi katlam og'irligi natijasida zichlanishi; 2. cho'kindining suvsizlanishi va o'ziga namni tortib olishi; 3. cho'kindining loy eyuvchi jonivorlar va bakteriyalar bilan kayta ishlanishi; 4. Chidamsiz minerallarini chidamli minerallarning xosil bo'lishi; 5. Cho'kindini tashkil qiluvchi asosiy qismlarining erishi va parchalanishi; 6 yangi minerallarning xosil bo'lishi ; 7 kristallanish va kayta kristallanishi; cho'kindining zichlanishi (yangi katordan) tarkibi va tuzilmali belgilariga ko'ra turlicha bo'lishi mumkin. Gilli balchiqning zichligi 1,2-1,3 g/sm3. Suv xavzalarida hosil bo'lgan qumli va alevritli cho'kindining zichligi 1,5-1,7 g/sm , quruqlikda hosil bo'lganlariniki -1,3-1,4 g/sm .
Do'stlaringiz bilan baham: |