101-savol. Davlat va huquq nazariyasi fanida sistema strukturali metod.
|
Sistemali-strukturali o'rganish metodi — davlat va huquq nazariyasi, uning predmetini mustaqil ijtimoiy tizim (sistema) tarzida o‘rganish usuli. Bunda davlat va huquqni jamiyat hayotining boshqa hodisalari tizimida o‘rganish, ularning tuzilishini (strukturasini), davlat va huquq hodisalarini tashkil etuvchi tarkibiy elementlarini o ‘rganish amalga oshiriladi. Bu metod tadqiq etilayotgan obyekt haqida to‘la va atroflicha bilim hosil qilishga yordam beradi. Sistemali-strukturali metod davlat qurilishi va huquq amal qilishini tizimli tahlil etishning metodologik yondashuvlari, usullari va prinsiplarini o‘z ichiga oladi. Davlat va huquqni tizimli tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
1) sistema qismlarning bir butun kompleks o‘zaro aloqadorligi ekanligi; 2) sistemaning tashqi muhit bilan uzviy birligi; 3) tahlil etilayotgan har qanday sistemaga o ‘zidan yuqoriroq va kattaroq boshqa sistemaning tarkibiy elementi deb qaralishi; 4) o‘rganilayotgan sistemaning elementlari, odatda, quyi turuvchi, kichik sistemani hosil qilishi.
|
102-savol. Davlatning huquqni muhofaza qilish funksiyasi.
|
Huquqiy tartibotni muhofaza qilish (huquqni muhofaza qilish) funksiyasi — davlatning ijtimoiy munosabatlar barcha ishtirokchilari davlat tom onidan chiqarilgan qonunlarni aniq va to‘la bajarishini ta’minlashga qaratilgan faoliyatidir.Jamiyat va davlat hayoti adolatli qonunlar negiziga qurilgan huquqiy davlatda shaxs, jamiyat, davlat manfaatlari har qanday noqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilinadi. Davlatning huquqni muhofaza qilish faoliyati markazida, birinchi navbatda, shaxsning fuqaro sifatidagi, jamiyat a ’zosi sifatidagi, erkin individ sifatidagi shaxsi, shuningdek davlatning o‘zi va unga qarashli turli tuzilmalar turadi. Shuning uchun shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish bilan bir paytda davlat o‘zi hamda butun jamiyat manfaatlarini muhofaza qiladi.Huquqbuzarliklarga qarshi kurash — davlatning huquqni muhofaza qilish faoliyatining muhim tom oni, ammo bu boradagi faoliyatning asosiy yo‘nalishi emas. Davlat zimmasiga jamiyat hayotida erkinlik va adolat negizida yaratilgan huquqiy normalar talablariga to‘liq javob beradigan tartibni saqlab turish ham da ularni maxsus organlar (sud, ichki ishlar organlari, prokuratura va boshqa shu kabilar) yordamida ta’minlash yuklatilgan. Mamlakatda barqaror huquqiy-tartibotni saqlash — butun davlat, uning jami organlari tizimining vazifasidir. Davlat faoliyatining majburlov tomoni fuqarolar va davlat o‘rtasida uyg‘un, obyektiv yuzaga kelgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va axloqiy munosabatlar tarkib topgan sari sekin-asta o‘z ahamiyatini yo‘qotib boradi. Majburlov ma’rifiy taraqqiy etgan jamiyatning huquqiy tartibiga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |