105-savol. Parlamentar monarxiya
|
Parlamentar monarxiyada hokimiyat hukm dor bilan birga davlat hokimiyatining oliy organlari — parlament, hukumat va boshqa organlar o‘rtasida taqsimlangan bo‘ladi. Parlament xalq tom onidan ko‘ppartiyaviylik asosida saylash yo‘li bilan shakllantiriladi. Hukumatni parlamentda ko‘pchilik o‘rin egallagan partiya tuzadi, xuddi parlamentar respublikada bo‘lganidek, saylov natijalariga ko‘ra hukumat parlament oldida hisob beradi. Eng ko‘p deputatlik mandatiga ega bo‘lgan partiya rahbari hukumatga boshchilik qiladi. Parlamentar monarxiyada hokimiyatning taqsimlanishiga amal qilinadi. Hukm dor siyosiy hayotd
a ishtirok etadi, lekin uning hokimiyat funksiyalari juda kam bo‘lib, tantanavor marosimlar xususiyatiga ega (hukumatning o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishini qabul qilish, xalqaro munosabatlarda davlat nomidan vakillik qilish, davlat nishonlarini taqdim etish
va hokazo). Faqat ba’zi bir parlamentar monarxiya davlatlarida hukmdor qo‘lida davlatni boshqarishning real vositalari mavjud (masalan, Buyuk Britaniyada qirolicha parlamentni tarqatib yuboradi, u ayni vaqtda, sud hokimiyati va cherkov boshlig‘i hisoblanadi), lekin amalda hokimiyatni boshqarish vositalari qoilanilmaydi. Qonunlarni parlament qabul qiladi va monarx tom onidan imzolangach yuridik kuchga kiradi. Bunday imzolash ramziy m a'noga ega.Hozirgi vaqtda Yevropaning qator davlatlari parlamentar monarxiya shaklida faoliyat yuritmoqda. Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Ispaniya, Belgiya, Gollandiya, Daniya, Norvegiya va boshqalar shular jumlasidandir.
|
106-savol. Prezidentlik respublikasi.
|
Prezidentlik boshqaruv shaklida “ kuchli prezident” qoidasiga asoslaniladi. Prezident hukumat boshlig‘i hisoblanib, uni tuzadi va hukumat prezident oldida hisobot beradi. Prezident ham rasman, ham amalda davlat boshlig‘i hisoblanib, maxsus tartibda xalq yoki saylovchilar hay’ati tom onidan saylanadi, shu bois u parlamentdan mustaqil holda faoliyat yuritadi. Prezident mustaqil holda normativ va normativ bo‘lmagan hujjatlar qabul qilish hamda parlament qabul qilgan qonunlarga veto qo‘yish huquqiga ega.Davlat boshligl keng vakolatlarga va mamlakatda hokimiyatni amalga oshirishda muhim nufuzga ega bo‘lib, shaxsan o‘zi yoxud parlament roziligi bilan hukumat a’zolarini tayinlaydi hamda vazifasidan ozod qiladi, shuningdek ba’zi hollarda parlamentni ham tarqatib yuborish huquqiga ega.Prezident ijroiya hokimiyat rahbari bo‘lsada, ayni vaqtning o‘zida millatning yaxlitligi ramzi hisoblanadi. Prezident mamlakatda oliy bosh qo‘mondon vazifasini ham amalga oshiradi. Masalan, Rossiya, Fransiya, 0‘zbekiston Respublikasi va boshqa qator davlatlarda prezident bevosita xalq tomonidan saylanadi. Saylovlar tegishli qonunlar asosida amalga oshiriladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |