107-savol. Aralash boshqaruv respublikasi.
|
Aralash (prezidentlik-parlamentar) respublika boshqaruv shakli noan’anaviy monarxiya shakli singari boshqaruv amaliyotida kam uchraydigan turlardan biri bo‘lib, yuridik adabiyotlar va huquqshunoslik manbalarida batafsil o‘rganilmagan. Aralash respublika shakli mamlakatda bir vaqtning o‘zida “kuchli parlament” va “kuchli prezident” mavjudligi bilan boshqaruvning boshqa shakllaridan keskin farq qilib, prezident va parlament vakolatlari o‘rtasidagi muvozanatning mavjudligida namoyon bo‘ladi. Prezident umumxalq ovoz berish y o ii bilan saylanadi. U keng vakolatlarga ega bo‘lsada, lekin saylovlarda g‘olib chiqqan partiya yo‘lboshchisi hisoblanadi.Parlament davlat hokimiyati organlari tizimida eng muhimidir. Hukumat o ‘z vazifalarini qonun chiqaruvchilarning aksariyati qo‘llab- quvvatlasagina bajarishi mumkin, bunday ishonchdan mahrum bo‘lgan taqdirda, u iste’foga chiqadi.Parlamentar respublikalarda prezidentlik lavozimi ko‘zda tutilgan bo‘lsada, odatda, u katta mavqega ega bo‘lmaydi. Ushbu boshqaruv shaklida “kuchli parlament” qoidasi amalda bo‘lib, parlament keng doiradagi vakolatlarga ega bo‘ladi. Germaniya, Avstriya, Italiya, Hindiston, Turkiya kabi davlatlar parlamentar respublika shaklidagi davlatlar qatoriga kiradi
|
108-savol. Dualistik monarxiya.
|
Dualistik monarxiya davlatlariga Saudiya Arabistoni, Quvayt, Nepal kabi davlatlar kiradi. Dualistik monarxiyalar XIX asrning oxiri - XX asr boshlarida (burjua-demokratik inqiloblar davrida), ya’ni hukmdorlar mutlaq monarxiya shaklida boshqaruvni ushlab tura olmagan, burjuaziya esa hali kuchga to‘lmagan davrda keng tarqalgan edi. Dualistik monarxiya mutlaq monarxiyadan parlamentar monarxiyaga o‘tishda oraliq, o ‘tish shakli bo‘lib, hukm dor bilan bir qatorda, mutlaq monarxiyauchun xos bo‘lmagan boshqa oliy davlat hokimiyat organlari — parlament va hukumatning mavjudligida namoyon bo‘ladi. Amaldagi va yuridik hokimiyat monarx tuzadigan hukumat va qonun chiqaruvchi idora hisoblangan parlament o‘rtasida bo‘linadi. Dualistik monarxiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, parlament (yoki uning bir palatasi) va hukumat a’zolari hukmdor tomonidan tayinlanadi va uning oldida shaxsan javobgar bo‘ladi. Ushbu monarxiya shaklida davlat boshlig‘ining vakolatlari qisman cheklangan bo‘lsada, ammo u aslida davlat boshlig‘i funksiyasini amalga oshiradi. Hukumatni tuzish parlamentning partiyaviy tarkibiga bog‘liq emas.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |