Ndpi tarix fakulteti Tarix o`qitish metodikasi yo`nalishi


Abul Hasan Haraqoniy Ahtam Sahoba



Download 1,49 Mb.
bet3/3
Sana01.07.2022
Hajmi1,49 Mb.
#728320
1   2   3
Bog'liq
NAVBAHOR

Abul Hasan Haraqoniy Ahtam Sahoba

X asrning ikkinchi yarmi va XI asr birinchi yarmida yashab o`tgan Islom silsilayi olamining yettinchi siymosi hazrat Abul Hasan Haraqoniy bo`lgan. U ham dili, ham tili bilan Ollohning sifatlarini xalqqa yetkazib, xaloyiqni hidoyatga chorlab, saboq bergan ulug` alloma va avliyolardan biri bo`lgan.

Ahtam Sahoba Yangiqo`rg`on qishlog`ida joylashgan katta va obod ziyoratgohdir. Ahtam Sahobaga atab o`tgan asrning boshlarida masjid qurilgan bo`lsada, ammo u zotning shaxsi va tarixi bilan bog`liq manbalar saqlanib qolmagan yoki yetib kelmagan. Unga atab amirlik davrida masjid barpo etiladi. Masjid 1913-1914-yillarda qurib bitkazilgan.

Xo`ja Bag`dodiy Xoja Bag`doddiy qabri Ijand qishlog`idagi qadimiy qabristonda joylashgan. U zotning tarixi, shaxsi haqida mahalliy xalq xotirasida yoki yozma manbalarda tayanch ma`lumotlar yo`q. “Avliyo bobo” degan ixlos bilan ziyorat qilinadi va asli nasablari bag`dodlik ekanligi e`tirof etiladi. Qabr o`rnida uchta qabrga qadimda qo`yilgan marmartosh mavjud.

Mavlono Solih Haraqoniy

So`nggi o`rta asrlardagi tasavvuf olamining Miyonqol viloyatidagi mashhur namoyondalaridan biri. Bu zot haqida yurtimizning o`rta asrlar tarixini bayon etuvchi “Tuhfat uz zoirin” nomli tarixiy manbada Miyonqol viloyatining yirik qishloqlaridan biri sifatida keltirilgan Haraqon qishlog`idan yetishib chiqqan Shoh Axsaviyning ashoblaridan biri sifatida ta`riflanadi. Haraqoniy Naqshbandiya tariqatining mashhur namoyondalaridan biri bo`lib, XVII asrda yashab o`tgan.

Navbahor Navoiy viloyati tarkibidagi eng kenja tuman bo`lib, 1980-yil 12-martda O`zbekiston SSSR Oliy Soveti Prezidiumi qaroriga ko`ra Buxoro viloyati tarkibida tashkil etilgan, 1988-yil Navoiy tarkibiga qo`shilgan. Garchi tuman nomlanishi “yangilanish”, “yangi bahor”, “Navbahor”, deya ta`riflansada, bu o`lkaning tarixi yurtimizning tog`-kon sanoati asos solingan hudud sifatida e`tirof etiladi.

Navbahor tumani Karmana, Konimex, Qiziltepa, Nurota, Xatirchi tumanlari bilan chegaradosh. Tumanda 41ta mahalla fuqarolar yig`ini va 67 ta aholi punktlari mavjud. Tumanning jami aholi soni 1991-yilda 66 ming nafarni tashkil qilgan bo`lsa, 2020-yilda bu raqam 112,9 ming nafarga yetgan. Tuman aholi soni 1991-2020-yillar kesimida dinamik ravishda o`sib borgan. Ya`ni aholi sonining o`sishi o`tgan mana shu davrda qariyb bir baravarga oshdi.

Mustaqillikning dastlabki yillarida tumanda davlat byudjetidan qurilish ishlari sezilarli darajada amalga oshirilmagan. 2000-yilga boribgina qariyb 1milliard so`mlik qurilish ishlariga qo`l urilgan bo`lsa, o`tgan 2019-yili mazkur sohada 150 milliard so`mlik sarmoya safarbar etilgan. Tumanda tashqi savdo bo`yicha sezilarli o`zgarishlar 2000-yillardan so`ng boshlandi. Xususan, 2003 yilda 33,3 ming AQSH dollari qiymatidagi mahsulot xorijga sotilgan bo`lsa, 2019-yilga kelib mazkur raqam 10,7 million dollarga yetkazildi.


Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish