Neft va gaz konlari geologiyasi



Download 2,65 Mb.
bet27/31
Sana10.06.2022
Hajmi2,65 Mb.
#653143
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
ЛЕКЦИЯЛАР

Tog' jinslardagi asosiy qismning erishi
Tog'jinsini tashkil qiluvchi qismi ma'lum termobarik va geoximik sharoitda chidamlilikka ega. Bu sharoitlarning o'zgarishi natijasida kattik, suyuk va gazsimon fazalar orasidagi muvozanat buziladi. Bu xolat esa ayrim minerallar va organik birikmalarning er osti suvlarida, neftda va kondensatda erishiga olib keladi. Bunga er osti suvlari mineralizasiyasining eritma darajasiga (25-30 g/100 gacha) etishi xamda neft, kondensatda keng tarqalgan kimyoviy elementlar va metalloorganik birikmalarning borligi dalil bo'la oladi.
Galloidlar, sulfatlar, karbonatlar tez eruvchan birikma bo'lib, er osti suvlarining asosiy tuzli qismi xisoblanadi. Bulardan tashqari kvars, alyumosilikatlar va ayrim oksidlar xam eriydi. Minerallarning erishi bir kator omillar bilan aniqlanadi: bular xarorat, bosim, (gidrostatik, litostatik) jinsning sizdirish qobilyati xamda, siljish flyuidalarining (suv, neft, gaz) xususiyati, ularning mineralizasiyasi, tuzli tarkibi, Eh, rn, erigan va erkin gazlarning tarkibi va xokazolar. Masalan Kaspiy bo'Yi egilmasidagi mezozoy yotqiziqlarida kovakli–govakli qum–alevritli jinslarda chuqurlik ortgan sari kaltsitning miqdori kamayadi. Shlifni o'rganish natijasida kaltsit semonining erigan ko'pchilik izlari aniqlangan. Bu jarayon asosan toG' jinsida karbonat angidrid gazining yuqoriligi bilan aniqlanadi. Erishga xaroratning ko'tarilishi tuskinlik Qiladi. Ma'lum muddatga etganda (55-60°S) kaltsitning erishi to'xtaydi. Oxaktoshlarda stilolit chokining xosil bo'lishi kaltsitning erishi bilan boG'lik.
ToG' jinsini mikroskop ostida o'rganish natijasida kvars, plagioklaz va boshqa minerallarning erigan izlari kuzatiladi.Kvarsning erishiga chuqurlik sari ortaborgan xarorat va bosim yordam beradi. Er osti suvlari organik birikmalarni eritadi.
Bitumoidlar, karbon va gumin kislotalari katagenez jarayonida katta axamiyatga ega. Bular ko'pchilik minerallarni eritish qobilyatiga ega. Neft suv bilan kontaktda oksidlanadi, qisman parchalanib uglekislota xosil bo'ladi. Uglevodorodlar sulfat konlarini tiklashi mumkin, natijada qatlam suvlari sulfatga to'yinmagan bo'ladi. Bu xol gips yoki angidritning erishiga olib keladi. Bunday jarayonlar migrasiya bosqichi va uglevodorod uyumlarning xosil bo'lishi uchun xos.
Yangi minerallarning xosil bo'lishi cho'kindi tof jinslarida keng tarqalgan. Ikkilamchi minerallar orasida jins xosil qiluvchilar kvars, kaltsit, dala shpati, plagioklaz, xaltsedon, gidroslyuda, xlorit va boshqalardir.
Ular asosan er osti suvlarida erigan moddalar va jinsdagi g'ovaklarda saqlanadigan gazsimon birikmalar xisobiga xosil bo'ladi.
Yangi minerallar er osti suvlari bilan mineral va organik birikmalarning o'zaro ta'sirida xosil bo'ladi. Autigen (yangi xosil bo'lgan) kaltsit er osti suvidan yukrri xaroratda ajralib chiqib kovak, G'ovak va yoriklarni to'ldiradi.
Kaltsit bilan magniyli suvning o'zaro ta'sirida dolomit xosil bo'ladi. Qumtuproq (kremnezyom) yuqori xarorat va bosimli mintakalarda neytral yoki nordon muxitda xosil bo'ladi. Qum-alevritli jinslarda u kvarsdan oxaktosh va dolomit uchun kovaklarni to'ldirgan kaltsedondan iborat. Ayrim xollarda dolomitda idiomorf kristalli kvars yangi minerali uchraydi. Katagenez bosqichi uchun ikkilamchi xosila-cho'ziq, plastinkali gidroslyuda, qalinit taxlami, xlorit tayokchalari xos. Ularning xosil bo'lishi yukori xaroratli mintakalar bilan boG'lik,. Angidrit xam katagenetik mineral xisoblanadi. Ko'mirsimon organik qoldik va bitumlarning qatlam suvi bilan o'zaro ta'sirida temir sulfidi va metallar xosil bo'ladi. Kislorodga boy suvning temir sulfidiga ta'siri temir gidrooksidining paydo bo'lishiga olib keladi.
Qayta kristallanish katagenez bosqichi uchun xos jarayondir. Bu jarayon shundan iboratki Kristal panjarasining tarkibi, tuzilmasi o'zgarmagan xolda, bir necha kristallarning bir biri bilan ko'shilishi natijasida yiriklashib, Kristal zarralarning kayta xosil bo'lishidan iborat. Minerallarning kayta kristallanishi yangi termobarik sharoitda jins xajmining qisqarishi, zichlanishi, chidamliligining ortishidan iborat.
Qayta kristallanish ayniqsa xemogen va organogen toG' jinslari uchun ya'ni kaltsit, dolomit, gips va boshqalar uchun xos. Cho'kindi maxsulotlarining amorf moddalari diagenez va katagenez bosqichlarda devitrifikasiyaga (kristallarning buzilishi) duchor bo'ladi. Bu opal, sulfat moddalari va effuziv jins bo'laklari uchun xos. Ba'zan cho'kindi katlamning cho'kishi, termobarik va geoximik sharoitning o'zgarishi natijasida katagenetik jarayon teskari tomonga o'zgarishi mumkin.
ToG' jinsini shlifda o'rganilganda kam chuqurlikda kaltsitning erigan izlari, aksincha katta chuqurlikda (2,5-3 km, t=70-75 S) yangi minerallarning xosil bo'lishi kuzatiladi. O'tkazmaydigan gilli toG'jinslarida kichik chuqurlikda dam kaltsitning erigan izlari kuzatilmaydi, ikkilamchi minerallar gilning argilitga o'ttan yoriklarida 4-4,5 km chuqurlikda ro'y beradi.
Shunday qilib o'tkazuvchan tog'jinslarida past xaroratda kaltsit semonining erishi kuzatiladi.
ToG' jinsidagi ikkilamchi o'zgarishning jadalligiga ko'ra katagenez bosqichi ikki yoki uch guruxga bo'linadi:
Erta (boshlanG'ich) katagenez
Kechki (chuqurlik) katagenez yoki protokatagenez
Mezokatagenez (o'rta)
Apokatagenez (oxirgi).
BoshlanG'ich katagenez bosqichi uchun kam o'zgargan bo'sh zichlangan (K<0,85) cho'kindi toG' jinsi xos. Misol uchun: gillar, alevritlar, qum, bushok, yoki bo'sh semonlangan qumli –alevritli jinslar, bur, chiG'anok toshli oxaktoshlar va boshqalar.
Bu bosqichda gil uchun montmorillonit, kaolinit, aralash qatlik maxsulotlar xos. Qumli–alevritli toG' jinslari boshkalardan unchalik pishiq bo'lmagan bo'sh joyining borligi bilan FarQQiladi. Bu bur, chiG'anok; toshli oxaktosh va boshqa toG' jinslari uchun xos.
Kechki katagenez toG' jinsining kuchli zichlanishi (K> 0,85-0,90) montmorillonit va kaolinitning aralashkatli maxsulotga, gilning argillitga, bo'sh zich qumli–aleritli jinsning mustaxkam qumtosh yoki qumli alevritga, bo'rning oxaktoshga almashinishi bilan xarakterlanadi.



Download 2,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish