Nazariy tilshunoslik masalalari



Download 13,57 Mb.
bet57/69
Sana28.06.2022
Hajmi13,57 Mb.
#716554
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69
Bog'liq
f2512a40664e9cd0d7040a3ffb565595 NAZARIY TILSHUNOSLIK MASALALARI (3)

Til va tafakkur.
Reja:

  1. Ong, tafakkur, til tushunchalari haqida.

  2. Til va tafakkur yaxlitligi.

3.Til birliklari va mantiqiy birliklar.
Ong, tafakkur, til tushunchalari haqida. Inson tafakkuri, zakovati - eng oliy ne’mat. Fikrlash qobiliyati esa insonning barcha muvaffaqqiyatlari asosi. Tafakkur orqaligina u obyektiv borliqni taniydi, mantiqiy bilishga erishadi. Insonning ong va shuuri voqelikni idrok etish, qabul qilish jarayonini boshqaradi. Ong, tafakkur haqida fikr yuritar ekanmiz, bu murakkab insoniy hodisalarning nutq bilan, kishi, xalq tili bilan chambarchas bog‘liq ekanligini, tilsiz tafakkur va tafakkursiz til mavjud emasligini yana bir karra ta’kidlash zarur. Shuning uchun faylasuflar “til fikrning bevosita voqe bo‘lishi” ekanligini alohida uqtiradilar. Ong - ijtimoiy, psixologik hodisa bo‘lib, insonning fikrlash qobiliyatini boshqaradi. Ong - voqelikning kishi miyasida uning butun ruhiy faoliyatini o‘z ichiga olgan va ma’lum maqsadga yo‘nalgan holda aks etishidir. U - inson miyasiga berilgan sirli qobiliyat. Inson haligacha ongli uskuna yarata olgan emas. Xotirasi odamdan o‘nlab-yuzlab baravar ortiq bo‘lgan kompyuterlarda ham ong - mustaqil fikrlash qobiiyati yo‘q. Ular inson ongi yuklagan dasturni - amaliyotlar algoritmini bajaradi, inson yukini ko‘taradi, yengillashtiradi, xolos. Diniy va idealistik ta’limotda ong moddiy borliqdan avval mavjud bo‘lgan g‘ayritabiiy qudrat - Xudo, Alloh, Ruh va h.ning xususiyati, deb baholanadi. Idealistik falsafada ong birlamchi, moddiy dunyodan avval mavjud bo‘lgan g‘ayritabiiy kuchning qobiliyati yoinki uning o‘zi deb tan olinadi. Materialistik ta’limotda ong oliy materiya, ya’ni miyaning faqat unga xos vazifasi sifatida e’tirof etiladi hamda ikkilamchi hodisa deb baholanadi. Bir so‘z bilan aytganda, ong insondan ajratilmagan holda, uning qobiliyati, imkoniyatidan biri - borliq, uning munosabatlarini miyada aks ettirish va xotirada saqlay olish xususiyati sifatida talqin qilinadi. Nima birlamchi-yu nima ikkilamchi degan savolga javobni ochiq qoldirgan holda, ongning quyidagi dunyoviy talqiniga tayanamiz: ong - bilish obyektiv voqelikning inson miyasida aks etish jarayonida voqelanadi. Fanda ikki xil bilish farqlanadi: sezgilar orqali bilish - fahmiy (empirik) bilish; aql, tafakkur orqali bilish - idrokiy (ratsional) bilish. Fahmiy bilish - sezgi a’zolarimiz, bundan tashqari, tasavvur orqali tashqi olamni qabul qilish, anglash hodisasi bo‘lib, u hayvonlarda ham ancha rivojlangan. Lekin aqliy (idrokiy) bilish jarayoni faqat insonga xos bo‘lgan xususiyat hisoblanadi. Bunda inson nafaqat tashqi predmetlarni tuyib, his qila oladi, balki bu obyektiv materiallarni aql chig‘irig‘idan o‘tkazib, fahmlaydi, ularni qayta ishlaydi, shu bilan birga, ularning eng muhim xususiyatlarini, belgilarini ajrata oladi, fikr yuritib, xulosa chiqara oladi, tushunchaga ega bo‘ladi va xotirasida saqlaydi. Mana shu jarayon - hissiylikdan keyingi bilishning eng yuqori bosqichidir. “Tafakkur - obyektiv voqelikning tasavvur, tushuncha va muhokamadagi faol in’ikosi jarayoni, insonning fikrlash qobiliyati” (O‘TIL) bo‘lib, fikrlash jarayonida egallangan bilim, ko‘nikma va tushunchalarga asoslanadi. Tafakkur inson sezgi organlari va hislari yordamida aniqlagan belgilarni idrokda yanada mustahkamlabgina qolmay, ularning ichki xususiyatlari, qonuniyatlari, mohiyatini anglashga xizmat qiladi. Muayyan mantiqiy bilish - voqelikning inson ongida haqqoniy (adekvat) va puxta tasavvur etilishida asosiy rol o‘ynaydi. “Tafakkur yordami bilan voqelikning umumiy tomonlarini aks ettirish orqali yakka, konkret predmetlar mohiyatini ham bilib olamiz. Tafakkur orqali biror narsani bilish uchun, avvalo, u haqda tushuncha hosil qilish zarur. Ongimizda predmet haqida tushuncha hosil qilishda umumiy qonun yoki umumiy tushunchadan foydalaniladi. Masalan, suv molekulasi vodorod va kislorod atomlaridan iborat bo‘lgan murakkab kimyoviy modda ekanligini bilamiz. Bu o‘rinda “murakkab kimyoviy modda”, “vodorod” va boshqa shu kabi tushunchalardan foydalanib, hodisani umumiy qonunlarga moslashtiramiz.

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish