O'qim tezligi m/sek
|
Zarralar o'lchami mm
|
Oqim tezligi m/sek
|
0,5
|
0,35
|
15
|
1,10
|
0,25
|
0,50
|
25
|
1,20
|
1,00
|
0,60
|
50
|
1,50
|
2,50
|
0,70
|
75
|
1,75
|
5,00
|
0,85
|
100
|
2,00
|
10,0
|
1,00
|
150
|
2,20
|
|
|
200
|
2,40
|
Cho'kindi materialni ko'chishida vaqtinchalik kuchli yog'ingarchilik hamda erigan qor suvlarining axamiyati katta (ayniqsa tog'li rayonlarda).
Dengiz va okeandagi doimiy okeanning ham chirindi materialning ko'chishida axamiyati katta. Ularning tezligi 3m/s, uzunligi esa ming kilometr bilan o'lchanadi.
Masalan Golfstrimning kengligi 120 km bo'lib okean suvining 800 m chuqurlikni egallaydi, oqish tezligi esa 0,3 – 2,8 m/s. Dengiz va yirik ko'llarda shamol ta'sirida suv toshgan vaqtda to'lqin ta'sirida cho'kindi loyqalanadi. V.P.Zinonnvich ma'lumotlarga ko'ra qora dengiz sohilida to'fon vaqtida 2 m qalinlikdagi shag'al tosh xarakatga keladi, mayda bo'laklari esa yanaham uzoqroqqa ko'chadi. Terrigen materialning ko'chishi yanada katta masshtabga ega. Suv chaqiq materiallardan tashqari katta miqdorda kolloit, erigan hamda biogan moddalarni ko'chiradi. Masalan Volga daryosi yil davomida 115416 ming.t erigan moddalarni, Amudaryo esa 13398 ming.t, Mississipidaryosi 126360 ming.t oqizib keladi. Er sharidagi hamma daryolar yil davomida quruqlikdan 4868 million tonna erigan moddani va 12695 ming.t mallaq materiallarni oqizib keladi. Cho'kindi materialni cho'kishida vaqtinchalik kuchli yog'ingarchiliklar hamda kuchli qor erishi (tog'rayonlarida sellar) katta axamiyatga ega.
Dengiz va okean oqimlarining cho'kindi materiallarini ko'chishida axamiyati katta .
Okean va dengiz suvlarida 35 mln.t/km3 erigan ka katta miqdorda muallaf materiallar mavjud. Masalan o'rta er dengizida uning miqdori 500t/km3, Atlantik okeanida 400t/km3 etadi. Chuqurlikning 3 km gacha ortishida plankton biomassasining miqdori keskin kamayib 0,1 – 10t/km3 etadi. Biomassa tarkibidagi nektonning miqdori yanada past. Dengiz qirg'og'ining 50 m chuqurligida bentos biomassasini miqdori kilogramning bir necha bo'lagidan 12 – 20 kg/m3, ayrim hollarda esa 50 – 80 kg/m2 ga etadi. 5 – 150 m chuqurlikda biomassaning miqdori keskin kamayib 50 – 500g/m2 ga teng.
Jonivor mahsulotlari cho'kindi material xisoblanib katta masofaga ko'chadi.
Shamol cho'kindi materiallarini ko'chishida asosiy rol o'ynaydi. Uning ko'chirish qobiliyati shamolning tezligiga bog'liq.
Havoning zichligi suvnikiga qaraganda bir muncha past shuning uchun bir xil tezlikda ko'chish suvdagiga qaraganda havoda birnechamarotaba sust.
J.Tule tajriba asosida shamol bilan turli tezlikda ko'chuvchi zarralarning o'lchamini aniqlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |