Neft mahsulot



Download 1,01 Mb.
bet22/36
Sana19.07.2022
Hajmi1,01 Mb.
#824945
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
28- rasm. Neft va neft mahsulotlarini tashuvchi
tankerning umumiy sxemasi:
1,2. . . 12bolimlar; 13mashina zali bosh qismi; 14orta qismi;
15burun qismi.

tankerlarda ishlab chiqarish qobiliyati soatiga 2000 m3 mahsulot- ni tushira oladigan nasoslar guruhi o‘rnatilgan bo‘ladi.


10.2. Suyultirilgan gazlarni suv transportida tashish
Suv orqali suyultirilgan gazlarni tashish dengiz va daryo trans- portlarida, ya’ni rezervuarlar bilan jihozlangan tankerlarda amalga oshiriladi. Rezervuarlarning turiga ko‘ra tankerlar: bosim ostida ishlovchi, rezervuarlar bilan jihozlangan tankerlar (propan uchun 1,6 MPa) ga va issiqlik izolatsiyasi bilan o‘ralgan, past bosimli rezervuarlar o‘rnatilgan tankerlarga bo‘linadi. Keyingi holatda suyultirilgan gaz atmosfera bosimiga yaqin bo‘lgan bosimda lekin past haroratda tashiladi.
Masalan, propan – 45°Ñ da, etilen – 103°Ñ da, suyultirilgan tabiiy gaz – 162°Ñ da tashiladi. Bosim ostidagi yarim izotermik holatda bo‘lgan gazlar hajmi 2000 m3 gacha bo‘lgan tankerlarda tashiladi. Bu holda gazlar tik va yotiq silindrik va sferik ko‘rinishdagi rezervuar- larda tashiladi. Òik o‘rnatilgan silindrik ko‘rinishdagi rezervuar- larda tashiladigan suyultirilgan gazning bosimi 1,6 MPa gacha bo‘ladi. Yotiq va sferik ko‘rinishdagi rezervuarlarda suyultirilgan gazlar yarim izotermik sharoitda tashiladi. Bu sharoitda, ya’ni sovitish tizimi bo‘lgan sharoitda gazlarni ortish va tushirish uchun ishla- tiladigan nasoslar sovitish tizimiga ulangan bo‘ladi.
Izotermik tankerlarning hajmi 10 ming m3 gacha bo‘ladi. Suyul- tirilgan gazlar, daryo orqali o‘zi yuradigan hamda tortib yurila-
digan barjalarda tashiladi. Ularning yuk ko‘taruvchanlik qobiliyat- lari 60, 100, 200 va 300 tonnagacha bo‘ladi.


10.3. Neft mahsulotlarini avtomobil transportida tashish
Avtomobil transporti neft mahsulotlarini taqsimlovchi neft omborlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilarga yetkazib berish- da keng foydalaniladi. Bu transport yordamida neft mahsulotlari temiryo‘l va suv transportlari orqali olib borib bo‘lmaydigan hududlarga tashiladi. Mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish avtosisternalarda, avtoyoqilg‘i quyuvchilarda hamda kon- teynerlar, bochkalar va kichik idishlarda amalga oshiriladi. Avto- sisternalarning hajmi 30 m3 gacha bo‘lib, ular neft mahsulot- larini quyish uchun quvur (potrubok), nafas oluvchi klapan, mahsulot balandligini ko‘rsatuvchi moslama, nasos va boshqalar bilan jihozlangan bo‘ladi (29- rasm).
Avtoyoqilg‘i quyuvchilar avtosisternalar bo‘lib, ular avto- mashina transportlarini, qishloq xo‘jalik mashinalarini, samolyot- larni yoqilg‘i va surkovchi moylar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan. Ular tegishlicha asbob va uskunalar bilan jihozlangan. Avtoyoqilg‘i quyuvchilar yuk tashuvchi mashinalar shossesiga o‘rnatilgan bo‘lib, ularning sisternalari hajmi 2,8–8 m3 gacha bo‘ladi. Neft va neft mahsulotlari konteyner va kichik idishlarda ham tashiladi. Konteyner- larning hajmi 1–5 m3 gacha bo‘lib, keltirilgan mahsulot (kontey- ner bilan birga) kran yordamida tushiriladi. Konteynerlar metall- dan yoki elastik rezina materiallaridan tayyorlangan bo‘ladi. Kichik idishlarga bochka va bidonlar kiradi. Bochkalar neft mahsulotlarini omborlardan iste’molchilarga tashishda keng qo‘llaniladi. Ular metall





29- rasm. Neft mahsulotlarini tashish uchun avtosisterna.
va yog‘och-fanerlardan tayyorlanadi. Metalldan yasalgan bochka- larda suyuq mahsulot (benzin, kerosin)lar, yog‘och-fanerali boch- kalarda esa surkovchi moy (quyuq smazka)lar tashiladi. Metall boch- kalarning hajmi 50¼500 litrgacha, fanerli bochkalarniki esa 50 litrgacha bo‘ladi.
Bidonlar ham metall va yog‘och-fanerdan tayyorlanadi. Metall bidonlar benzinlar uchun ishlatilib, avtomobil transportida mah- sulotlarni qishloq xo‘jaligi texnikalariga yetkazib berishda keng foy- dalaniladi. Ularning hajmi 5 litrdan 62 litrgacha bo‘ladi. Faner bidonlari quyuq surkovchi neft mahsulotlarini tashishda ishlatiladi.


10.4. Suyultirilgan gazlarni avtomobil transportida tashish
Suyultirilgan gazlarni avtomobil transportida tashish avto- sisternalarda, ballonlarda va «sirpanuvchi» rezervuarlarda amalga oshiriladi. Avtosisternalar ishlatilish maqsadiga ko‘ra: tashuvchi va taqsimlovchilarga bo‘linadi. Òashuvchi avtosisternalar suyul- tirilgan gazlarni gaz beruvchi zavoddan oraliq bazalar va gaz to‘ldiruvchi stansiyalarga tashish uchun foydalaniladi. Òarqatuv- chi avtosisternalar suyultirilgan gazlarni iste’molchilarning bal- lonlariga quyish uchun mo‘ljallangan. U tegishli nasos va boshqa moslamalar bilan jihozlangan. Sisternalar silindr ko‘rinishidagi idish bo‘lib, avtomobil shossesiga o‘rnatilgan. Sisternalar turiga ko‘ra, ularning hajmi 4– 15 m3 gacha bo‘ladi. Suyultirilgan gazlar ballonlarda oddiy bortli va maxsus kassetali avtomashinalarda tashi- ladi. Bu mashinalar bir vaqtning o‘zida 55 tadan 77 tagacha bal- londagi gazni tashish imkoniyatiga ega. Ballonlar andoza (DASÒ) lar bo‘yicha tayyorlanib ular 1,6 MPa gacha bo‘lgan bosim ostida ishlashlari mumkin. Andoza bo‘yicha ballonlarning hajmi 2,6; 5; 12; 27; 50 va 80 litrli bo‘ladi. «Sirpanuvchi» (olib quyiladigan) rezervuarlarda suyultirilgan gazlarni tashish oraliq va gaz to‘ldiruvchi stansiyalardan uzoqda joylashgan iste’molchilar uchun foydalaniladi. Bunday rezervuarlarning hajmi 0,5 m3 dan 3,5 m3 gacha bo‘ladi. Bularning ichida ko‘proq ishlatiladigani RS- 1600 rezervuari (hajmi 1600 litr) bo‘lib, u 1,8 MPa bosim ostida ishlashga mo‘ljallangan. Suyultirilgan gazlarni «sirpanuvchi» rezervuarlarda tashish ballonlarda tashishga qaraganda 20–25 foiz arzonga tushadi.


7 5

Quvurlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ular ichida hosil bo‘ladigan turli ko‘rinishdagi to‘siqlar (mexanik iflosliklar, parafinlar va boshqalarning cho‘kishidan hosil bo‘ladigan) hamda sodir bo‘ladigan turli ko‘rinishdagi avariyalar (korroziya sabab- li) ta’sir ko‘rsatadi. Bunday salbiy ta’sirlarni kamaytirish quvur- larni ishga tushirish va ishlatishda, ularning ichki yuzalarini to- zalash hamda korroziya oqibatida sodir bo‘ladigan kichik va katta jarohatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish orqali amalga oshiriladi.





Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish