X asrning ikkinchi yarmi va XI asr birinchi yarmida yashab o`tgan Islom silsilayi olamining yettinchi siymosi hazrat Abul Hasan Haraqoniy bo`lgan. U ham dili, ham tili bilan Ollohning sifatlarini xalqqa yetkazib, xaloyiqni hidoyatga chorlab, saboq bergan ulug` alloma va avliyolardan biri bo`lgan. Ahtam Sahoba Yangiqo`rg`on qishlog`ida joylashgan katta va obod ziyoratgohdir. Ahtam Sahobaga atab o`tgan asrning boshlarida masjid qurilgan bo`lsada, ammo u zotning shaxsi va tarixi bilan bog`liq manbalar saqlanib qolmagan yoki yetib kelmagan. Unga atab amirlik davrida masjid barpo etiladi. Masjid 1913-1914-yillarda qurib bitkazilgan. Xo`ja Bag`dodiy Xoja Bag`doddiy qabri Ijand qishlog`idagi qadimiy qabristonda joylashgan. U zotning tarixi, shaxsi haqida mahalliy xalq xotirasida yoki yozma manbalarda tayanch ma`lumotlar yo`q. “Avliyo bobo” degan ixlos bilan ziyorat qilinadi va asli nasablari bag`dodlik ekanligi e`tirof etiladi. Qabr o`rnida uchta qabrga qadimda qo`yilgan marmartosh mavjud. So`nggi o`rta asrlardagi tasavvuf olamining Miyonqol viloyatidagi mashhur namoyondalaridan biri. Bu zot haqida yurtimizning o`rta asrlar tarixini bayon etuvchi “Tuhfat uz zoirin” nomli tarixiy manbada Miyonqol viloyatining yirik qishloqlaridan biri sifatida keltirilgan Haraqon qishlog`idan yetishib chiqqan Shoh Axsaviyning ashoblaridan biri sifatida ta`riflanadi. Haraqoniy Naqshbandiya tariqatining mashhur namoyondalaridan biri bo`lib, XVII asrda yashab o`tgan. Navbahor Navoiy viloyati tarkibidagi eng kenja tuman bo`lib, 1980-yil 12-martda O`zbekiston SSSR Oliy Soveti Prezidiumi qaroriga ko`ra Buxoro viloyati tarkibida tashkil etilgan, 1988-yil Navoiy tarkibiga qo`shilgan. Garchi tuman nomlanishi “yangilanish”, “yangi bahor”, “Navbahor”, deya ta`riflansada, bu o`lkaning tarixi yurtimizning tog`-kon sanoati asos solingan hudud sifatida e`tirof etiladi. Navbahor tumani Karmana, Konimex, Qiziltepa, Nurota, Xatirchi tumanlari bilan chegaradosh. Tumanda 41ta mahalla fuqarolar yig`ini va 67 ta aholi punktlari mavjud. Tumanning jami aholi soni 1991-yilda 66 ming nafarni tashkil qilgan bo`lsa, 2020-yilda bu raqam 112,9 ming nafarga yetgan. Tuman aholi soni 1991-2020-yillar kesimida dinamik ravishda o`sib borgan. Ya`ni aholi sonining o`sishi o`tgan mana shu davrda qariyb bir baravarga oshdi. Mustaqillikning dastlabki yillarida tumanda davlat byudjetidan qurilish ishlari sezilarli darajada amalga oshirilmagan. 2000-yilga boribgina qariyb 1milliard so`mlik qurilish ishlariga qo`l urilgan bo`lsa, o`tgan 2019-yili mazkur sohada 150 milliard so`mlik sarmoya safarbar etilgan. Tumanda tashqi savdo bo`yicha sezilarli o`zgarishlar 2000-yillardan so`ng boshlandi. Xususan, 2003 yilda 33,3 ming AQSH dollari qiymatidagi mahsulot xorijga sotilgan bo`lsa, 2019-yilga kelib mazkur raqam 10,7 million dollarga yetkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |