salbiy oqibatlar va ularni kamaytirish chora-tadbirlari 14.2.1. Atmosferaning ifloslanishi
Neft mahsuloti omborlarida bajariladigan texnologik jarayon- lar (qabul qilish, saqlash va tarqatish)ni bajarishda neft mah- suloti bug‘larining atmosferaga tarqalishi (isrof bo‘lishi) sodir bo‘ladi. Ayrim hollarda ularning isrof bo‘lish miqdori ko‘p (2– 5 foiz) bo‘lib, xalq xo‘jaligiga katta ziyon keltiradi. Ayniqsa yengil bug‘lanuvchi neft mahsulotlarida isrofgarchilik miqdori katta bo‘ladi. Natijada mahsulot miqdori kamayib, sifati yomonlashadi.
Sifat va miqdor yo‘qolishi, asosan, neft mahsulotlarini re- zervuarlarda saqlash hamda quyish-to‘kish jarayonlarida sodir bo‘ladi.
Yengil bug‘lanuvchan neft mahsulotlarining rezervuarlardagi isrof bo‘lishi katta va kichik «nafas olish» jarayonlarida amalga oshadi.
Kichik «nafas olish»dagi mahsulotning isrof bo‘lishi uni re- zervuarda statsionar holatda saqlash jarayonida yuz beradi. Kun- duzi haroratning ko‘tarilishi natijasida saqlanayotgan mahsulot bug‘lanadi. Hosil bo‘lgan mahsulot bug‘lari rezervuarning havo bo‘shlig‘iga to‘planib, bosimini oshiradi. Natijada nafas oluvchi klapan ochilib, hosil bo‘lgan havo va mahsulot bug‘i aralashmasi atmosferaga tarqaladi.
Kechasi teskari jarayon ro‘y beradi. Haroratning pasayishi bilan rezervuar ichidagi mahsulot bug‘larining kondensatsiya- lanishi havo bo‘shlig‘idagi bosimni kamaytiradi, ya’ni vakuum hosil bo‘ladi. Bu «nafas oluvchi» klapanning ochilishiga olib ke- ladi va u orqali rezervuar ichiga yangi havo oqimi kiradi.
Yuqorida keltirilgan jarayonlar mahsulotni saqlash mudda- ti davomida uzluksiz davom etadi va tegishlicha saqlanayotgan mahsulotning sifat hamda miqdor o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi.
Katta «nafas olish»dagi yo‘qotish rezervuarni mahsulot bi- lan to‘ldirish va to‘kish jarayonlarida sodir bo‘ladi. Rezervuarni neft mahsuloti bilan to‘ldirishda uning ichida hosil bo‘lgan havo-bug‘ aralashmasi siqilib, yuqoriga ko‘tariladi va rezer- vuarning havo bo‘shlig‘i bosimini oshiradi. Natijada «nafas oluv- chi» klapan ochilib, rezervuar ichidagi havo-bug‘ aralash- masi tashqariga chiqib ketadi, ya’ni katta «nafas» chiqarish sodir bo‘ladi. Mahsulotni rezervuardan to‘kishda esa tegishli hajmdagi yangi havo oqimi klapan orqali rezervuar ichiga ki- rib, «nafas olish» sodir bo‘ladi. Kirgan havo yana neft mah- suloti bug‘i bilan aralashma hosil qiladi. Shunday qilib, bu jarayon rezervuarning mahsulot bilan to‘lishi va bo‘shashi da- vomida sodir bo‘laveradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, rezervuarlarni benzin bilan to‘ldirish jarayonida katta «nafas olish»dagi yo‘qotish yoz oy- larida taxminan 0,55 kg/m3 ni, qish oylarida esa 0,35 kg/m3 tashkil qiladi. Mahsulotni rezervuardan to‘kish jarayonida katta «nafas olish»dagi yo‘qotish 0,1 kg/m3 ni tashkil qiladi. Hajmi 5000 m3 li bitta rezervuardagi katta «nafas olish»dagi yo‘qotish to‘kishda 500 kg ni, quyishda 2700 kg ni (yozda), qishda 1750 kg ni tashkil etadi.
Katta va kichik «nafas olish»dagi yo‘qotishlarni kamaytirish quyidagi tadbirlar orqali amalga oshiriladi:
– yengil bug‘lanadigan neft mahsulotlarini pontonli yoki suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarlarda saqlash;
– gaz bo‘shlig‘idagi hisobli bosim ko‘rsatkichini oshirish. O‘rta Osiyo uchun 0,026 MPa gacha;
– rezervuarlarni to‘la to‘ldirish, ya’ni qo‘zg‘almas (statsio- nar) qopqog‘igacha to‘ldirish;
– neft mahsulotlarini katta hajmdagi rezervuarlarda saq- lash, ya’ni hajm ortishi bilan solishtirma yo‘qotish kamayib boradi . (Yillik yo‘qotish rezervuar hajmiga bog‘liq bo‘ladi) . Masalan, hajm V=200 m3 , yillik yo‘qotish 5,75 foiz, hajm V=2000 m3 , yo‘qotish 3,75 foiz; hajm V=10000 m3 , yo‘ - qotish 2,75 foiz;
– bir turdagi neft mahsulotlarini saqlovchi rezervuarlarni «nafas» oluvchi rezervuar bilan ulash. Bunda kichik «nafas olish»- dagi yo‘qotishning oldi olinadi.
– neft mahsuloti bug‘larini yig‘ish va ularni sun’iy sovitish;
– rezervuarlarni oq rangga bo‘yash;
– to‘kish va quyish oralig‘ini kamaytirish va h.k. Bunda katta «nafas olish»dagi yo‘qotish kamaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |