11.5.Quvurlarniishlatishdakorroziyajarayonlariningbartarafetilishi Neft-gaz quvurlari va mahsulot saqlovchi rezervuarlarni ish- latishda ularning tashqi va ichki yuzalarida korroziya jarayon- lari sodir bo‘ladi . Òashqi yuzalari tuproq, daydi toklar va bakteriyalardan, ichki yuzalari esa mahsulotlar tarkibidagi moddalar (N2 S; SO2 ) hamda mahsulot osti suvlari ta’sirida korroziyalanadi. Natijada qurilmalarda turli ko‘rinishdagi kor- roziya jarohatlari hosil bo‘lib, qurilmalarning ishlash mud- datini kamaytiradi. Bu esa katta miqdorda bevosita va bilvosita xarajatlar sarfini yuzaga keltiradi. Bunday salbiy ta’sirlarning oldini olish maqsadida quvur va rezervuarlarni korroziyadan himoya qilish tadbirlari amalga oshiriladi. Qurilmalarni tup- roq, daydi toklar va bakteriyalar ta’siridagi korroziyadan himoya qilish passiv (izolatsiya qoplamalari) va aktiv (katod stansiyalari, protektor va elektrodrenaj) usullari yordamida amalga oshiriladi. Ichki yuzalari esa, asosan, korroziya ingibi- torlari yordamida himoya qilinadi. Shuningdek, nasos va kom- pressorlarning asosiy qismlari korroziyaga chidamli po‘lat qo- tishmalardan ham tayyorlanadi.
Metall qurilmalar yuqorida keltirilgan sharoitlarda elektro- kimyoviy korroziya mexanizmi asosida yemiriladi, ya’ni qurilma yuzasida hosil bo‘lgan galvanik elementlarning anod bo‘limida oksidlanish, katod bo‘limlarida esa qaytarilish jarayonlari sodir bo‘ladi. Oksidlanishda anod bo‘limi metall atomlarining ionlarga parchalanishi (Fe® Fen+ne), qaytarilishida esa katod bo‘limi elek- tronlarning qutbsizlantiruvchi (H3 +Men+ O2 ) lar tomonidan biriktirib olish jarayoni ro‘y beradi, ya’ni qaytarilish reaksiyasi hosil bo‘ladi.
Masalan, 2H+ + 2e → H2 ; Fe2 + + 2FeO2 + 2H2 O + 4e → 4OH .
Natijada Fe2+ +4OH® Fe(OH)2 korroziya mahsuloti hosil bo‘ladi. Bu jarayonlar uzluksiz davom etib, qurilmaning korro- ziyalanishini, ya’ni yemirilishini sodir etadi.
Katod va protektor himoya usullarining himoya qilish mexa- nizmi qurilmalar yuzasida manfiy zaryadlar hosil qilib, ularni katod singari qutblashga asoslangan. Bu holda qurilma yuzasida anod bo‘limining hosil bo‘lishi to‘xtaydi.
Elektrodrenaj himoya usulining himoya qilish mexanizmi quvurlardagi daydi toklarni kabel orqali temiryo‘l izi (rels)ga uza- tish bilan elektrokorroziya jarayonining sodir bo‘lmasligini ta’minlaydi.
Qurilmalarni passiv usulda himoya qilish bitum mastikasi asosida hosil qilingan izolatsiya qoplamasi va yopishqoq poli- mer lentalar yordamida amalga oshiriladi. Bu qoplamalar tash- qi muhitning qurilmalarga bo‘lgan ta’sirini yo‘qotadi yoki kamaytiradi .
Quvur va rezervuarlarning ichki yuzalari, asosan, korroziya ingibitorlari yordamida himoya qilinadi. Korroziya muhitiga kiritil- gan ingibitorlar quvur va rezervuarlarning ichki yuzasida himoya pardasini hosil qilib, tashqi muhit ta’sirini kamaytiradi. Natijada ma’lum bir vaqt davomida qurilmalar ichki yuzasining korrozi- yalanishi to‘xtaydi yoki sekinlashadi.
8 3
12.1.Neftomborlariningturlarivatoifalari Neft mahsulotlarini saqlovchi omborlar ikki guruhga: mus- taqil neft mahsuloti omborlari va korxona qaramog‘idagi neft mahsulotlarini saqlovchi omborlarga bo‘linadi.
Mustaqil neft mahsuloti omborlari (1- guruh) boshqaruv tizi- miga ega bo‘lib, neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, iste’molchilarga taqsimlash va uzatish kabi vazifalarni o‘taydi. Kor- xona qaramog‘idagi (2- guruh) neft omborlari chog‘roq ko‘rinishda bo‘lib, ular neft mahsulotlarini saqlash hamda korxona sexlari va boshqa xo‘jalik tarmoqlarini neft mahsulotlari bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxona rahbariyatiga bo‘ysunadi. Neft mahsulotlarini esa shu hududda joylashgan taqsimlovchi yoki uzatuvchi neft omborlaridan oladilar.
Neft mahsulotlari omborlari rezervuarlar saroyining hajmiga ko‘ra 3 toifaga bo‘linadi. 1- toifaga umumiy hajmi 100 ming m3 va undan ortiq bo‘lgan neft mahsuloti omborlari; 2- toifaga umu- miy hajmi 20 ming m3 dan 100 ming m3 gacha bo‘lgan neft mahsuloti omborlari; 3- toifaga umumiy hajmi 20 ming m3 gacha bo‘lgan neft mahsuloti omborlari kiradi.
Eslatma: Umumiy hajmga omborning rezervuarlar saroyi hajmi va idishli mahsulotlar hajmi ham kiradi.
Asosiy bajaradigan ishlariga ko‘ra 1- guruh neft mahsuloti omborlari taqsimlovchi va uzatuvchi omborlarga bo‘linadi. Òaqsimlovchi neft mahsuloti omborlari o‘z sferasi qaramog‘idagi barcha korxonalar, tashkilotlar va boshqa iste’molchilarga neft mahsulotlarini taqsimlash (tarqatish) ishlarini bajaradi. Uzatuv- chi neft mahsuloti omborlari esa bir transport orqali olib kelin- gan neft mahsulotlarini qabul qilib olib, keyin ularni boshqa transport vositalari orqali iste’molchilar (taqsimlovchi neft omborlari)ga uzatadi. Masalan, suv transportida keltirilgan mah- sulotlarni qabul qilib (saqlab), keyin ularni boshqa turdagi tran- sport (temiryo‘l, quvur) lar orqali iste’molchilarga uzatadi.
Neft mahsuloti omborlari yong‘indan xavfsizlik talablariga ko‘ra korxona va boshqa obyektlardan ma’lum uzoqlikda, maxsus ajra- tilgan maydonda joylashadi. Ular orasidagi masofa qurilish me’yori va qoidalari (QMQ) asosida belgilanadi.