Flotatsiya jarayoni flotatsion mashinalar deb ataluvchi boyi



Download 53,07 Kb.
Sana21.02.2023
Hajmi53,07 Kb.
#913448
Bog'liq
Flotatsiya pdf


Flotatsiya jarayoni flotatsion mashinalar deb ataluvchi boyi- tish apparatlarida amalga oshiriladi.


Flotatsion mashinalarning konstruksion tuzilishi va ishlatilish sohalaridan qat'i nazar, ularning umumiy belgisi ishchi muhit sifatida mayda havo pufakchalari bilan to‘yingan bo‘tananing ishlatilishidir.
Bo‘tanani aralashtirish va aeratsiyalash usuliga qarab flotatsion mashinalar 3 turga bo‘linadi:

  1. mexanik;

  2. pnevmatik;

  3. pnevmomexanik.

Mexanik flotatsion mashinalarda bo‘tanani aralashtirish, havoni mayda pufakchalarga ajratish va atmosferadan havoni so‘rish impeller (maxsus konstruksiyaga ega aralashtirgich) 1 yordamida amalga oshiriladi.
Pnevmatik flotatsion mashinalarda bo‘tanani havoga to‘yinti- rish va uni aralashtirish havo puflovchi moslama orqali beriladi- gan siqilgan havo yordamida amalga oshiriladi.
Pnevmomexanik (kombinatsiyalangan) flotatsion mashinalar- da siqilgan havo havo puflagichlardan beriladi, havoni mayda- lash va bo‘tanani aralashtirish aylanuvchi impeller orqali amalga oshiriladi.
Mexanik flotatsion mashinalar boyitish fabrikalarida eng ko‘p tarqalgan hisoblanadi (16-rasm).
60

16-rasm.
a — mexanik flotatsion mashina;
b — mexanik mashinada stator parraklarini o‘rnatish sxemasi:
1 — yuklovchi cho‘ntak; 2 — mar- kaziy truba; S — patrubok; 4 — to‘- siq; 5 — tyaga; 6 — savat; 7 — ster- jen; 8 — richag; 9 — stakan; 10 — vertikal val; 11 — qopqoq; 12—1S — tuynuklar; 14 — shiber; 15 — tiqin (po‘kak); 16 — parraklar; 17 — im- peller osti diski; 18 — tuynuk; 19 — impeller; 20 — so‘ruvchi patrubok.

Mashina to‘siq orqali bir nechta to‘g‘ri burchakli kameralarga bo‘lingan vannadan iborat. U har biri ikkita — so‘ruvchi va oqib o‘tuvchi kameralardan iborat seksiyalardan yig‘iladi.


Har qaysi kamerada markaziy truba bo‘lib, uning ichida im- pellerli val aylanadi. Impeller vertikal valga qattiq mahkamlangan radial parrakli rotordan iborat. Val ponasimon-qayishli uzatma orqali elektr dvigateldan harakatga keltiriladi. Markaziy truba- ning quyi qismi kengaytirilgan va gorizontal holdagi (bo‘tanani sirkulatsiya qiluvchi va yo‘naltiruvchi parrakli) impeller usti diski o‘rnatilgan stakanga o‘tadi. Parraklar disk radiusiga nisbatan 60˚ li burchak ostida joylashgan (16-rasm, b).
Parrakli disk mashinaning statori deyiladi. tator impeller to‘xtaganda, uni loyqa bilan to‘lib qolishdan asraydi. takan uchta teshikka ega. Ulardan biriga so‘ruvchi kameralarda so‘ruvchi
61
qisqa-tarmoqlangan truba ulangan. Oqib o‘tuvchi kameralarda bu teshik po‘kak bilan berkitib qo‘yiladi. Qolgan ikkita teshik bir-biriga qarama-qarshi joylashgan bo‘lib, oraliq mahsulotni qaytadan flotatsiyalash uchun kameraga qaytarishga xizmat qiladi. Agar oraliq mahsulot kameraga qaytarilmasa, teshiklarning biri tiqin bilan yopib qo‘yiladi, ikkinchisi esa tortish kuchi bilan so‘riluvchi shiber orqali yopiladi. hiber yordamida impellerga tushayotgan bo‘tananing sarfi boshqariladi. o‘ruvchi va oqib o‘tuvchi kameralar bir-biridan pastki qismida teshigi bor to‘siq bilan ajratilgan, shuning hisobiga kameralarda bo‘tana bir xil sathda ushlanadi.
Mexanik flotatsion mashinaning asosiy detali impeller hisob- lanib, u havoni so‘rish va so‘rilgan havoni mayda zarrachalarga ajratishni ta'minlaydi va bo‘tanani havo bilan to‘yintiradi. Impellerning aylanish tezligi qancha katta bo‘lsa, u shuncha ko‘p havoni so‘radi. Lekin bu tezlik haddan tashqari katta bo‘lmasligi kerak, aks holda tez aralashish natijasida mineral zarrachaning havo pufakchasidan uzilishi sodir bo‘ladi.
Mashina quyidagicha ishlaydi. Bo‘tana yuklovchi cho‘ntakdan patrubok orqali impeller ustidagi bo‘shliqqa so‘riladi, u yerdan katta tezlikda stator parraklari orasidan kameraga otiladi. Bu vaqtda impeller zonasidagi bosimda farq hosil bo‘ladi va markaziy truba va patrubok orqali atmosferadan havo so‘riladi; so‘rilgan havo juda ko‘p mayda zarrachalarga parchalanib, bo‘tananing butun hajmi bo‘yicha tarqaladi.
Mineral zarrachalar bilan to‘qnashgan havo pufakchalari mi- nerallashadi va bo‘tananing yuzasiga ko‘tariladi, ko‘pik holida ko‘pik haydovchi mexanizm yordamida tarnovchaga tushiriladi. Havo pufakchalari bilan ko‘tarilmay qolgan mineral zarracha- lar, shu jumladan, havo pufakchalaridan ajralib (uzilib) qolgan zarrachalar yana stator diskidagi teshikcha orqali impeller zona- siga so‘riladi. Birinchi kamerada flotatsiyalanmagan minerallar to‘siqdagi teshik orqali oqib o‘tuvchi kameraga o‘tadi va u yerda flotatsiya qaytariladi. Oqib o‘tuvchi kamerada bo‘tana shiber bilan
boshqariluvchi teshik orqali impellerga tushadi.
Oqib o‘tuvchi kameradan bo‘tana keyingi ikki kamerali sek- siyaga tushadi va jarayon qaytariladi. Flotatsiyalanmagan mine- rallar oxirgi kameradan chiqarib olinadi.
62
Mexanik flotatsion mashinalarning afzalligi ularga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlashning qulayligi hamda osonligidir.
Impeller va statordan iborat uzatkichli mexanizm bir bo‘lakda yig‘ilgan bo‘lib, uni boshqasi bilan tez va oson almashtirish mum- kin yoki boshqa istalgan kameraga o‘rnatish mumkin.
Download 53,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish