12.7.2. Po‘lat rezervuarlar va mahsulotlarni saqlash sharoitlari
Hozirgi zamon po‘lat rezervuarlarning ko‘rinishi texnologik maqsadga ko‘ra: tik silindrik, tomchi va yotiq (sisterna) ko‘rinishida bo‘ladi.
Òik silindrik ko‘rinishdagi po‘lat rezervuarlar, o‘z navba- tida past bosimli «atmosfera», pontonli va suzib yuruvchi qop- qoqli rezervuarlarga bo‘linadi. Past bosimli rezervuarlarning ichki havo bo‘shlig‘idagi bosim atmosfera bosimiga yaqin, ya’ni uning qiymati 2000 Pa (0,02 kgs/sm2) ga teng. Bunday rezervuarlarga tomi konus va sferik ko‘rinishda yopilgan rezervuarlar kiradi (39- rasm). Ularda sekin bug‘lanadigan neft mahsulotlari: kero- sin, dizel yoqilg‘isi va boshqalar saqlanadi.
39- rasm. Past bosimli tik po‘lat rezervuarlarning umumiy chizmasi:
1– konus ko‘rinishidagi; 2– sferik ko‘rinishdagi rezervuarlar.
Konus ko‘rinishidagi rezervuarlarning hajmi 100 m3 dan 5000 m3 gacha, sferik ko‘rinishdagilarniki esa 10000, 15000 va 20000 m3 ni tashkil qiladi.
Yengil bug‘lanuvchan neft mahsulotlari (benzinlar)ni saqlashda maxsus konstruksiyaga ega bo‘lgan suzib yuruvchi qopqoqli, pon- tonli yoki yuqori bosimli tomchi ko‘rinishidagi (0,7 kgs/sm2 bosim ostida) rezervuarlardan foydalaniladi.
Yotiq (gorizontal) ko‘rinishdagi rezervuarlarda turli neft mahsulotlari saqlanib, ulardan, asosan, sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaligida tarqatuvchi ombor sifatida foydalaniladi. Ular 0,07 MPa ichki bosim ostida ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, haj- mi 5¼100 m3 gacha bo‘ladi.
Suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarning statsionar (qo‘z- g‘almas) tomi bo‘lmaydi. Òom vazifasini metall varag‘i (listi)dan tayyorlangan suyuqlik yuzasida suzib yuruvchi disk bajaradi. U maxsus konstruksiyaga ega bo‘lib, uning suyuqlik ustidagi hara- kati qo‘zg‘aluvchan narvon yordamida amalga oshiriladi. Bunday rezervuarlarning hajmi 100 m3 dan 50000 m3 gacha bo‘ladi.
Suzib yuruvchi pontonli rezervuarlarga tomi metall bo‘laklari bilan yopilgan rezervuarlar kiradi. Ponton po‘kak ko‘rinishidagi disk bo‘lib, mahsulot yuzasiga tegib turadi, ya’ni mahsulot sathi bilan birga harakatlanadi. Mahsulot yuzasi bilan uning o‘rtasida havo bo‘shlig‘ining hosil bo‘lmasligi sababli yengil bug‘lanuvchan mahsulotlar, benzinlarning isrof bo‘lishi past bosimli rezer- vuarlarga qaraganda 5–6 marta kam bo‘ladi.
Òomchi ko‘rinishidagi rezervuarlar pontonli va suzib yu- ruvchi qopqoqli rezervuarlarni ishlatish mumkin bo‘lmagan hollarda yengil bug‘lanuvchan mahsulotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Bunday rezervuarlar 0,04 –0,2 MPa bosim ostida ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |