13. Mafkuraviy-tarbiyaviy funksiya
|
Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquq to‘g‘risidagi g‘oyalarning ilmiy tizimidan iborat. U kishilarda muhim siyosiy va huquqiy, ya’ni demokratiya, qonunchilik, davlat inti- zomi, shaxsning huquqi hamda erkinliklari to‘g‘risida ilmiy tushunchalar, ta’limotlar, konseptual bilimlarni shakllantiradi. Fanning mafkuraviy funksiyasi davlat va huquq masalalariga dialektik nuqtayi nazardan yondashishga, dunyoqarashning mustahkamlanishiga, shuningdek kishilar ongida yangi huquqiy ong, zamonaviy demokratik huquqiy tafakkur, huquqiy madaniyat va qonunchilikka hurmat hissini tarbiyalashga yordam beradi.
|
14.Прогнозлаш функцияси.
|
Давлат ва ҳуқуқ соҳасининг келажакдаги ҳолатини илмий ўрганиш ва башоратлаш муҳим аҳамиятга эга. Чунки бунинг натижасида давлат ва ҳуқуқнинг истиқболига оид илмий маълумотларга эга бўлиш мумкин.
|
15) Amaliy - tajriba funksiyasi
|
Barcha yuridik fanlardagi singari davlat va huquq nazariyasi fanida ham nazariy bilimlar amaliy faoliyat bilan uzviy qo‘shib olib boriladi. Davlat va huquq nazariyasi fani ham amaliyotga yordam ko‘rsatadi. Jumladan, u davlat faoliyatini takomillashtirishga, qonunchilikni rivojlantirish va uni amalda qo‘llanish ishini yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqadi va hokazo. Yuridik amaliyotni nazariy jihatdan asoslash ham muhim ahamiyatga ega.
|
16.Davlat va huquq nazariyasining metodi deganda
|
davlat va huquq masalalarini o‘rganish, ularga ilmiy yondashishning usuli, yo‘llari, tamoyillari tushuniladi. Fanning metodi amaliyotni, hayotni o‘rganuvchi nazariyadir. 0 ‘z navbatida, har qanday nazariya, shu jumladan, yuridik (huquqiy) nazariya davlat va huquqni talqin etuvchi tegishli yuridik metodning tizimli va tarkibiy ifodasidir; shuningdek, nazariya metodning bilim hosil qiluvchi va yaratuvchanlik funksiyasining hosilasidir. Shu bois har qanday huquqiy nazariya metod funksiyasiga ega va shunday vazifani bevosita yoki bilvosita bajaradi.Davlat va huquq nazariyasi o‘z predmetini, tadqiqot mavzularini o‘rganish va tahlil etishda qo‘llanadigan metodlar yig'indisi, hosil qili- nadigan bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish va tasniflash tamoyillari fanning metodologiyasini tashkil etadi. Давлат ва ҳуқуқ назариясининг методларини тўрт гуруҳга
бўлиб кўрсатиш мумкин:
1) энг умумий методлар: метафизик ва диалектик методлар;
2) умумилмий методлар: анализ, синтез, индукция, дедукция,
тизимли, функционал ва бошқалар;
3) хусусий методлар: социологик, қиёслаш, статистик,
мантиқий ва бошқалар;
4) хусусий-ҳуқуқий методлар: формал юридик, қиёсий-
ҳуқуқий, ҳуқуқий моделлаштириш ва бошқалар.
Давлат ва ҳуқуқ назариясининг методлари унинг предмети билан
чамбарчас боғлиқдир. Агарда фаннинг предмети у нимани ўрганади деган саволга жавоб берса, метод (усул)лари эса қандай ўрганилиши ҳақидаги саволга жавоб беради.
Фаннинг усули асосида унинг предмети ётади, чунки назариясиз
усул предметсиз қолади, фан эса – мазмун ва моҳиятсиз ҳисобланади. Назария ва метод бир пайтда юзага келган. Давлат ва ҳуқуқ назарияси давлат ва ҳуқуқ ҳодисаларини ўрганиш учун ўзининг хусусий методларини ишлаб чиқади, лекин шу билан бирга ижтимоий ва табиий фанларнинг умумий усулларни ҳам қўллайди.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |