Nazarova Shohida Erkinovnaning quyosh uylarining


O’zbekistonning quruq issiq iqlim sharoitida xonadagi mikroiqlimni shakllantirish energosamaradorlik omili



Download 2,28 Mb.
bet8/18
Sana26.02.2022
Hajmi2,28 Mb.
#468395
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Quyosh uylarining issiqlik-fizik xarakteristikalarini tadqiq qilish

1.3. O’zbekistonning quruq issiq iqlim sharoitida xonadagi mikroiqlimni shakllantirish energosamaradorlik omili.


Energomanbalarning kamyobligi va tannarxining ortib borishi insonlarning hayot tizimida qulaylikni ta’minlash uchun uylarni qizdirish, shamollatish va kondesatsiyalash tizimida mavjud energiya manbalaridan oqilona foydalanish va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yishni talab etadi.
«Energosamarador uylar», 1974-yilda boshlangan jahon energetik inqirozi boshlanganidan so’ng tajribaviy qurilish tizimida yangi yo’nalish sifatida paydo bo’ldi. BMT Xalqaro energetik anjumani zamonaviy binolar issiqlik samaradorligini orttirishni ulkan imkoniyatlariga egaligini , ammo tadqiqotchilar tomonidan ularning issiqlik rejimlarining o’ziga xoslik qirralari etarlicha o’rganilmaganligini, loyihachilar binolarni devorlari orqali issiqlik oqimini samarali tashkil qilishga kam e’tibor qilinayotganligiga diqqatni qaratdi. Ma’ruzalarda xalqaro energetik anjuman mutaxassislari tomonidan energiyani tejashning bosh g’oyasi shakllantirildi: texnik nuqtai nazardan amalga oshirish mumkin bo’lgan energiya manbalaridan nisbatan samarador yo’llaridan foydalanish, shuningdek, iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy nuqtai nazardan dastlabki hayot tarziga eng minimum darajada ta’sir ko’rsatadigan yo’nalishlar asoslandi.
Bundan qariyb yarim asr ilgari Quyosh radiatsiyasi issiqligi va muhandislik moslamalarini boshqarish uchun komp’yuter texnikalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish ta’kidlab o’tildi. Birinchi tendensiya Finlyandiyaga o’xshash simoliy mamlakatlarda ham muvaffaqiyatli qo’llanila boshlandi. Masalan, Xel’sinkida yashash uchun tajribaviy hudud tashkil etildi, ikkinchi tendensiya esa «aqliy binolar» deb nomlangan ulkan yo’nalishda rivojlana boshlagan.
Vaqt o’tishi bilan energetik samarador uylarda energiyadan samarali foydalanish yo’nalishi kengayib o’zgarib bordi. Agar energetik samarador uylar qurilishining dastlabki bosqichlaridan o’tgan asrning 90-yillarigacha asosiy e’tibor mavjud energiyani tejash yo’nalishiga qaratilgan bo’lsa, 90-yillar o’rtalaridan to hozirgi kungacha asosiy yo’nalish binoda mikroiqlim sifatini yaxshilashga qaratilgan energotejamkor ishlanmalarni asoslashga qaratilmoqda. Bu davrda mikroiqlim sifati energetik tejamkorlikka nisbatan muhimroq deb qaraldi. Shu maqsaddan kelib chiqib biz bu bo’limda O’zbekistonimizning quruq issiq iqlim sharoiti uchun binolarda miqroiqlimni shakllantirishning o’ziga xos tomonlarini qarab chiqishga maqsad qildik.
Xonadagi mikroiqlim – insonning atrof bilan issiqlik almashinish sharoitini hosil qiladigan meterologik sharoitlar jamlanmasidir. Bu ta’rif mikroiqlimning ikki qirrasini o’zaro bog’laydi: uydagi insonni o’ragan muhitning ob’yektiv xususiyatlarini ifodalovchi meterologik, va bu atrof muhitni inson tanasiga ta’sir ko’rsatuvchi fiziologik. Mikroiqlimning asosiy meterologik elementlariharorat, namlik va havoning harakat tezligi, inson atrofidagi jismlar hamda to’siqlar sirtining harorati. Mikroiqlimning fiziologik sifati inson tanasining fiziologik reaksiyasi darajasi bilan xarakterlanadi [17].
Qishgi davrlar O’zbekiston hududida nisbatan qisqa, beqaror ayniqsa shimoliy hududlarda yetarlicha sovuq. Atrof harorati o’rtacha Surxandaryo viloyatida minus 8oC dan Qoraqalpog’iston viloyatida minus 20-26oC gachani tashkil qiladi. Bu hududlarda o’rtacha sutkalik harorat ≤ 8oC(isitish mavsumi) past bo’ladigan sutkalar 80-90 dan 163-174 sutkagacha yetadi. Shuning natijasida atrofning o’rtacha harorati 4,5-5,4oCdanto minus 2,4oC- 0,6oC gachani tashkil etadi.
Gigienik nuqtai nazardan xonada mikroiqlim shakllanishi faktorlaridan biri bu xonadagi havo harorati bilan bino tashqi devorlari ichki sirtidagi haroratning farqidir. Ma’lumotlarga ko’ra, yashash va jamoat binolari uchun bu farq 6-7oC dan ortib ketmasligi kerak.
O’zbekiston iqlim sharoitida inshootlarning yozgi miqroiqlimi o’ziga xos xarakter kasb etadi. Agar qishda qizdirish tizimi tashqi ta’sirlarni neytrallasa, yozda esa binoning mikroiqlimi tashqi klimatorik faktorlarga bog’liq bo’ladi (shamollatish bo’lmaganda).
Mamlakatimiz iqlimining ijobiy tomoni – yilning issiq davrining uzoq davom etishi va havoning nisbiy namlik darajasining pastligi; salbiy tomoni – Quyosh radiatsiyasining yuqoriligi, kam shamollilik yoki ba’zi hududlarda shamol tezligining yuqoriligi, yozgi vaqtlarda atrof va binolarni ortiqcha qizishiga sabab bo’ladigan havo haroratining yuqoriligi. Tashqi havo nisbiy namligining pastligi yil davomida yog’ingarchiliklar miqdorining kamligidir. Yozda quruq havo o’chog’ining shakllanishi qizigan cho’l hududlari hisoblanadi. Masalan, Buxoroda havo nisbiy namligining o’rtacha yillik qiymati 58-60%, yozgi vaqtlarda kechqurun 40-50% va kunduzi 25-30%. Bu faktor insonni issiqlikni his qilishida muhim ahamiyat kasb qiladi. Nisbiy namlikning bunday darajasida havoning yuqori harorati yengil ko’chishi yuz beradi. Zamonaviy qurilishda qavatlilik darajasi ortib bormoqda. Yuqorigi qavatlarning tuproqning qulay ta’siri, ko’kalamzorlar, suv inshootlarining ijobiy ta’siridan mahrum bo’lib, to’g’ri Quyosh radiatsiyasi ta’siriga duch keladi. Keltirilgan faktorlar inson hayot faoliyatida mikroiqlimni yetarli darajada yomonlashuviga olib kelmoqda. Yozda O’zbekiston hududida jamoat binolari ichidagi harorat ba’zan 33-36oC gacha yetib, atrofning o’rtacha sutkalik haroratidan 2-3,5oC ga ortiq. Qurilish me’yorlari va qoidalariga rioya qilinmay qurilgan binolarda ichki harorat 38-40oC gacha yetishi mumkin. Yozgi vaqtlarda inshootlarning mikroiqlimi atrof muhitning bevosita inshootga ta’siridan shakllanadi va turli loyihaviy, rejaviy faktorlarga bog’liq bo’ladi. O’zbekistonda yashash binolaridan foydalanishning tipik sharoitida xonalarni tungi shamollatish vaqtida uy havosining nisbiy namligi 30-45%, havoning harakat tezligi esa 0,30 m/s dan ortmaydi. Bunday holatda qulaylikning yuqori chegarasi 24-26oC atrofida bo’ladi. Xonani sutka davomida shamollatib turgan holda nisbiy namlik 20-36% ni tashkil etadi, ikki tomonlama uylarda havoning harakat tezligi 0,30-0,50 m/s gacha yetadi qulaylikning yuqori chegarasi 29-30oC gacha ko’tariladi.
Uylarni issiqlikdan yetarli darajada himoyalaganda havo harorati 34-40oC bo’lganda undagi mikroiqlim tashqi sharoitlardan 8-10oC ga farq qilishi mumkin. O’zbekiston sharoitida xo’jalik va jamoat uylarini qizib ketishini pasaytirish uchun radiatsion, aeratsion va harorat-namlik kabi tadbirlar majmuini boshqarish kerak bo’ladi. Yashash muhiti mikroiqlimini yaxshilashning muhim prinsipi Quyoshdan himoyalash tizimi, dunyo tomonlariga qarab binolarni yo’naltirish, ko’kalamzorlashtirish yorug’likni o’tkazmaydigan yoki to’la o’tkazadigan materiallardan unumli foydalanish tashkil etadi.
G’arbga yo’naltirilgan yozgi uylar kunning ikkinchi yarmida shimol va janubga yo’naltirilgan uylarga qaraganda 10oC va 6oC ga ko’proq qiziydi. Quyoshdan himoya g’arbga yo’naltirilgan uyni yozgi vaqtda mikroiqlimni yetarli darajada yaxshilashi mumkin, va ulardan kechki tungi vaqtlarda ham foydalanish mumkin. Ammo yozgi uylarni Quyoshdan himoya yashash uyi oldida bo’lganda ham uni g’arbga yo’naltirish tavsiya qilinmaydi, chunki u xonani tungi salqinlatishga xalaqit qiladi. Geometrik tuzilishiga ko’ra Quyoshdan himoya qurilmalarini qo’llash bu qurilmalarning boshqarish darajasiga va oynalangan qismga nisbatan Quyoshdan himoyalovchi qurilmaning joylashishiga bog’liq bo’ladi. O’zbekiston sharoitida ichki yoki shishalararo joylashtirishga mo’ljallangan Quyoshdan himoyalovchi qurilmalarga qaraganda, tashqi himoya qurilmalaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Xonadagi yozgi mikroiqlimni yaxshilashga yo’naltirilgan mikroiqlimni to’g’ri baholash, o’tkazilayotgan tadbirlarni to’g’ri tekshirish xonada qulay sharoitni aniqlash va mikroiqlimning alohida elementlarini mumkin bo’lgan chegaralarini o’rnatish gigienik normalari bilan chambarachas bog’liq. Kunduz kuni uyni shamollatishsiz qulay haroratni tebranish chegarasi 24-26oC. Sutka davomida uyni shamollatish natijasida nisbiy namlikning pasayishi va kunduz kuni havo harakat tezligining ortishi nisbatan yuqoriroq haroratda ham qulay mikroiqlimni hosil qiladi (toki 30-31oC).
Xonada mikroiqlimn io’rnatishga massiv o’rovchi qismlar ham ta’sir ko’rsatadi. Quyosh radiatsiyasining ko’pgina qismi binoning anchagina qismini qizdiradigan davomli issiq kunlarda inshoot qismlari issiqlikni yutib harora maksimumga ko’tariladi va issiqlik uyning ichiga o’ta boshlaydi. Binoning massiv qismlarida kunduz kuni to’plangan issiqlik tungi vaqtlarda bino ichidagi havo haroratini yomonlashtiradi. Demak, bunday inshootlarda yengil konstruksiyali uylarga nisbatan tebranish kam ahamiyatli bo’ladi. Atrof havo harorati tebranishi va Quyosh radiatsiyasi qancha jadal bo’lsa, og’ir konstruksiya shunchalik o’ziga xoslik kasb etadi. Yengil materiallar kichik issiqlik sig’imi tufayli issiqlikni bir zumda bino ichiga o’tkazadi [16].
Demak, xonada mikroiqlimni o’rnatishga nafaqat atrof muhit parametrlari qatnashadi, balki boshqa bir qancha faktorlar ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.


Xulosa.


1. Quyosh va noan’anaviy energetikaning boshqa turlarini rivojlantirishning dunyo tajribasi ko’rsatishicha, bu sohadagi siyosat kompleks, bosqichma-bosqich va izchil bo’lmog’i kerak. Uning oxirgi maqsadi -Quyosh energetikasining bozorga kirib borishi va bu bozorni asta-sekin kengaytirishi kerak;
2. Serquyosh o’lkamizda ham «Quyoshli uy»lar qurish, ularni Quyosh nuri bilan isitish, issiq suv va fotoelektrik energiya bilan ta’minlash imkoniyati yuqori;
3. Yurtimizda ekologik toza energiya manbalaridan foydalanishga qaratilgan innovatsiya loyihalarining ishlab chiqilishi, bu boradagi loyihalarga mahalliy va xorijiy sarmoyaviy manbalarning keng jalb etilishi mazkur soha istiqbolini ta’minlashga munosib xizmat qiladi;
4. O’zbekistonning quruq issiq iqlim sharoiti uchun binolarda mikroiqlimni shakllantirish energosamarador Quyosh uylari yaratilishini va bu uylarda odatdagi energiya manbalarida va Quyosh energiyasidan samarali foydalanish omilidir.

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish