Neft va gaz konlari geologiyasi



Download 2,65 Mb.
bet2/31
Sana10.06.2022
Hajmi2,65 Mb.
#653143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
ЛЕКЦИЯЛАР

Tayanch so'z va iboralar: Litologiya, litofasial.


Nazorat savollari:
1. Litologik yo'nalishni nechchi bosqichdan iborat.
2. Litologiya haqida tushuncha.
3. Litologiya fanining boshfanlar bilan axamiyati.
2-mavzu. Cho'kindi tog'jinslarining hosil bo'lish tasnifi


Reja:
1.Cho'kindi tog'jinsi haqida tushuncha va uning tasnifi
2. Cho'kindi tog'jinsining tarkibiga ko'ra tasnifi
3. Cho'kindi tog'jinslarini hosil bo'lishiga ko'ra tasnifi
4. Cho'kindi tog'jinsining tuzilmasi va tuzilishiga ko'ra tasnifi

Cho'kindi tog'jinsi litosferaning yuqori kismida joylashgan. Cho'kindi tog'jinsi geologik tana bo'lib u erning ustida yoki er ustidan chuqurroqda, shu chuqurlikka xos bosim va xaroratda nurash mahsulotlarining qayta o'zgarishidan, o'simlik va jonivorlarning ishtirokida ba'zan vulqon mahsulotlari hisobiga hosil bo'ladi.


Cho'kindi tog'jinsining katta qismi er ustidan chuqurroqda nurash mahsulotlarining suvda va xavoda ko'chishi va yotqizilishi bilan hosil bo'lgan cho'kindilarning qayta o'zgarishidan xosil bo'ladi. Ayrim cho'kindi tog'jinslari nurash po'stida xosil bo'ladi. Vulkonogen yotqiziqlarning boshqa tog'jinslarini o'zgarishi hisobiga hosil bo'lganlari xam mavjud.
Cho'kindi tog'jinslari planetada keng tarqalgan bo'lib quruqlikning 75% ni qoplagan. Olinayotgan foydali qazilmalarning ko'pchilik qismi xam cho'kindi tog'jinsi bilan bog'liq;.
Hisoblashlar shuni ko'rsatadiki cho'kindi tog'jinsi bilan bog'liq; bo'lgan foydali qazilmalar tannarxi umumiy qazib olinayogan xomashyolar tannarxining to'rtdan uch qismini tashkil qiladi. Shuning uchun foydali qazilmalarga bo'lgan talabni qondirish uchun cho'kindi tog'jinsini o'rganish katta axamiyatga ega.
Cho'kindi qobig'i o'zgaruvchan bo'lib uning qalinligi ayrim erlarda nolgacha kamayadi. Boshqa noxiyalarda esa uning qalinligi bir necha kilometrgacha etadi.
Kaynozoy, mezozoy, paleozoy yotqiziqlarning qalinligi 100 km dan oshadi. Ayrim toG'li rayonlarda 30-50 km ga etadi. Platforma oblastlarida uning qalinligi 2-3 km ni tashkil qiladi.
Cho'kindi toG' jinsi quruqlikning 3/4 qismini qoplagan. Klarkning aniqlashicha cho'kindi toG' jinsining xajmi 3,7*108km3 ga Kyunen bo'yicha esa 13*108km3ga teng. Agar shu miqdordagi toG' jinsini butun er yuziga yoysa 735 m li qobig'hosil bo'ladi.
Cho'kindi toG' jinsi ma'lum harorat va bosim o'zgarishi oraliG'ida mavjud harorat va bosimning keskin ortishi natijasida u metamorfik toG'jinsiga aylanadi.
BurG'ilash natijalari shuni ko'rsatadiki xali 1-2 km chuqurlikda metamorfizm izlari sezilmaydi.
Shuning uchun 150-200 ATM bosimda, xarorat esa 200 S dan ortiq; bo'lganda cho'kindi toG' jinsining metamorfik toG' jinsiga aylanishi hAli sezilmaydi.
Cho'kindi toG' jinsining hosil bo'lish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
1.Cho'kindi materialning hosil bo'lishi (nurash)
2. Ko'chish
3. Yotqizilishi
4.Cho'kindi tog'jinsining xosil bo'lishi.
Oxirgi boskich uz navbatida quyidagi bosqichlarga, ya'ni:
a) cho'kindini ustidagi o'zgarish (singenez)
b) cho'kindini keyingi o'zgarishi hamda uning jinsga aylanishi (diagenez)
v)jinsning o'zgarishi (epigenez).
Ko'pchilik cho'kindi tog'jinslarining asosiy xususiyatlaridan biri uning qatlam shaklda yotishidir. Cho'kindi tananing shakli uning xosil bo'lish sharoitidan darak beradi. Masalan ko'l yotqiziqlari linzasimon, Daryoyotqiziqlari bog'ichsimon, dengiz yotqiziqlari esa o'zgarmas qatlamsimondir.
Cho'kindi tog'jinsining boshqa xususiyatlaridan biri uning qat-qatligidir. Qat-qatlik deganda cho'kindi tog'jinsi qatlamlarida turli tarkibli, tuzilishli yupqa qatlamchalarning navbatlanishi tushiniladi. Qat-qatlanishning xosil bo'lishi cho'kindi yotqizilishida sharoitning o'zgaruvchanligidan dalolat beradi.
Cho'kindi toG' jinsining uchinchi belgilaridan biri uning rangidir. Cho'kindi toG' jinsining rangi asosan uning mineralogik tarkibi, ayniqsa temir birikmalari xamda organik moddalarning borligi bilan aniqlanadi. Qizil, sariq, jigarrang ranglar temir oksidi, xavorangsimon rang esa ikkivalentli temir bilan, to'q kulrang esa organik modda bilan boG'lik;.
Cho'kindi toG' jinsining hosil bo'lish jarayonida uning rangi o'zgarishi ham mumkin. Masalan qizil rangli nurash maxsulotlari ba'zan suv xavzasiga tushganda organik moddalarning parchalanishi natijasida qaytalanish muxiti xukm surishi sababli xavorangsimon yashil rangga aylanadi.
Ko'pchilik suvli qizil rangli yotqiziqlarda bu xavorangsimon yashil rang birlamchidir. Bunday yotqiziqlar er yuziga chiqib qol ganda nurash jarayoni ta'sirida qizG'ish rangga aylanadi. Cho'kindi toG' jinsi rangining asosiy omillardan biri organik moddalarning borligidir. Organik moddaning serobligi sababli toG' jinsining rangi to'q kulrang xatto qoragacha bo'ladi. Cho'kindi toG' jinsining rangi mineralogik tarkibi bilan xam aniqlanadi. Masalan yashil rang glaukonit va xlorid, qizG'ish jigarrang chaqiq jinslardagi kaliyli dalashpati, oqish rang esa kvars mineraliga boyligidan dalolatdir.
Cho'kindi toG' jinsining to'rtinchi xususiyatidan biri uning G'ovakligidir. Chaqiq toG' jinsidagi G'ovaklik zarralarining saralanganligiga, shakli va o'zaro joylashishiga boG'lik. Bu xususiyatlar cho'kindi materialning hosil bo'lish sharoiti hamda yotqizilishiga boG'lik.
G'ovaklik miqdori diagenez, epigenez va nurash jarayonida keskin o'zgaradi.Cho'kindi tog'jinslari Ranov (1967y) hisobicha er qobig'ining 10% tashkil qiladi. Cho'kindi er kobig'ining umumiy xajmi (vulkonogen qatlamdan tashkari) 800 mln m . Ranov xisobi buyicha qit'adagi chukidi tog'jinsining 75% xajmi geosinklinal oblastlarda joylashib kalinligi 10km va undan ortiq. Cho'kindi tog'jinsi orasida gilli, kum alevritli va karbonatli jinslar keng tarqalgan. Bu uch turdagi tog'jinsi umumiy cho'kindi tog'jinsi massasini 95-99% tashkil qiladi.

Download 2,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish