TILNING ICHKI TUZILISHI VA MOHIYAT 1. Tizim haqida ma'lumot. Olamning yagona tizimdan iboratligi. Undagi har bir butunlik boshqa bir butunlik bilan o'zaro bog'liq va uzviylikda ekanligi. Har qanday tizimning ichki bo'linuvchanlik xususiyatiga egaligi va qismlarning o'zaro munosabatidan tashkil topganligi. Tizimni tashkil etgan uzvlar o'zaro shartlangan va bir-birini taqozo etuvchi ko'p pog'onali munosabatda bo'lishligi. Tizimning substansionalligi va dialektik qonuniyatlarning bu erda ham amal qilishi. Unsurlarning bir-birini taqozo etishi, o'zaro shartlanishi, bir hodisaning ikkinchisiga ta'siri.
Ta'rif: bir-birini taqozo etuvchi ikki va undan ortiq unsurlarning o'zaro shartlangan munosabatidan tashkil topgan butunlik tizim deyiladi. Mas., fan tizim. Uning ichki tuzilishi pog'onali.
Til tizim sifatida ichki tuzilishga, strukturaga egaligi va ko'p sathli ekanligi. A.Bertalanfi: Tizim o'zaro munosabatda bo'lgan elementlardan tashkil topgan bir butunlikdir. V.Solnsev: Tizim o'zaro munosabatda bo'lgan elementlar majmuasidan iborat bir butun ob'ektdir.
Tizimga xos asosiy belgilar: tizim - bir butun ob'ekt; tizim - bir butun ob'ekt elementlari; elementlar o'rtasida munosabat mavjudligi.
2. Tilning mohiyati va uning tizim ekanligi. Tilning murakkab hodisa ekanligi. Ta'rifi:
1.Vazifasi nuqtai nazaridan: kishilarning eng muxim aloqa vositasi, fikrni shakllantiruvchi, ifodalovchi (kommunikativ); bilimlarni to'plab, keyingi avlodlarga etkazuvchi (kummulyativ); tinglovchiga ta'sir qiluvchi (ekspressiv) vosita.
2.Qurilish mexanizmi nuqtai nazaridan: ayrim birliklar va bu birliklardan foydalanish qoidalari yig'indisi.
3.Semiotik nuqtai nazardan: belgilar tizimi.
4.Axborot uzatish nuqtai nazaridan: mazmuniy axborotni kodlashtirish uchun xizmat qiladigan kodlar tizimi.
5.Gnoseologik nuqtai nazardan: ma'nolar dunyosi bilan tovushlar dunyosi o'rtasida vositachilik qiluvchi murakkab tizim va boshqalar.
V.M.Solnsev: Til kishilar o'rtasida aloqa vositasi bo'lib xizmat qiluvchi semiotik (belgilik) xususiyatga ega bo'lgan funksional moddiy tizimdir.
Tilning tizimliligi uning ichki tuzilishida namoyon bo'lishi va ichki tuzilishning pog'onaviylik xususiyatiga egaligi. Har bir pog'onaga xos birlik ikki va undan ortiq uzvlarning o'zaro munosabatidan tashkil topgan butunlik sanalishi. Til tizimlar tizimi ekanligi.
Mas., sintaktik sath birligi bo'lgan gap predikativ belgini o'zida ifoda etuvchi butunlik sanalib, shaxs (personallik), zamon (temporallik), modallik va tasdiq-inkorlik ma'nolari va bu ma'nolarni ifodalovchi shakllarning o'zaro munosabatidan tashkil topganligi. So'z morfologik sath birligi sifatida ikki va undan ortiq morflarning o'zaro munosabatidan tashkil topgan butunlik, morfema esa ikki va undan ortiq fonlarning o'zaro munosabatidan tashkil topgan butunlik sanalishi. Butunlikning nisbiyligi.
F.de Sossyur: tizim tilning sinxron holati uchun xarakterli. Tizimning barcha a'zolari tenglikka ega. Struktura deganda tizim a'zolarining munosabat tiplari tushuniladi. Til g'oyalarni ifodalovchi belgilar tizimidir. Sossyurning lingvistik ta'limotida lingvistik belgi masalasi markaziy o'rinni egallashligi.