M.Xo`janazarov tomonidan Sarmishsoyda ilgari ma`lum bo`lmagan 66 ta qoyatosh suratlari aniqlanib, atroflicha o`rganildi. Uning izlanishlari Sarmishsoy manzilgohini o`rganishda oldinga tashlangan yana bir qadam bo`ldi. Hozirgi kunda Sarmishsoy merosini avodlarga qoldirish, uni asrab avaylash borasida, YUNESKOning madaniy merosi ro`yxatiga kiritish masalalarida ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda. Kanpirak devori V-VI astlardagi Buxoro hududini belgilab berishda yagonaligi bilan ahamiyatlidir. Xitoy yozma manbalarining VI asrga oid yilnomalarida ham g`arbiy So`g`ddagi hududiy birlashmalar nomlari xitoycha shaklda – An, Xoxan, Bi haqida xabar beriladi. Tdqiqotlarning ko`rsatishicha , An viloyati Kanpirak devori bilan o`rab olingan Buxoro vohasi, Xoxan qisman shimoldan devor bilan o`ralgan Konimex va Karmana vohasi, Bi esa qadimgi Poykent vohasi hududlariga to`g`ri keladi. Manbalarda yozilishicha , Xoxan va Bi o`lkalari An viloyati tasarrufida bo`lgan. Yirik tadqiqotchi X.Muhammedovning ta`kidlashicha, Kanpirak devori nomi asli “Devori kandi pirak” – (Qadimiy viloyat devori) dan olingan bo`lib , xalq orasida Kandi pir devor, keyinroq soddalashtirilib, Kanpirdevor, deb ketilgan. Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarini ba`zi qo`lyozmalrida “Devori Kandi dizak” – Istehkomlangan viloyat devori yoki Kanpirak, deb yozilgan. Shu boisdan bu devor tarixchilar tomonidan Kanpirak devori, deb atalib ketilgan. UCHTUT QISHLOG`I Uchtut tutlari yoshini mutaxassislar, tabiatshunoslar taxminan bir ming sakkiz yuz, bir yarim ming yil atrofida belgilashmoqda. Uchtut qishlog`iga ham turli davrlarda turkiy zabon qabila va urug`lar ko`chib kelib joylashganlar. Qishloqda Olchin urug`I ko`pchilikni tashkil etgan. Shuning uchun qishloqni ilgarilari Olchin deb ham atashgan. Olchin etnonimining ma`nosi, “katta xalq , ko`p kishilar uyushmasi, ko`p miqdordagi qabila “ demakdir. IJAND QISHLOG`I Qishloq qadimdan so`g`diylarning asosiy manzillaridan biri bo`lib, ular dastlab ovchilik, sangburchilik, keyinchalik chorvachilikva dehqonchilik bilan shug`ullanishgan. Tadqiqotchi I.Smirnovaning fikricha, “jan” so`zi so`g`d tilida “kanal” ma`nosini beradi. A.Borovkaning fikricha, “jan” so`zi xorazmcha so`z bo`lib, “kanal” ma`nosini anglatadi. Qishloq nomi uning o`zagidagi kanal , soy ma`nolaridan kelib chiqib nomlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |