Qiyosiy-huquqiy metod — qiyoslash, taqqoslash, solishtirish, chog‘ishtirish orqali davlat va huquq voqeliklarini o‘rganish, ularning o‘ziga xos jihatlari va xususiyatlarini aniqlab olish usuli. Masalan, 0 ‘zbe- kistondagi ikki palatali parlamentning mohiyati, vakolatlari ko‘lami, xususiyatlarini aniqlash uchun dunyodagi boshqa davlatlar ikki palatali parlamentlarining huquqiy maqomi va vakolatlari bilan qiyoslanadi. Yoki 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ziga xos jihatlarini tushunib olish uchun uni boshqa davlatlaming konstitusiyalari bilan solishtirib o‘rganiladi va hokazo. Qiyosiy-huquqiy usul yordamida davlat va huquqning nafaqat boshqa mamlakatlardagi analoglari (o‘xshash hodisalar) bilan farqi aniqlanadi, balki ularning o‘tmishdagi, awalgi bosqichda- gi holati bilan hozirgi kundagi holati qiyoslab qimmatli ma’lumotlar to‘planadi. Ushbu metod turli davlatlar va huquqiy tizimlarning umumiy va o‘ziga xos tomonlarini bilish hamda ana shu asosda davlat va huquq taraqqiyotining qonuniyatlarini ochishga, davlat va huquq sohasidagihodisalar va jarayonlami o‘zaro solishtirish asosida ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashga imkon beradi
30.Statistik-matematik metod
|
yuqoridagi aniq-sotsiologik metod bilan chambarchas bog'liq bo‘lib, sud amaliyoti, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatiga oid amaliyot, boshqa davlat idoralari faoliyatidan kelib chiqadigan statistik ma’lumotlarni umumlashtirish orqali ijtimoiy taraqqiyotning hayotiy jarayonlarini xolis aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. Huquqiy hodisalarni, muayyan tarixiy davrdagi matematik va geometrik holatlarni o'rganish. tahlil etish ham ushbu metod doirasiga kiradi. Statistika — bu raqamli hisob-kitob yuritish asosida ma’lumotlar to‘plash, ularni tahlil etish, baholash va mantiqiy-ilmiy xulosa chiqarishilmidir. Bunda miqdoriy ko‘rsatkichlar ilmiy tahlilning obyekti hisoblanadi. Miqdoriy ma’lumotlar davlat va huquq hodisalari taraqqiyotining nis- biy barqaror tendensiyalarini o‘zida ifoda qilgani holda, ularning taraqqiyot yo‘nalishlarini belgilash va baholashga, strategik va taktik ahamiyatga molik jihatlarini aniqlashga yordam beradi. Raqamli ma’lumotlar davlat va huquqning holati, dinamikasi hamda rivojlanish tendensiyalarini obyektiv ifodalaydi. Qator holatlarda statistik-matematik tadqiqotlar nati- jalari so‘z bilan anglashiladigan har qanday matn — ifodalardan ishonch- liroq chiqadi. Bunday tadqiqotlar statistik kuzatuv, statistik ma’lumotlarni matematik usullar yordamida erkin ishlovdan o‘tkazish va ularni tahlil etish bosqichlari orqali amalga oshadi
|
31. Формал-юридик metod.
|
Формал-юридик усул – ҳуқуқ номаларини ва ҳуқуқнинг ички
тузилишини ўрганади, ҳуқуқнинг шакллари ва манбаларини таҳлил
қилади. Умуман, бу усул давлат ва ҳуқуқнинг табиатидан келиб чиққан
ҳолда давлат ва ҳуқуқнинг феноменини очиб беришга ва маълум
тизимга солишга ёрдам беради.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |