Neft mahsulot



Download 1,01 Mb.
bet32/36
Sana19.07.2022
Hajmi1,01 Mb.
#824945
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
44- rasm. Suyultirilgan gazni izotermik sharoitda saqlash chizmasi: 1– issiqlik izolatsiyasi qoplangan yupqa devorli rezervuar; 2– suyuq gaz;
3rostlash (drossellash) krani; 4kompressor; 5issiqlik almashtirgich;
6sovitish uchun suv; 7issiqlik almashtirgich.

devorli rezervuarda saqlanadi. Saqlash jarayonida atrof-muhit harorati hisobiga rezervuar ichidagi suyuq gazning ma’lum bir qismi bug‘lanadi. Hosil bo‘lgan gaz bug‘i issiqlik almashtirgich (7) orqali kompressor (4) ga so‘riladi va siqilgandan keyin is- siqlik almashtirgich (5) ga keladi. Bu yerda siqilish natijasida qizigan gaz bug‘i suv bilan sovitiladi, ya’ni gaz kondensatsiya- lanadi. Kondensatsiyalangan suyuqlik issiqlik almashtirgich (7) da qarama-qarshi kelayotgan sovuq bug‘ bilan qo‘shimcha sovitiladi. Keyin rostlagich (drossel) (3) yordamida suyultirilgan gaz bosimi rezervuar ichidagi bosimgacha kamaytiriladi va rezer- vuar (1) ga oqiziladi.



1 04


14.1. Neft va neft mahsulotlarini tashishdagi salbiy oqibatlar
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, magistral neft va gaz quvurla- rida sodir bo‘ladigan turli avariyalar natijasida ular orqali tashi- layotgan neft va uning mahsulotlari yerga va suv havzasiga to‘kiladi. Gazlar esa atmosferaga tarqaladi. Natijada atrof-muhit kompo- nentlari: gidrosfera, litosfera, atmosfera va biosfera ifloslanadi. Har qanday moddalar singari neft, neft mahsulotlari va gazlar ham ma’lum zararli ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, atrof-muhit kompo- nentlarini tashkil etuvchilar (insonlar, hayvonot va o‘simlik dunyosi va boshqalar)ning ekologik shart-sharoitlarini yomon- lashtiradi.
14.1.1. Osimlik va yer qatlamiga bo‘ladigan ta’sirlar
Magistral quvurlardan to‘kilgan neft va neft mahsulotlari yer- ning biologik unumdorligining pasayishiga olib keladi. Neft va neft mahsulotlari bilan ifloslangan yerga ekilgan o‘simlikning bo‘yi neft bilan ifloslanmagan yerga ekilgan o‘simlikning bo‘yiga qara- ganda 3–4 marta past, hosildorligi esa 5–6 marta kam bo‘lishi amaliy kuzatishlarda ham aniqlangan.
Neftning qaynash harorati 150° Ñ dan 275° Ñ gacha bo‘lgan fraksiyalari yuqori zaharli, qaynash harorati past bo‘lgan frak- siyalari (tez bug‘lanuvchi fraksiyalari) kam zaharli hisoblanadi. Bunday fraksiyalar tez bug‘lanishi natijasida yer qatlamiga singib ketishga ulgurolmaydi.
Yuqori haroratda qaynovchi og‘ir fraksiyalarning qovushqoqligi yuqori bo‘lishi yerdagi o‘simlik qatlamiga bo‘lgan ta’sirini oshi- radi.
Umuman, neft va neft mahsulotlari bilan ifloslangan yerdagi o‘simlik qatlamining o‘z-o‘zicha tozalanish jarayoni (ayniqsa, shimoliy hududlarda) bir necha yilni tashkil qiladi.
Òo‘kilgan neft va neft mahsulotlarining tuproq va o‘simlik qatlamiga bo‘lgan ta’sirini kamaytirish (oldingi holatiga qayta- rish) ikki usulda, ya’ni to‘kilgan neftni qirib olish va neft to‘ - kilgan maydonni regeneratsiya (yerni yuvish) orqali amalga oshiriladi.
Yer osti suvlarining sathi yer yuzasidan chuqurda joylashgan bo‘lsa, qirib olish usulidan foydalaniladi. Aks holda regeneratsiya (yerni yuvish) usulidan foydalaniladi.


14.1.2. Suv havzalariga bo‘ladigan ta’sirlar
Suv havzalarining neft va neft mahsulotlari bilan iflosla- nishi ular orqali (ustidan yoki tagidan) o‘tkazilgan quvur bo‘limlarining yorilishi yoki tanker va barjalarning ishdan chi- qishi natijasida sodir bo‘ladi. Òo‘kilgan neft suv yuzasi bo‘yicha yoyilib yupqa parda hosil qiladi. Ma’lumotlarga qaraganda, bir tonna to‘kilgan neft 20– 30 km2 maydondagi suv yuzasiga yoyi- lib, uni ifloslantiradi. Hosil bo‘lgan parda natijasida suv bilan atmosfera o‘rtasidagi havo almashuvi jarayoni buziladi. Bu suv- ning ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari suv tarkibidagi erigan, emulsiya va kolloid zarrachalar ko‘rinishidagi neftlar suvning fizik-kimyoviy xossalariga ta’sir etib, unda yashayotgan o‘simlik va hayvonot dunyosining ya- shash faoliyatini yomonlashtiradi hamda suvdan foydalanish- ni qiyinlashtiradi. Ayniqsa, neft bilan ifloslangan suv baliqchilik xo‘jaligiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, neft yoki neft mahsulotining suvdagi konsentratsiyasi 0,5 mg/l bo‘lganda bir sutkadan keyin; 0,25 mg/l bo‘lganda 3 sutkadan keyin; 0,1 mg/l bo‘lganda 10 sutkadan keyin shu suvda yashayotgan baliq iste’mol qilinganda unda neft mahsulotining ta’mi borligi se- ziladi.
Suv tarkibidagi neft miqdorining kamayishi, uning tabiiy parchalanishi, kimyoviy oksidlanishi suvda yashovchi mikroor- ganizmlar ta’siridagi biologik parchalanish natijasida sodir bo‘ladi. Biroq bu jarayon bir necha yil davomida amalga oshadi. Bunday salbiy ta’sirlarning oldini olish to‘kilgan neftlarni tezda suvdan ajratib olish orqali amalga oshiriladi. Buning uchun suv havzasining (oqar yoki oqmas) holatiga qarab to‘kilgan
neftlar iloji boricha tezroq to‘planadi, keyin maxsus mos- lamalar (suzib yuruvchi sharlar) yordamida suvdan ajratib olinadi.


14.2. Neft va neft mahsulotlarini saqlashdagi

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish