Suspenziyalarning xossalari va stabillash sharoitlari
Mikstura — suspenziyalar etarli darajada turg’un bo’lishi kerak. Bundagi zarrachalarning juda sekin-asta cho’kishi miksturalarni ichish davrida etarli darajada to’gri dozalarga bo’lish imkoniyatini yaratadi. SHunday bo’lishiga karamay, mikstura-suspenziyalar tarkibida Zaharli va kuchli ta’sir ko’rsatadigan moddalar berilmaydi. Mikstura-suspenziyalar shubxasiz, suzilmaydi va filtrlanmaydi. Mikstura-suspenziyalar magistral yozmalar bo’yicha ex temporae tayyorlanadi. Suspenziyalarni zollardan farqi diffuziyalanmaydi, ulardagi osmotik bosim va qinetik energiyasi, zarrachalarni betartib harakatlanishi bilan bog’liq. SHuning uchun suspenziya turg’unligi fazani harakati, uni dispers darajasiga, muxitni qovushqoqligi kabi omillarga bog’liq bo’ladi (cho’kadi). Umuman fazani cho’kish tezligi Stoks formulasi bilan ifodalanishi mumkin. Turg’unlik kiymat hisoblanib o’lchov birligi sifatida sedimentatsiya tezligiga teskari bo’lgani uchun Stoks formulasi quyidagicha ifodalanadi:
Boshqacha qilib aytganda, suspenziyalar turg’unligi zarrachalar diametrini kvadratiga, dispers faza va dispers muxitni solishtirma og’irligini farqiga, tortilish kuchi tezlanishiga teskari, dispersion muxitning qovushqoqligiga to’gri proporsionaldir. Formulani to’gri talkin qilib, amaliyotda qo’llanilsa ularning ba’zi bir ko’rsatkichlari suspenziyalar turg’unligini oshirishda amaliyotda qo’llanilsa bo’ladi. Buning uchun shunday kilmok zarurki, d — kiymatini iloji boricha kamaytirish va h — kiymatini mumkin kadar ko’tarish, muxit qovushqoqligini oshirish lozim. Ayniqsa d — kiymatini o’zgartirsa kuchli ta’sir qiladi. Masalan, dc=1 (suv) va dr=2,7 va h=0,015 (suv) va zarrachaning radiusi 10 mkm bo’lsa, 1 sm ga cho’kish vaqti 31 sek, zarracha radiusi 1 mkm — 52 min. 0,1 mkm radiusida bo’lsa 86 soatda cho’kmaga tushadi. Dori moddalar zarrachalari zichligi, kvars zarrachalariga yakin bo’lsa, misolda keltirilishiga, ularga o’xshash tezlikda cho’kmaga cho’kishini ko’z oldimizga keltirishimiz kiyin emas. Bundan xulosa qilib, suspenziyalarni tayyorlaganda ularning zarrachalarini kattaligi 10 mkm dan oshmaydigan qilib olish kerak (dorixonadagi suspenziyalar ko’p dispersli sistemadir). SHunday qilganimizda mikstura tarkibidagi suspenziya zarrachalari cho’kmaga cho’ktirmay, dozalarga bo’lishda xatolikka yo’l ko’ymasdan, o’lchab olish uchun etarli imkoniyat yaratiladi. Dorixonada tayyorlanadigan suspenziyalar uchun Stoks formulasi qo’llanilib, bunda yuksak darajada dispers sistema saqlagan, zarrachalari kat’iy yumalok shaklda, butunlay qattiq va tekis bo’lishi ko’zda tutilgan. Ammo ko’p miqdordagi mikstura, suspenziyalar va boshqa oddiy suspenziyalar ham bu talabni kanoatlantirmaydi. Dori moddalarning disperslangan zarrachalari har xil shaklda bo’lishi mumkin. Stoks formulasi suspenziya dori formasidagi holatlarni har tomonlama baholanishini ko’rsatsa ham, undagi bir omil, ya’ni erimaydigan moddalar suv bilan oson xo’llanuvchi gidrofil, kiyin xo’llanadigan — gidrofob xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan fazalari chegarasida sodir bo’lgan xodisalarni ko’rsatmaydi. Masalan, gidrofil xossasi bo’lgan kukunlar, MgCO3, CaCO3, ZnO suvda loyqalantirish bilan etarli darajada turg’un suspenziyalar hosil qiladi. SHuning uchun ularning ustida taranglik parda hosil bo’lishi zarrachalarning bir-biri bilan qo’shilishiga qarshilik ko’rsatadi. Gidrofob xususiyatiga ega bo’lgan zarrachalar o’z-o’zidan stabillangan suvli pardani hosil kilolmaydi, chunki osonlikcha o’z-o’zidan yuz beradigan (molekulani tortish kuchi ta’sirida) yopishkok massa, oxirgi davrda esa parcha agregatlar hosil qilib, keyin tezda cho’kmaga tushadi. Agar suspenziyalarda koagulyasiya xodisasi natijasida hosil bo’lgan zarracha birikmalari suv bilan yomon xo’llansa, unda ular suv yuziga suzib chiqadi. Bunday xodisaning nomi flokulyasiya deb ataladi. qattiq faza sirtining yomon xo’llanishi natijasida, xavo pufakchalari yopishishiga yordamlashadi. SHuning uchun suspenziyalarni xavo pufakchalari bilan chayqatilsa, flokulyasiya xodisasi kuchayadi. Birok gidrofob liofil zarrachalarni suvga munosabatini tubdan o’zgartirish imkoniyatlari bor va uni amaliyotga tadbiki suspenziyalarning agregat turg’unligini oshirishi mumkin. Stabillash usullari bir qancha. Suvli dispersion muxitda, shuningdek, kutbli organiq suyuqliklarda (masalan, spirtda) suspenziya zarrachalarining sathi ma’lum ishorali dzeta-potensial bilan stabillanishi mumkin. Liofob zolida mitsella magizining zaryadlanishi (ionlarning eritmadan shimilishi va dissotsialanishi yoki qattiq faza yuzasidagi katlamni gidrolizlanishi) kabi suspenziyalarda dzeta-potensialni vujudga kelishini shunday izoxlasa bo’ladi. Bu turdagi suspenziyalarni tayyorlashda shuni bilish kerakki, ularga qo’shilgan ma’lum konsentratsiyadagi elektrolitlar ular turg’unligini oshiradi. Elektrolitlarning konsentratsiyasini oshirish natijasida turg’unligini oshirmasdan koagulyasiya yuzaga keladi. Suspenziyalarni eng kuchli ximoya qiladigan — yuqori molekulali birikmalardir. Bu birikmalarni eritmalari nafaqat o’zlari katta turg’unlikka ega bo’libgina kolmay, bu xossasini gidrofob zarrachalarga ham olib beradi.
Ko’rsatilgan birikmalarning stabillash xususiyati suspenziyalarda shundan iboratki, suspenziya zarrachalari sirtida gidratli ximoya katlamini hosil qiladi hamda bu zarralarni o’zun marjonsimon makromolekula bilan o’rab oladi.
SHunga e’tibor berish kerakki, suspenziya va kolloid eritmalarning orasida yakinlik bor. Agregat dispergatsiyasi natijasida suspenziyalar zolga o’tadi. Liofobli zollarni koagulyasiya o’tish bosqichida suspenziyalarni ko’rish mumkin. CHunki, koagulyasiya tugallanish vaqti zarrachalarni katta-kichiklikda yopishkok massani hosil kilishi suspenziyalarga xoslikni ko’rsatadi.
Suspenziyalarni dori moddalardan uch xil usul bilan olish mumkin.
1. qattiq dori moddalarni dispersion muxitda yuqori dispersli (o’zini tabiatiga qarab) loyqalash yo’li bilan.
2. Dispergirlash (mexaniqa) usuli.
3. Kondensatsiya yo’li bilan.
Dispergirlash shundan iboratki, ko’pol dispers moddalarni kerakli dispers darajasiga etkazish uchun ularni dispersion muxitda ezish mumkin. Kondensatsiya usuli asosida boshqa konun-koida yotadi:
--zarrachalarni yiriklashishi va ko’z bilan ko’rinali holatda bo’ladi. Ba’zan holatlarda cho’kmaga tshishi mumkin.
– molekulalar birikmalarining zarrachalari yirikrok agregatlar bo’lib, katta-kichikligi xakikiy suspenziyalarga xos (kolloid zarrachalaridan o’tish davri).
Do'stlaringiz bilan baham: |