Piroklastik toG' jinslarining geologik tarkalishi, xosil bulishi vaaxamiyati
Xamma piroklastik toG' jinslarining hosil bo'lishi er usti va suv osti vulqon jarayonlari bilan boG'liq. Piroklastik toG' jinslari hosil bulishida tog jinsining govakligi xisobiga buladigan ikkilamchi gidrokimyoviy qayta o'zgarishlar katta axamiyatga ega. Piroklastik toG'jinslari ko'pincha kuchli vertikal xarakatlar sodir buladigan geosinklinal viloyatlarda, ayrim xollarda esa platforma viloyatlarida (masalan kimberlitlar) xududlarida uchraydi. Ural, Tyan-Shan geosinklinal viloyatida kuyi paleozoy, silur katlamlarida uchraydi. Oltoyning devon jinslarida keng tarkalgan. Sibirning yukori paleozoy (tungus svitasi), uzok Shark va Chukotkaning bur, Kavkazning o'chlamchi, Zakavkaze, Kamchatkaning to'rtlamchi davr yotqiziqlarida keng tarqalgan.
Piroklastik toG' jinslari muxim axamiyatga ega. Kimberlitlar (olmossimon tuflar) olmosning tub manbaidir. Kremniy kislotaga boy bulgan tuflar suv osti inshoatlarini kurish uchun ishlatiladigan semon olishda keng qo'llaniladi. Ayrim nordon tarkibli tuflar esa shisha tolalarini olishda ishlatiladi.
Vulqon tuflari G'ovakligi, yumshokligi tufayli kurilishda keng kullaniladi.
Tayanch so'z va iboralar: Piroklastik tog'jinslar, tuflar, tufobrenchillar, tufitlar, tufogenlar.
Nazorat savollari:
1. Piroklastik tog'jinslarining tasnifini keltiring.
2. Tuf va tufobrenchillar nimalarga aytiladi.
3. Tufitlar va tufqogenlarning farqi qanday.
4-mavzu. Chaqiq tog'jinslari
Reja:
1. Chaqiq tog'jinslari nima
2. Dag'al chaqiqli jinslar, chaG'irtoshlar nima
3. Konglomeratlar, qumli jinslar grauvanlar hakida tushuncha berish
4. Alevritli jinslar, chaqiq va aleveritli jinslarning xosil bo'lishi, tarqalishi va ahamiyati
Chaqiq tog'jinslari cho'kindi mahsulotlarining asosiy namoyondalaridan biri bo'lib er kobig'ining 20% ni tashkil qiladi. Chaqiq jinslar ularni tashkil qiluvchi bo'laklarning o'lchamiga ko'ra turlarga ajratiladi. Petrografiyada chaqiq va gilli jinslarning unli sinflanishi qabul qilingan. Ajratilgan guruxning oxirgi o'lchami bir biridan 10 marta ustun. Natijada ajratilgan fraktsiyalar o'lchamini tariflovchi 1000, 100, 10, 1,0, 0,1, 0,01 mm li son qatori kelib chiqadi.
Dag'al chaqiqli jinslarning bo'laklari 1 mm dan ortiqqumli zarralar-0,1-1,00 mm, alevritli 0,1-0,01 mm, gilli zarralar esa 0,01 dan kam. Xarsang toshlar 1000-100 mm, yirik shag'al tosh 100-10 mm, mayda shag'altosh 10-2 mm, qumli zarralar 2-0,1 mm, alevritli zarralar 0,1-0,01 mm, gilli zarralar 0,01 mm dan kichik.
Chaqiq. jinslarning tasnifi uning mineral tarkibi va bo'laklarning tuzilmasiga asoslanadi. Ko'pincha ularni tasniflashda bo'laklarning tuzilma xususiyati ya'ni ulchami va shakliga axamiyat beriladi.
Mexanik nurash jarayonida hosil bo'lgan mineral va jins bo'laklari er usti va suv sharoitida turli shaklga ega. Bular izometrik, ko'pburchakli, varaqsimon, ignasimon va boshqalar. Er usti va suv ostida bo'laklar yoki zarralar bir biriga, cho'kindiga urilib ularning qirralari silliqlanadi, natijada o'lchami kamayadi.
Dag'al bo'laklar tez, qumli esa sekin silliqlanadi. Alevritli bo'laklar uzoqo'zining birlamchi shaklini saqlaydi. Bunga sabab alevritli va pelitli zarralar muallaqholatda ko'chadi.
Hamma chaqiq jinslar bo'laklarning o'lchamiga ko'ra dag'al bo'lakli, qumli va alevritli jinslarga bo'linadi. Chaqiq jinslar mineral tarkibiga ko'ra monomineral, oligomiktli va polimiktli turlarga bo'linadi.
Chaqiq jinslarning monomineral turida qandaydir mineral 95% ni tashkil qiladi.
Oligomiktli jinsda esa ustun bo'lgan minerallar 15-95%ni tashkil qilishi kerak. Jinsdagi ustun bo'lgan minerallar miqdori 75% dan kam bo'lsa polimiktli deb ataladi.
Chaqiq jinslarning bunday turlarga bo'linishi FAqat qumli va alevritli toG' jinslari uchun qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |