1-Quyoshdan himoya moslamasi; 2-havo kollektori; 3-qora metall list;
4-toshlar; 5-qaytuvchi havo; 6-havo oqimini boshqarish; 7-toza havo;
8-issiq havo.
P assiv Quyosh uylarining samarador ishlashining shartlaridan biri Quyosh nurlanishlari to’g’ri tushishi uchun uyni to’g’ri yo’naltirish va loyihalashdan iborat. Binoni isitish va issiq suv bilan ta’minlash Quyosh qurilmalari issiqlik uzatish kombinatsiyalashgan gelioyoqilg’i tizimi tarkibiga kirib, iste’molchini Quyosh energiyasi hisobiga yillik issiqlik ehtiyojini to’la qoplashga xizmat qiladi.
1.2.3-chizma. Shag’al jamg’aruvchi Quyosh uyi. 1-shisha; 2-issiqlik himoyasi; 3-deraza; 4-issiqxona; 5-shag’al; 6-oshxona; 7-boshqargich.
Issiqlikni zaxira manbai mo’ljaldagi issiqlik ehtiyojni to’la qoplashga xizmat qilishi kerak. Ayrim hollarda esa, gelioqurilmalar unumdorligidan to’la bo’lmagan miqdorda foydalanib, qolgan qismini zaxirada saqlash imkoniyati ham yaratilishi mumkin. Buning uchun binolar hozirgi zamon issiqlikni tejash va energiyani saqlashning zamonaviy talablariga to’la javob beradigan bo’lishi, uning barcha elementlari va gelioqurilmasi jihozlari ayniqsa puxta loyihalashtirilgan bo’lishi kerak. Sanab o’tilgan barcha shartlarga to’la rioya qilingan taqdirda Quyosh energiyasidan foydalanish samaradorligining eng yuksak darajasiga erishish mumkin [13].
Passiv isitish tizimi oddiy bo’lishiga qaramasdan oynalangan sirt orqali tushadigan nurlanishni boshqarish uchun pardalar, havo sirkulyatsiyasi uchun darchalar kabi qo’shimcha boshqaruvchi moslamalar qo’llanilishini talab qiladi. Bunday uylar samarador ishlashi uchun quyidagi shartlar bajarilishi shart: 1) Uy o’qining sharqdan-g’arbga yoki oynalangan sirtni unga nisbatan 30o burchak ostida to’g’ri joylashtirish; 2) Janubiy fasadning oynalanish darajasi 50-70% ni tashkil qilishi va shimoliy fasadniki 10% foizdan ortmasligi, hamda janubiy oyna ikki qavatli, shimoliysi esa uch qavatli bo’lishi kerak; 3) Bino issiqlik himoyasi mustahkamlanishi va tashqi havoni kiritishda issiqlik yo’qotilishi eng past bo’lishi; 4) Bino ichini loyihalashda yashash xonalari binoning janub tomonida va qo’shimcha xonalar shimol tomonda loyihalanishi kerak; 5) Quyosh energiyasini yutish va jamg’arish uchun uy ichki devorlari hamda pol yetarlicha issiqlik jamg’arish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak; 6) Yozgi vaqtda xonalarni qizib ketishdan saqlash uchun issiqlik himoya pardalari bo’lishi kerak. Bunday uylarning F.I.K. 25-30% ni tashkil etadi va maxsus qulay ob-havo sharoitida 60% gacha etishi mumkin. Bunday tizimning asosiy kamchiligi sutka davomida xona ichidagi haroratning sezilarni darajada o’zgarib turishidir.
Uylarni faol qizdirish geliotizimlari. Uylarni Quyosh energiyasi yordamida faol qizitish tizimi tarkibiga Quyosh energiyasi kollektori, issiqlik jamlagich (akkumulyator), qo’shimcha energiya manbai, Quyosh energiyasi kollektoridan akkumulyatorga issiqlikni uzatuvchi issiqlik almashingich, va issiqlikni iste’molchiga uzatuvchi nasos hamda ventilyator, uzatuvchi quvurlar, tizimni avtomatik ishlashni ta’minlovchi jihozlar kiradi. Issiqlik tashuvchining turiga ko’ra suvli va havoli issiqlik taminlash geliotizimlariga bo’linadi [14, 15].
1.2.4-chizmada geliotizimli Quyosh uyi tasvirlangan. Bunda suyuqlikli geliokollektor uy tomiga joylashtirilgan. Isitish geliotizimining qolgan elementlari uy yerto’lasida joylashtirilgan. Passiv va faol geliotizimli Quyosh uylarini taqqoslar ulardagi mavjud afzalliklar va kamchiliklarini aniqlash imkonini beradi. Faol geliotizimli Quyosh uylarining afzalligi qizitish tizimining yengilligi va nozikligi uy qurilishi bilin uyg’unlashganligi, tizim ishlashini avtomatlashtirilganligi, hamda issiqlik yo’qotilishi kamaytirilganligi. Bunday tizimli Quyosh uylarining asosiy kamchiligi ularning sezilarni qimmatligi. Ularga qaraganda passiv isitish tizimli Quyosh uylari o’zining oddiyligi va arzonligi bilan farqlanadi. Shu bilan birgalikda bunday tizim ham o’ziga yarasha kamchiliklardan xoli emas. Bunday tizimli Quyosh uylarida yashovchilar uchun qulay bo’lgan doimiy bir xil haroratni ta’minlab bo’lmasligidir. Mukammallashgan Quyosh uylarida faol va passiv gelioqizitish tizimlaridagi mavjud afzalliklar uyg’unlashtirilishi natijasida samarador Quyosh uylarini tashkillashtirish imkoniyati mavjud [34, 35].
1.2.4-chizma. Faol geliotizimli Quyosh uyi.
1 - Quyosh kollektori; 2 - issiqlik jamlagich; 3 - suvni isitish uchun issiqlik almashtirgich; 4 - issiq suv jamlagich baki; 5 - havoni isitish uchun issiqlik almashtirgich; 6- ortiqcha issiqlikni jamlash uchun issiqlik almashtirgich;
7 - kengaytiruvchi bak; 8 – isitilgan suv uchun issiqlik almashtirgich.
Aytish joizki, serquyosh o’lkamizda ham «Quyoshli uy»lar qurish, ularni Quyosh nuri bilan isitish, issiq suv va fotoelektrik energiya bilan ta’minlash imkoniyati yuqori. Yurtimizda ekologik toza energiya manbalaridan foydalanishga qaratilgan innovatsiya loyihalarining ishlab chiqilishi, bu boradagi loyihalarga mahalliy va xorijiy sarmoyaviy manbalarning keng jalb etilishi mazkur soha istiqbolini ta’minlashga munosib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |