Nazarova Shohida Erkinovnaning quyosh uylarining


Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati



Download 2,28 Mb.
bet5/18
Sana26.02.2022
Hajmi2,28 Mb.
#468395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Quyosh uylarining issiqlik-fizik xarakteristikalarini tadqiq qilish

8. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Magistrlik dissertatsiyasida qilingan xulosalar va olingan natijalar xalq xo’jaligida, qishloq xo’jaligida, ilmiy tadqiqot ishlarida foydalanishi mumkin. Bajarilgan tadqiqotlar natijalari passiv Quyosh isitish tizimlari uchun, turar-joy binolariga qishgi isitish uchun sarflanadigan an’anaviy issiqlik energetik resurslarni 25-40% ga tejovchi, qisman nur yutuvchi va ventilyatsiyalanadigan havo qatlamlariga ega ikki va uch qatlamli shaffof to’siqlarni rejalashtirish va tuzish bo’yicha ilmiy asoslangan ko’rsatmalar beradi va ishlab chiqish imkonini yuzaga chiqaradi. Magistrlik dissertatsiyasining materiallari bo’yicha chet el va respublika nashrlarida 3 ta ilmiy maqola va tezislar chop etilgan.
9. Magistrlik dissertatsiyasi tuzilmasining tavsifi. Magistrlik dissertatsiyasi 79 betda bayon etilgan bo’lib, kirish, 3 ta bob, xotima, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, 10 ta chizma va 1 ta jadvaldan tashkil topgan. Dissertatsiyada o’rganilishi e’tiborga olingan fizikaviy hodisalar jarayonlar va hisoblangan natijalarning tushinarli ravishda ifodalash uchun chizma va jadvallar berildi. Ishga qo’yilgan maqsadga erishish uchun to’plangan adabiyotlar, manbalarning nomlari va elektron manzillari keltirildi.

I. QUYOSH ENERGIYASI YORDAMIDA UYLARNI ISITISH TIZIMLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR VA ULARNING XARAKTERISTIKALARI.

1.1. «Quyoshli uylar»da Quyosh energiyasidan samarali foydalanish imkoniyatlari.


Ayni paytda «Quyoshli uylar»ga bo’lgan qiziqish kun sayin ortib, ularning soni tobora ko’paymoqda. Tabiiyki, bu borada ko’pchilikni qiziqtiradigan savollar ham mavjud. Xo’sh, bunday uylarning tomiga qanday qurilma o’rnatiladi? Qishning sovuq kunlarida, ayniqsa, tunda va bulutli kunlarda ham xonalardagi issiq harorat bir maromda saqlanib turiladimi? Keling, shular xususida imkon qadar kengroq so’z yuritsak. Ta’kidlash lozimki, «Quyoshli uylar»dagi o’ziga xos me’moriy va konstruktiv yechim – qo’shimcha qurilmalarsiz issiqlikni saqlab turish imkonini beradi. Shu bois qirovli va bulutli kunlarda ham xonalarda ma’lum vaqtgacha mo’tadil harorat ta’minlab turiladi. Havoning keskin sovib ketishi, yomg’ir yoki qor yog’ishi bunga salbiy ta’sir ko’rsata olmaydi.Quyosh bilan isitish uchun bino tomiga qimmat va foydalanish uchun noqulay uskunalar o’rnatish shart emas. Gap shundaki, geliotexnik talablar inobatga olinib, mohirona loyihalashtirilgan hamda janubga qaratib qurilgan oynaband ayvon tabiiy nurni 25-35 darajali issiqlikka aylantirib beradi. Ma’lumki, qish faslida kunlar qisqarib, Quyosh8-9 soat mobaynida chiqib turadi. Shuning uchun kechki payt va tunda xona harorati keskin tushib ketishi mumkin. «Quyoshli uylar»da shu jihat alohida e’tiborga olingan. Ya’ni xona harorati mo’tadilligi ta’minlanadi. Shuningdek, qurilish ishlarida qo’llanilgan oddiy toshlar ham issiqlikni saqlash xususiyatiga egadir. Ilm-fanda passiv-Quyosh isitish tizimi deb yuritiladigan usullardan qadimda ota-bobolarimiz keng foydalanishgan. Masalan, imoratni barpo etishda Quyosh yo’nalishiga katta ahamiyat berilgan. Ayniqsa, qishloqlarimizda ko’chalarning yo’nalishidan qat’iy nazar, uylarning xonalariga Quyosh nuri ko’proq tushishini ta’minlash maqsad qilingan. Hozirgacha ko’p joylarda «kungay hovli», «kungay uy» kabi jumlalarning uchrashi boisi ham shunda. Vaqt o’tishi bilan tabiiy nurdan energiya manbasi sifatida foydalanish ommalashib, global miqyosga chiqa boshladi. Hozirgi kunda «Quyoshli uylar»ga e’tiborning nihoyatda oshganligi, xususan, AQSh, Evropa mamlakatlari va boshqa hududlarda yuz minglab shunday turar joylar barpo etilgani, hukumatlar ham mazkur yo’nalishni jiddiy qo’llab-quvvatlayotgani shundan dalolat beradi. Bundan tashqari, binolarda yoqilg’ini ishlatish bilan bog’liq sarf-xarajatlar keskin oshishi arxitekturada iqtisodiy masalalarni qaytadan ko’rib chiqishni taqozo etmoqda. Chunki ilgari asosiy e’tibor qurilishga ajratiladigan sarflarga qaratilardi. Endilikda esa inshootdan foydalanishda qancha yoqilg’i xarajat qilinadi, uning atrof-muhitga salbiy ta’siri qay darajada bo’ladi, degan savollar o’rtaga tashlanib, qurilish ishlarida shu jihatlar inobatga olinmoqda. Mamlakatimizning tabiiy iqlim sharoiti o’ziga xos, ayniqsa, quyoshli kunlarning uzoq davom etishi bu bebaho ne’matdan muqobil energiya manbai sifatida foydalanish imkoniyatini beradi. E’tiborlisi, ushbu yo’nalishda bir qancha tajribalar o’tkazilib, ijobiy natijalarga ham erishilmoqda. Jumladan, 1994-1997 yillarda mahalliy xom ashyodan qurilgan (devorlari paxsa) va passiv-Quyosh isitish tizimi o’rnatilgan bir qavatli binoda oddiy uylarga nisbatan 60 foiz issiqlik energiyasi kam ishlatilishi aniqlandi.
Quyosh nuri tuganmas energiya manbaidir. Yer atmosferasi chegarasiga 1,35 kW/m2 nurlanish oqimi zichligi to’g’ri keladi va Quyosh doimiysi deb yuritiladi. Quyosh nuri Yer atmosferasidan o’tganda, uning energiyasi qaytish, tarqalish va yutilish jarayonlari natijasida kamayadi. Bu jarayonlar nurni havo tarkibiga kiruvchi gaz molekulalari va chang zarralarining o’zaro ta’sirlari bilan xarakterlanadi. Masalan, azon (ultrabinafsha nurlarining ko’p qismini yutadi), suv bug’i (infraqizil spektriga yaqin nurlarni yutadi), karbonat angidrit gazi (o’rtacha infraqizil nurlarning ko’p qismini yutadi). To’g’ri Quyosh nuri Yer yuzasiga etib kelganda, uning energiyasi haqiqatdan ham kamayishiga qaramasdan, bir yilda yer yuzasi qabul qilayotgan Quyosh nurining energiyasi taxminan 1,2-1017 W (1.1018 kW.soat) ni tashqil qiladi. Bu dunyoda iste’mol qilinadigan energiyadan 20000 marta ko’p. Ammo Quyoshdan keladigan energiyaning hammasini to’plash juda mushkulligi bilan xarakterlanadi.
Ekologik muhitga zarar bo’lmasliga uchun Yer yuziga tushadigan hamma Quyosh energiyasining 1,5%, ya’ni yiliga 1,62-1016 kW.soat energiyasidan foydalansa bo’ladi [7].
Yer kurrasi yuzasiga Quyosh nurining taqsimlanishi bir tekisda emas. Yil davomida yerning 1 m2 yuzaga to’g’ri keladigan Quyosh energiyasi 3000 MJ/m2 dan 8000 MJ/m2 gacha o’zgarib turadi. Yerning 1 m2 yuzasiga bir kunda tushadigan Quyosh energiyasining o’rtacha yillik miqdori 7,2 MJ/m2 (shimolda) dan 21,4 MJ/m2 (sahrolarda) gacha o’zgaradi. Quyosh nuri oqimining o’rtacha yillik zichligi subtropik va sahrolarda 210-250 W/m2, MDX markaziy qismida 130-210 W/m2 va shimolda 80-130 W/m2 ni tashqil qiladi. Quyosh energiyasi oqimining eng yuqori zichligi 1 kW/m2 gacha ko’tariladi.
Geografik kengliklardagi ayrim mintaqalarda Quyosh nurining yillik oqimi keng oraliqa o’zgaradi, ya’ni 1 m2 gorizontal yuzaga: Sibirning shimoli-sharq, va shimoliy orollariga 550-830 kW/soat, Sibir va Yevropa mintaqasining ko’p qismiga 83-1100 kW/soat, Uzoq Sharq, Sibir, Povolj’e, Moldaviya va Ukrainaning janubiy tumanlariga 1100-1380 kW/soat, Turkmaniston sahrolariga 2000 kW/soat Quyosh energiyasi tushadi.Quyosh energiyasi sochilib turishi Turkmanistonda 3100 soat, O’zbekiston va Tojikistonda 2815-2830 soat, Qozog’istonda va Qirg’izistonda 2575 soat, Armaniston, Gruziya va Ozarbayjonda 2125-2520 soat, Ukraina va Moldaviyada 2005-2080 soatni tashqil etadi [7].
Yer tashqarisidagi Quyosh nurlanishi:
Yerdan Quyosh f5 = 32° burchak o’lchamli disk shaklida ko’rinadigan yorug’lik nurini manbai hisoblanadi. Quyosh doimiysi: I = 1358 W/m2 = 487I J/ (m2.soat). Quyosh diametrini undan yergacha bo’lgan masofaga nisbatan Quyosh nurlarining parallelmaslik darajasi burchak hisobida 0,0093 radianni tashkil qiladi. Yer atmosferasi tashqarisida Quyosh nurining jadalligi deyarli o’zgarmas bo’ladi. Quyosh va Yer masofasi o’rtasidagi fazo o’rtasidagi fazo bo’shlig’ida nurlanish oqimiga perpendikulyar bo’lgan, vaqt birligida maydon yuz birligiga tushgan Quyosh energiyasiga Quyosh doimiysi deyiladi. Quyosh doimiysidan tashqari, uning energiyasi spektral taqsimotini ham bilish foydalidir. Yuqori va kosmik o’lchamlarga asoslangan holda qurilgan monoxromatik oqimi, sirt zichligining standart diagrammasi 1.1.1-chizmada keltirilgan.
Quyoshdan keladigan nurlarning yo’nalishini o’zgartirmaganlariga nurlanish deyiladi. Atmosfera ta’sirida yo’nalishini o’zgartirib sochilgan va qayta Quyosh nurlariga diffuzli nurlanish deyiladi. Normal bo’yicha Yer yuziga tushadigan Quyosh nurlari quyidagi o’zgarish holatlariga duchor bo’lishi mumkin:

  1. Quyosh va Yer masofasining o’zgarishi;

  2. Havo, suv buta va chang molekulalari ta’sirida atmosferada tarqalishi;

  3. Kislorod, azon, suv va karbonat angidrid gazlari ta’sirida atmosferadagi yutilish.

1 .1.1-chizma. Monoxramatik nurlanish oqimi yuza zichligining standart diagrammasi
To’lqin uzunlik 2,5 mkm dan yuqori kuchsiz va Yer tashqarisidagi nurlanish suv va karbonat angidrid gazlarida jadal yutiladi. Faqatgina Quyosh energiyasining bir qismi, ya’ni to’lqin uzunligi 0,25-2,5 mkm bo’lgan nurlar Yergacha etib keladi.
O’rta Osiyo respublikalarida Quyosh energiyasidan foydalanish uchun sharoit juda ham yaxshi, chunki iyun oyida yorug’ kunning uzunligi 16 soat, dekabrda esa 8-10 soat. Bu yerda yiliga 300 sutka, yozda oyiga 320-400 soat ochiq Quyosh nuri to’g’ri keladi.
Sayyoramizda kuzatilayotgan global ekologik muammolar: iqlimning o’zgarishi, ozon qatlamining siyraklashuvi, kislotali yomg’irlar, atmosferaning zaharli gazlar bilan to’yinishi, atrof-muhitni radiatsion ifloslanishi kabi qator masalalar aynan energiya ishlab chiqarish va uni iste’mol qilish jarayoni bilan bog’liqdir. Tabiiyki energiya iste’moli miqdori bir tomondan yer yuzida aholi sonining oshishi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan bu aholining yashash farovonligining o’sishi bilan bog’liq [8]. Hozirgi kunda dunyo bo’yicha kishi boshiga yiliga o’rtacha hisobda 2 kW soat energiya to’g’ri keladi, vaholanki, u normal farovon hayot kechirish uchun bu miqdor yiliga 10 kW soatni tashkil qilishi lozim hisoblanadi. Yer yuzida mavjud energiya manbalari asosan ikki turga ajraladi: qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanuvchi. Energiyaning qayta tiklanmaydigan manbalariga yoqilg’ining qazib olinuvchi turlariga asosan neft, gaz, ko’mir, torf kiradi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga biosferada doimiy ravishda mavjud bo’lgan energiya turlari: Quyosh, shamol, biomassa, okean va dengiz to’lqinlari, hamda daryolarning gidroenergiyalari kiradi.
Energiyaning qayta tiklanuvchi va qayta tiklanmaydigan turlari yer biosferasiga ko’rsatadigan ta’sirlariga qarab bir-birlaridan prinsipial farq qiladi. Energiyaning qayta tiklanmaydigan manbalarini qo’llash atrof-muhitning qo’shimcha ravishda qizishiga olib keladi, ya’ni ularning energiyasi hisobiga Quyosh tomondan qizdirilayotgan planetamizning qo’shimcha ravishda qizishiga sababchi bo’ladi. Shuning uchun energiyaning bunday turlari qo’shiluvchi energiya turlari deb ham ataladi. Shuningdek, energiyaning qayta tiklanuvchi turlari energiyaning qo’shilmaydigan turlari deb ham ataladi, chunki bunda manbadan qanchalik miqdorda energiya olinsa, u shuncha qilib qaytariladi. Masalan, Quyoshdan Yerda ishlovchi qurilmalarga ma’lum bir miqdordagi fotonlar energiyasini oldik deylik, shu bilan birga ularning yerni qizdirishdagi faoliyatidan mahrum qildik, lekin fotonlarni qurilmalarda ishlatib bo’lgandan keyin olingan energiyaga teng miqdordagi issiqlik energiyasi yerga chiqariladi. Natijada, energetik balans saqlanib qoladi. Shunday qilib, energiyaning qo’shilmaydigan turlarini ishlab chiqish sohasini chiqindisiz ishlab chiqarish deyish mumkin. Necha yillar mobaynida kuzatilib kelayotgan yillik energiya ishlab chiqarishning o’sish tempini (3%) e’tiborga olsak, tahminan 70 yildan keyin energiyaning qo’shiluvchi turini qo’llash uchun ajratilgan, limit tugaydi. Demak, insoniyat global miqiyosidagi halokatdan kutilib qolishi uchun, u XXI asr o’rtalariga kelib energiyaning qo’shiluvchi turlarini ishlab chiqarishdan tiyilishi va zudlik bilan energiyaning qo’shilmaydigan (noan’anaviy) turlarini yetarli darajada ishlab chiqarishni yo’lga qo’ymog’i lozimdir. Sayyoramizda aholi soni ortishi bilan bir qatorda energiya ishlab chiqarish va uni iste’mol qilish jarayoni ham yil sayin oshmoqda. Aholi soni, hisob-kitoblarga qaraganda 2075-2100 yilga borib taxminan 12 mlrd ga yetishi, energiya iste’moli esa kishi boshiga hozircha o’rtacha 4 kW dan, 2075-yili 9,1 kW ga etishi kutilmoqda [13].
Yer yuzida energiya iste’moli va uni ishlab chiqarishni baholash uchun, odatda, o’tgan davr uchun grafik chizib, uni kelajak zamonga ekstropolyatsiya qilinadi va xulosa chiqariladi. Baholashning bu usuli bir qancha kamchiliklarga ega. Bundan tashqari shuni ham ta’kidlash joizki, ba’zi rivojlangan davlatlarda aholining o’sish tempi ham, ularning energiya iste’moli tempi ham bir muncha pasayishi kuzatilmoqaa. Shu sababli, bu usuldan emas, balki bu sohaning yirik mutaxassislari taklif qilgan analitik usuldan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu modelga binoan aholining o’sish tempi bilan uning energiya iste’moli tempi ma’lum bir davrga kelib muvozanatli holga erishadi deb hisoblanadi. Bu model gipotetik model bo’lib, unda aholining o’sish tempi 2125-yilgacha mo’ljallangan BMT ning demografik bashoratlaridan olingan. Bu bashoratlarga binoan aholining o’sish tempi 2100-yilga kelib tahminan 12 mlrd. atrofida stabillashadi. Yer yuzida aholi sonining o’sish tempi bo’yicha boshqa raqamlar mavjud bo’lsa ham, ko’pchilik tadqiqotchilar yuqoridagi raqamni (12 mlrd.) to’g’ri va ilmiy asoslangan deb hisoblaydilar.
Qayta tiklanadigan energiya ma’lum miqdorining mavjud bo’lishi ayni paytda zarur hisoblanadi, lekin bu mamlakat energetika balansiga keng ko’lamda jalb etish qayta tiklanadigan energetikaning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish bo’yicha xalqaro tajriba shundan dalolat beradiki, har bir mamlakatda qayta tiklanadigan energetika texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etishga to’sqinlik qiluvchi muayyan me’yoriy-huquqiy, iqtisodiy, texnik, psixologik, axborot va boshqa omillar mavjud. Bularning barchasi qayta tiklanadigan energetika texnologiyalariga bevosita taalluqli bo’lmasada, qayta tiklanadigan energiya manbalarining mavjud salohiyatini keng ko’lamda o’zlashtirishga xalaqit bermoqda.
Bu omillarni aniqlash va bartaraf etishda ko’pincha davlatning keng ko’lamda va izchil harakat qilishi, shuningdek, bu boradagi ishlarda qayta tiklanadigan energetika texnologiyalarini joriy etish hamda yanada rivojlantirishdan manfaatdor tashkilotlar va shaxslar ishtirok etishi talab qilinadi. So’nggi yillarda o’tkazilgan tadqiqotlar O’zbekistonda qayta tiklanadigan energetika texnologiyalarini keng miqiyosida rivojlantirishga yordam beradigan ayrim mexanizmlarni identifikatsiyalash, shuningdek, bu boradagi kamchiliklarni aniqash hamda bartaraf etish bo’yicha qator tavsiyalarni tayyorlash imkonini berdi.
Yer sayyorasida insoniyat mavjud bo’lganidan buyon Quyosh energiyasidan foydalanib keladi. Mana 5000 yildirki, odamlar Quyoshga yerning asosiy energiya manbasi, yorug’lik, issiqlik, oziq-ovqat va hayot asosi deb qaraydi. Hozirgi zamon texnologiyalari Quyosh energiyasidan elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishga imkon beradi [17, 18]. Olingan ma’lumotlarga ko’ra, 2003-yilda dunyo bo’yicha eng yirik Quyosh kollektorlarining umumiy maydoni AQSh da 106 m2ga, Yaponiyada 8,0 m2 ga yetgan. Evropa mamlakatlarida ham bu borada namunali ishlar olib borilmoqda. Bilamizki, Quyosh – eng yaqin yulduz, usiz bizning sayyoramizda hayot bo’lishi mumkin emas. Kishilar o’zining kundalik hayotida Quyosh energiyasidan u yoki bu usul bilan bu haqida o’ylab ham o’tirmay, foydalanadilar. O’zbekiston Quyosh energiyasidan foydalanishda katta salohiyatga ega. Mamlakatimizning iqlim sharoitlari Quyosh energiyasidan foydalanish uchun juda qulay. «Fizika-Quyosh» instituti mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko’ra, O’zbekiston hududiga tushadigan Quyosh energiyasining miqdori, o’rtacha hisob bilan aytganda, mamlakatda boshqa manbalardan olinadigan energiyadan to’rt barobar ko’p ekan. Quyosh energiyasining yalpi imkoniyatlari 51 mlrd t.n.e., texnik imkoniyati esa – 177 mln. t.n.e.ga teng. Ekspertlarning fikriga ko’ra, aynan Quyosh energiyasidan foydalanish aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash, mamlakatning bir qator uzoq hududlarini yanada jadal rivojlantirish masalalarini tez hal qilishga imkon beradi. Shu bilan birga, O’zbekiston kremniy kristallini olish uchun xom ashyo zaxiralariga ham ega. Uning asosida butun dunyoda 90% fotoelektrik modullar ishlab chiqariladi. Kremniy konlari Jizzax va Samarqand viloyatlarida mavjud. Ushbu resurs bazasi Quyosh energetikasi sohasida muhim jamlovchi mahalliy ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun imkon yaratadi.
Quyosh energetikasini rivojlantirish istiqboli haqidagi masala O’zbekiston uchun yangilik emas. Quyosh energiyasidan foydalanish bo’yicha ilk tadqiqot ishlari 70-yillarda boshlangan. Bir qator yutuqlarga qaramasdan, o’sha zamon texnologiyalari kerakli samaradorlikka erishishga imkon bermadi. Elektr energiyasi va energiya yetkazuvchilar narxlarining pastligi sababli Quyosh energetikasiga ehtiyoj sezilgani yo’q. 1991-yildan so’ng energetikaning bu sohasini rivojlantirish ustuvorligi haqida bir qator qonun, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, rivojlantirish dasturlari va boshqa chizma hujjatlar qabul qilindi. Lekin Quyosh energetikasini joriy etish uchun resurs va imkoniyatlarni aniqlashga, undan foydalanishga hamda xususiy sektorlarni rag’batlantirishning ma’muriy va iqtisodiy mexanizmlarini yaratishga yetarli darajada e’tibor qaratilmadi.
Energiya resurslariga dunyo miqyosida narxlar oshayotgan bir paytda Quyosh energiyasi imkoniyatlaridan foydalanish – bu energiyani iste’mol qilish tuzilmasining samaradorligini oshirishi mumkin. Quyosh gaz o’rnida Quyosh energetikasi markazlashtirilmagan ta’minotini rivojlantirish uchun asos bo’la olishi va energetika infratuzilmasiga jalb qilinadigan investitsiyalarni qoplashdagi sifat va ishonchli muammolarni hal qilishi mumkin. Uzoqda joylashgan va kam energiya talab qiladigan ob’yektlarni energiya bilan ta’minlashda Quyosh energetikasi juda qulay. Quyosh energetikasini rivojlantirish O’zbekiston uchun juda foydali, chunki shu orqali tabiiy gaz iste’mol turlari saqlab turiladi yoki qo’shimcha zaxiralarni eksport uchun ajratiladi (bugungi kunda ichki energiya iste’molining 80-85% ni qondirilmoqda. Ayni paytda tabiiy gazning 60% o’z iste’molchilarimiz va «O’zbekenergo» DAK korxonalariga yetkazilyapti.
Quyosh energetikasini rivojlantirish geografiyasiga qaraganimizda rivojlangan mamlakatlar katta muvaffaqiyatlarga erishganini ko’ramiz. Chunki u yerlardagi texnologik imkoniyatlar qator muhim sharoitlar bilan ta’minlangan. Bu birinchidan, elektr energiyasi va energiya yetkazuvchilar uchun narxlarning yuqoriligi, ikkinchidan, markazlashtirilgan energiya ta’minot tizimlariga ulanish uchun xarajatlarning yuqoriligi, jumladan, infrastrukturalarning rivojlanmaganligi, uchinchidan, korxona va uy xo’jaliklarida Quyosh energiyasidan foydalanish uchun to’lash qobiliyatining mavjudligidir. Xususan, bunday mamlakatlar qatoriga Yaponiya, Germaniya (ularning jahon bozoridagi hissasi eng katta), Xitoy, Hindiston, Turkiya va boshqa mamlakatlar kiradi. Bu mamlakatlarda an’anaviy energiya ta’minotining cheklanganligi, qayta tiklanuvchi energetikaning rivojlanishini rag’batlantiradi. Lekin bu mamlakatlarda ham Quyoshli energetika bozorini yaratish va kengaytirish faqat hukumatning faol aralashuvi bilan hal qilinmoqda. Tadqiqotlar va ishlanmalarga ketadigan investitsiyalardan tashqari, energiya narxlari o’rtasidagi uzilishlarni an’anaviy manbalardan olinadigan va qayta yaratilgan.Quyosh energiyasi o’rtasidagi energiya narxlarini davlat qoplaydi.
Quyosh energiyasini rivojlantirishiga nisbatan davlat siyosati, avvalombor, bu energetika - strategik ahamiyatli yo’nalish yoki energiya tejash, ekologik siyosat, energiya zaxiralarini konservatsiyalash siyosati dasturlarining bir asosi sifatida ko’rib chiqishiga bog’liq. O’zbekistonda nisbatan yirik energiya resurs zaxiralarining mavjudligini hamda rivojlangan energetika infratuzilmasini rivojlanishi strategik ustuvor bo’ladi deb aytish qiyin. Lekin yaqin 5-10 yil ichida Quyosh energetikasi qayta tiklanuvchi energetika turlari kabi energiyani tejash va energiya resurslarini konservatsiyalash, eksport uchun va boshqa sohalar uchun xom ashyo sifatida uglevodorodlarni ajratib olish siyosatining muhim bir qismi bo’lishi mumkin. O’zbek tabiiy gazi uchun eksport narxlari oshsa, «Quyosh muqobilligi» juda qo’l keladi. Uni amalga oshirishda O’zbekistonda boshqa mamlakatlar kabi iqtisodiy rag’bat va ma’muriy mexanizmlarni uyg’unlashtirish lozim. Quyosh va noan’anaviy energetikaning boshqa turlarini rivojlantirishning dunyo tajribasi ko’rsatishicha, bu sohadagi siyosat kompleks, bosqichma-bosqich va izchil bo’lmog’i kerak. Uning oxirgi maqsadi -Quyosh energetikasining bozorga kirib borishi va bu bozorni asta-sekin kengaytirishi kerak.



Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish